O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
16.07.2019

HAR BIR DORI VA UNING NARX-NAVOSI HAQIDA

mobil ilova orqali batafsil ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sogliqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi tomonidan farmatsevtika sanoatidagi islohotlar mavzuida matbuot anjumani otkazildi. Unda dori-darmon sifatini nazorat qilish borasida olib borilayotgan ishlar xususida malumotlar berildi.

— Bugungi kunda dori vositalarining sifati qatiy nazoratga olingan bolib, sifatsiz dori vositalarining ishlab chiqarilishiga va chetdan yurtimizga olib kirilishiga umuman yol qoyilmaydi, dedi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi davlat unitar korxonasi axborot-tahlil bolimi boshligi Muhabbat Ibrohimova. Shu maqsadda farmatsevtika tarmogini rivojlantirish Agentligi qoshida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi ham faoliyat yuritmoqda. Mazkur markaz respublikamizga olib kelinayotgan va ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining sifatini nazorat qiladi hamda ularni davlat royxatidan otkazadi. Shuningdek, ushbu muassasa tomonidan 2018 yil va 2019 yilning 1 mayiga qadar sifati talabga javob bermagani uchun 258 nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, 43 nomdagi substansiyalarga muvofiqlik sertifikati berish rad etildi.

Endilikda bu boradagi ishlar yanada takomillashtirilib, dori vositalarini elektron tarzda nazorat qilish tartibi belgilanadi, deydi Sogliqni saqlash vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar bolimi boshligi Furqat Sanayev. Bunda xalqaro tajribalarni organgan holda yangi tizim joriy etilyapti. Unga kora, har bir import qilinayotgan va ishlab chiqarilayotgan dori vositasiga maxsus stikerlar yoki yorliqlar joylanib, dori rastalariga yetkaziladi. Kelgusida shu stiker yoki yorliqlar asosida aholi har bir dori va uning narx-navosi haqida mobil ilova orqali batafsil malumot olishi mumkin boladi.

Dildora YOLDOSHEVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: