O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.07.2019

OLIMPIYA KUNI MAMLAKATIMIZDA XALQ SAYLI SIFATIDA TASHKIL ETILDI

Xalqaro «Olimpiya kuni» munosabati bilan O‘zbekistonda ham sport tadbirlari otkazilmoqda.

1894 yil 23 iyun kuni fransiyalik sport fidoyisi, baron Per de Kuberten tomonidan Xalqaro olimpiya qomitasiga asos solingan. 1942 yilning yanvar oyida otkazilgan XOQning 42-sessiyasida Olimpiya kunini nishonlashga qaror qilindi va osha yili Avstraliya, Belgiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Portugaliya, Shveytsariya, Urugvay hamda Venesuela kabi davlatlarda bu sana keng nishonlandi.

Ozbekiston 1994 yilda XOQning tolaqonli a’zosiga aylangach, yurtimizda ham Olimpiya kuni keng nishonlanib kelinmoqda.

Bu yilgi Olimpiya kuni sport tadbirlari mamlakatimizda xalq sayli sifatida tashkil etildi.

Buxoro shahridan boshlangan sport sayli Xiva, Samarqand, Qarshi, Namangan, Andijon shaharlarida ham bolib otdi, kecha va bugun Toshkentda davom etmoqda.

Olimpiya kuni sport tadbirlari mazmun-mohiyati haqida malumot berish uchun poytaxtimizdagi kop tarmoqli Humo Arena muz saroyida matbuot anjumani bolib otdi. Unda jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi orinbosari Oybek Qosimov, Milliy Olimpiya qomitasi bosh kotibi Jasur Matchonov mamlakatimizda sportga qaratilayotgan yuksak etibor, erishilayotgan yutuqlar, Olimpiya kunining xalq sayli sifatida tashkil etilgani zamiridagi asl maqsad haqida gapirdi.


— Bu yil Olimpiya kuni tadbirlari mamlakatimizda ozgacha nishonlanmoqda. Avvallari shu sana munosabati bilan madaniyat va istirohat boglarida ommaviy yugurish tadbirlari otkazilardi. Keyinchalik ommaviy sport tadbirlari tashkil etiladigan boldi. Joriy yildan esa bu tadbirning kolami kengaydi. Endi u butun mamlakatni qamrab oldi. Albatta, maqsadimiz aniq xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning sportga bolgan qiziqishini oshirish, sportda marrani baland olib, Vatanimiz dovrugini dunyoga taratish. Xabaringiz bor, 2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bolib otgan XXXI yozgi Olimpiya oyinlarida sportchilarimiz 13 medalni qolga kiritdi. 2020 yili Yaponiyaning Tokio shahrida otadigan Olimpiya oyinlarida esa bundan-da kop medal olishni kozlaganmiz. Olimpiya kuni sport tadbirlari xalq sayli sifatida tashkil etilgani ana shu yolda bizga kuch-gayrat, ilhom bagishlaydi, dedi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi orinbosari O.Qosimov.


Matbuot anjumanida bu yilgi Olimpiya kuni sport tadbirlari mamlakatimizning qariyb 300 ming aholisini qamrab olgani, eng muhimi, ular shu bahona sportga oshno tutinib, salomatligini mustahkamlagani alohida takidlandi.

Otabek ESHMAMATOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: