O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
16.07.2019

SHAXSGA DOIR MALUMOTLAR: DAVLAT HIMOYANI KAFOLATLASHI ZARUR

Prezident «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘grisida»gi qonunni imzoladi.

Shaxsga doir malumotlar nima degani? Jismoniy shaxsga taalluqli bolgan yoki uni tanish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborotlar shaxsga doir malumotlar hisoblanadi.

Ushbu qonun shaxsga doir malumotlarga ishlov berish va ushbu jarayon ishtirokchilari – subekt (ular oziga taalluqli bolgan shaxs) va operator (ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy yoki yuridik shaxs) hamkorligi tartibini belgilaydi.

Malumotlarga kora, dunyoning 40 dan ortiq davlatida shaxsga doir malumotlar va shaxsiy hayot daxlsizligini himoya etish tartibini nazarda tutuvchi qonunlar amal qiladi.

Shaxsga doir malumotlar bevosita aniq bir shaxs bilan bogliqdir. Shaxsning biografik malumotlari, millati, turar joyi, kasallik tarixi haqidagi malumotlar, professional bilim va konikmalari, oilaviy hayoti, odatlari, qiziqishlari, diniy va siyosiy qarashlari va boshqalar jamiyat ichidagi aylanadigan malumotlarning katta qismini tashkil etadi.

Endilikda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir malumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Shuni ham alohida takidlash kerakki, shaxsga doir malumotlar maxfiydir: ular egasining roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bolmagani holda oshkor etilishi va tarqatilishi mumkin emas.

Davlat shaxsga doir malumotlarning himoya qilinishini kafolatlashi zarur. Mulkdor va (yoki) operator hamda shaxsga doir malumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxslar subektning roziligisiz shaxsga doir malumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va tarqatmasligi shart.

Yana bir muhim masala. Ushbu qonunning qabul qilinishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qoshimchalar kiritildi. Shu paytga qadar qonunchiligimizda shaxsga doir malumotlar togrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi qoidalar mavjud emas edi. Endilikda Jinoyat kodeksi shaxsga doir malumotlar togrisidagi qonun hujjatlarini buzish, deb nomlangan modda bilan toldirildi. Shaxsga doir malumotlarni qonunga xilof ravishda toplash, jamlash, saqlash, ulardan foydalanish va ularni tarqatish bilan bogliq noqonuniy harakatlar mamuriy jazo qollanilganidan keyin sodir etilgan bolsa, mazkur moddaning birinchi qismi qoidalari qollaniladi.

Umuman olganda, ushbu qonun nafaqat fuqarolar, balki butun jamiyat, davlat xavfsizligini himoya qilishda muhim orin tutadi.

Olimjon SHAMSIYEV,

Fuqarolik ishlari boyicha

Mirzo Ulugbek tumanlararo sudi sudyasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: