O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
09.07.2019

JINOYAT SODIR BOLDI!..

«Avtomashinalarni arzon narxda olib beraman»

Joriy yilning 26 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan 35 yoshli S.Q.DXX viloyat boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda tanishi, Gulshan ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan 44 yoshli G.E. ozining tanishlariga S.Q.ni DXX viloyat boshqarmasida ishlashini, u orqali musodara qilingan mashinalarni arzon narxda olib berishini aytib, aldov yoli bilan ulardan pul olib yurganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan otkazilgan tekshiruv harakatlari jarayonida xaqiqatan ham, G.E. tanishlariga S.Q.ni DXX xodimi sifatida tanishtirib, ulardan jami 240 million som pul olganligi aniqlangan. G.E. qolga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayinsinglisini pichoqladi

2019 yil 29 iyun kuni soat kechga yaqin Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani Obod MFYda yashovchi 38 yoshli R.J. uyida ozaro janjal tufayli vaqtincha birga yashovchi qayinsinglisi, muqaddam sudlangan 30 yoshli R.Sh.ni pichoq bilan jarohatlagan. Natijada R.Sh. kasalxonaga yotqizilib, R.J. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Umriga zomin boldi

2019 yil 5 iyul kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida yashovchi 41 yoshli R.X. mast holda Oybek mahallasida yashagan 34 yoshli O.O.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada O.O. kasalxonaga yotqizilgan va korsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. R.X. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Savdoga pul tikib...

2019 yil 5 iyun kuni Navoiy shahri Ibn Sino kochasida yashovchi 30 yoshli S.D. IIBga murojaat qilib, 2017 yil avgust oyidan 2019 yil aprel oyigacha bolgan vaqt oraligida Andijon tumani Xartum QFYda yashovchi 34 yoshli A.Yu. firibgarlik yoli bilan undan 248 835000 som pul olganligini va pulni oz ehtiyojlari yolida ishlatib yuborganligini malum qilgan. A.Yu. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Rashk sabab...

Joriy yilning 3 iyul kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi 51 yoshli E.G. Fresh savdo dokoni oldida rashk sababli 48 yoshli rafiqasi O.O.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada O.O. kasalxonaga yotqizilgan. E.G. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nilufar TORAXONOVA,

Ozbekiston Respublikasi IIV

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi katta inspektori, leytenant.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: