O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
09.07.2019

GEOLOGIYA FANI YUTUQLARI ISHLAB CHIQARISHGA

Afzal MIRABDULLAYEV, Geologiya va geofizika institutining umumiy masalalar bo‘yicha direktor orinbosari:

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 1 iyul kuni geologiya sohasini yanada rivojlantirish, geologik qidiruv va qazib olishni kengaytirish masalalariga bagishlangan yigilish otkazgan edi. Unda mamlakatimizda sanoatlashtirish mumkin bolgan 73 turdagi foydali qazilma zaxirasiga ega 2 mingdan ziyod kon borligi, shundan 437 tasi ozlashtirilmaganligi qayd etib otildi. Yangi istiqbolli konlarni organish yetarli darajada emas. Qidiruv ishlariga jalb qilinayotgan texnikalarning 70 foizi eskirgan. Sohaga investitsiyalar jalb qilib, qayta ishlashni yolga qoyish ishlari sust. Bugungi kunda 111 istiqbolli konning atigi 14 tasida togridan-togri xorijiy investitsiyalar ishtirokida 39 million dollarlik 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Xosh, bu borada Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasi huzuridagi Habib Abdullayev nomli Geologiya va geofizika instituti tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Institutning umumiy masalalar boyicha direktor orinbosari Afzal Mirabdullayev bilan ana shular haqida suhbatlashdik.

Afzal Hamdamovich, Geologiya va geofizika instituti olimlari soha faoliyatini yanada rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish boyicha qanday loyihalar ustida ish olib borishmoqda?

Hozirgi kunda Geologiya va geofizika institutida Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasining 6 ta geologik qidiruv ishlari, Innovatsion rivojlanish vazirligining 3 ta amaliy va 4 ta fundamental loyihasi boyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Institut ilmiy ishlari loyihalari mablag kirib kelishi boyicha 3 turga bolinadi (grantlar, mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va kopaytirish davlat dasturlari va xojalik shartnomalari orqali):

birinchi bosqich bu fundamental loyihalar bolib, bugungi kunda institutimizda 4 ta shunday loyiha yuzasidan ish olib borilmoqda;

ikkinchi bosqich amaliy loyihalar, ushbu loyihalar fundamental loyihalardan olingan ilmiy natijalarni tajribada qollashning metodik masalalariga qaratilgan bolib, hozirgi kunda institutimizda 3 ta ana shunday loyiha amalga oshirilmoqda;

uchinchi bosqich innovatsion loyihalar bolib, bu boyicha ham bir qator ishlar rejalashtirilmoqda.

2017-2021 yillarga moljallangan mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toldirish davlat dasturidagi 6 ta loyihaning hammasi qattiq foydali qazilmalarni hosil qilish va joylashish qonuniyatini organish asosida yangi istiqbolli maydonlar ajratishga, yangi yonalishlar barpo qilishga, shu jumladan, 2 ta loyiha Ozbekistondagi dolzarb masala noyob va tarqoq metallar mineral-xomashyo bazasini yaratishga qaratilgan.

Shuni aytib otish kerakki, hozirgi kungacha Ozbekistonda bunday metallar bazasi, ya’ni oltin, mis, uran kabi foydali qazilmalar bazasi hali rivojlanmagan. Lekin dunyo bozorida aynan shunday metallarga ehtiyoj katta va ularning narxi qimmat hisoblanadi. Chunki ulardan asosan kosmonavtika, yadro energetikasi va sanoatning boshqa zamonaviy yonalishlarida foydalaniladi. Nima uchun Ozbekistonda bunday metallar hali qazib olinmayapti? Olimlarimiz ana shu boyicha ish olib borishmoqda.

Yana bir masala. Respublikamizda qimmatbaho va yarim qimmatbaho tosh konlari anchagina. Lekin ularning sofligi, tozaligi, dunyo standartlariga javob berishini aniqlaydigan xizmat laboratoriyasi yoq. Bu, oz navbatida, zargarlik sanoatiga xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilishda tosiq bolayapti. Biz bu masalaning dolzarbligini, iqtisodiyotimizga foyda keltirishini hisobga olib, yangi loyihaga qol urdik.

Shuningdek, daryolarimizning suv manbasi hisoblanmish muzliklarni organish, ularning qanday eriyotganini monitoring qilish zimmamizdagi eng katta vazifalardir. Bunday loyiha ustida ham ish olib borayapmiz.

Xojalik shartnomalarimiz esa togridan-togri amaliyot bilan bogliq. Masalan, Topalang suv ombori loyihasi.

Geolog kadrlar tayyorlashning bugungi ahvoli qanday? Geologiya va geofizika instituti hamda oliy oquv yurtlari ortasidagi aloqalar haqida ham toxtalib otsangiz.

Institutimizda faoliyat korsatayotgan 87 nafar xodimning 52 nafari ilmiy xodim, 10 nafari talaba bolib, ular orindoshlik asosida ish yuritishadi. Xodimlarimizning 6 nafari fan doktori, 16 nafari esa fan nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Institutda ilmiy xodimlarni tayyorlash masalasiga alohida etibor qaratilayotgan bolib, bu yonalish bakalavr va magistrlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik va xorijdagi malaka oshirish kurslari hamda stajirovka otash orqali amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda institutimiz doktoranturasida 6 nafar xodim oqidi. Kichik ilmiy xodim G.Habibullayeva Mineralogiya va krisstalografiya mutaxassisligi boyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Ozbekiston Milliy universiteti, geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti bilan birgalikda 2018-2030 yillarga moljallangan yer haqidagi fanlarning ustuvor yonalishlarida olib borilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning samaradorligini oshirish, fan va talim integratsiyasi boyicha hamkorlik bitimi, shuningdek, 2019 yilda Geologiya va geofizika instituti qoshida Toshkent davlat texnika universiteti, geologiya va konchilik ishi fakulteti, foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari kafedrasining filiali faoliyatini davom ettirish togrisida yangi bitim imzolandi.

Mazkur hamkorlik doirasida institutimizda talabalar uchun nazariy va amaliy mashgulotlar tashkil qilinmoqda, institutimiz laboratoriyalarida OzMU va TDTUning 14 nafar magistri va 7 nafar bakalavri orindoshlik asosida faoliyat olib borishmoqda.

Ilm-fan yutuqlari ishlab chiqarishga, degan shior bugun hayotiy masalaga aylangan. Shundan kelib chiqib, institut olimlari yaratayotgan ishlanmalar ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinmoqda?

Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalari kopshlakli chiqindilarida temirning sanoatbop miqdori aniqlandi va tarkibida qotishma sifatini oshiruvchi otga chidamli va legirlovchi metallar (6 foiz), temirning miqdori yuqori bolgan (94 foiz) qotishmalarning eksperimental namunalari olindi. Olingan natijalar IES kopshlakli chiqindilarini ekologik va iqtisodiy samarali utilizatsiya qilish va respublika mineral-xomashyo bazasini kengaytirish imkonini beradi.

Institutning ilmiy salohiyati, xalqaro aloqalari haqida toxtalib otsangiz?

Xitoylik hamkorlar bilan Garbiy Tyan-Shan geologiyasi va metallogeniyasini organish boyicha Ozbekiston Xitoy xalqaro ilmiy markazini ochish yuzasidan memorandum imzolangan. Ushbu hujjat doirasida institutimiz olimlari va Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasining geolog olimlari Tyan-Shanning Xitoy va Ozbekiston qismini organish boyicha yaqindan hamkorlik qilishmoqda, madan konlarida dala tadqiqotlari otkazilmoqda. Shu yilning ozida Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasining geologiya sohasidagi institutlari bilan 2 ta memorandum imzoladik.

JORC kodeksi talablari nima?

Bunday kodekslar bitta emas. JORC kodeksi deganda, ochilgan konning faqat zaxirasi togri hisoblanganini emas, boshqa omillarga ham katta etibor qaratiladi. Tadbirkor yoki investor oladigan foyda qanday boladi, qanday xatarlar bolishi mumkin, foydali qazilmani ajratib olish texnologiyasi mukammalmi yoki yoqmi, infratuzilma qanday va hokazo.

Bir soz bilan aytganda, JORC kodeksi banklar tomonidan mablag ajratish uchun ekspert tomonidan yozilgan, daliliy isbotlangan hisobot. U bizning texnik iqtisodiy asoslash (TEO) yoki yiriklashtirilgan texnik iqtisodiy asoslash (UTER) kabidir. Bu kodeksning razvedka texnikasi va texnologiyasi, namuna olish, kern namunasi chiqishi boyicha va boshqa kop talabi bor. Masalan, kern chiqishi 95 foizni tashkil qilishi lozim.

Hozirgi kunda institutimiz direktori geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi Rustam Dolimov rahbarligida geologik qidiruv va qazib olish masalalarida innovatsion va zamonaviy texnologiyalarni ozlashtirish, bu borada xorij tajribasini organish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu rejaga binoan geologiya sohasida rivojlangan mamlakatlarning yetakchi ilmiy tashkilotlari bilan hamkorlik yolga qoyiladi, ularning tajribasi organiladi. Hozir AQShning geologiya xizmati bilan yaqin hamkorlik aloqalari ornatilgan bolib, uning doirasida yosh geolog mutaxassislar uchun foydali qazilma konlarini qidirish va baholashning yuksak texnologiyalari boyicha treninglar otkazilmoqda.

Barchinoy HAMIDULLAYEVA

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: