O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
09.07.2019

TEST SINOVLARI SHAFFOFLIGINI TAMINLASH MAQSADIDA

1 ming 155 dan ortiq videokuzatuv kamerasi, 120 dona mobil aloqalarini to‘suvchi qurilma hamda barmoq izi asosida haqiqiy abituriyentni tanish vositalari tayyorlanmoqda

Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi mutasaddilari 2019/2020 oquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul boyicha otkaziladigan test sinovlariga tayyorgarlik korish jarayoni haqida jurnalistlarga malumot berdi.

Tadbirda bu yilgi test topshiriqlarini shakllantirish uchun umumtalim fanlari boyicha 140 nafardan ortiq ekspert guruhlari tuzilgani hamda joriy yildagi qabul test sinovlari uchun 180 mingdan ortiq test topshiriqlarini shakllantirish rejalashtirilayotgani, ushbu topshiriqlar ozbek, rus va qoraqalpoq tillarida bir xilligi taminlanishi aytib otildi.

— Joriy yilda namunaviy test topshiriqlari 1500 dan ortiq abituriyent ishtirokida sinovdan otkazildi, ishonchliligi, murakkablik darajasining togri tanlanganligi organildi hamda 74 mingdan ortiq test topshirigi statistik tahlil qilindi, deydi Davlat test markazi direktori orinbosari Qahramon Haqberdiyev. Shu bilan birga test topshiriqlarining xato-kamchiliklari tuzatildi va ayrimlariga ozgartirishlar kiritildi. Bundan tashqari, bu yilgi test topshiriqlari bazasini shakllantirishda Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Yaponiya kabi mamlakatlar tajribalari organilib, joriy yildan yangilik kiritildi. Jumladan, test topshiriqlarida grafik, yozuvsiz karta, rasmlar qollanilmoqda. Qolaversa, yangilik sifatida yana shuni aytish mumkinki, faoliyatning ochiqligini taminlash maqsadida keyingi oquv yilidan boshlab Davlat test markazida mavjud test topshiriqlari bazasini jamoatchilik uchun ochib qoyish rejalashtirilmoqda.

Bugungi kunda test sinovlarini otkazish uchun mamlakat boyicha 69 bino tanlangan. Ularning eng kattasi 1710, eng kichigi 240 orinlidir. Bu binolarda bir kunda 2 smenada 1 ming 277 ta guruhda, jami 38 ming 310 abituriyent test topshirishi moljallangan. Test sinovlarining adolatli otishini taminlash maqsadida bir kunda 2 ming 554 nafar nazoratchi jalb etilishi belgilangan.

– Bu yil abituriyentlardan olingan barmoq izi orqali test sinovlariga boshqa abituriyentlarning kirishi kabi qonun buzilishlarga barham beriladi, deydi Davlat test markazi bosh boshqarmasi boshligi Barno Rajabov. Natijada oz bilimiga ishonib imtihon topshirayotgan yoshlarning imkoniyati yanada kengayadi. Test sinovlarini yanada shaffofligini taminlash maqsadida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda binolar uchun 1 ming 155 tadan ortiq videokuzatuv kamerasi, 120 dona mobil aloqalarini tosuvchi qurilma, barmoq izi asosida haqiqiy abituriyentni tanish vositalari tayyorlanmoqda.

Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligining markazlari hamda Ichki ishlar vazirligining pasport-viza malumotlar bazasi bilan malumot almashish uchun idoralararo malumotlar almashish tarmogi (MSPD)ga ulanilgan. Qolaversa, imtiyozga ega abituriyentlar malumotlar bazasini shakllantirish maqsadida imtiyozli hujjat taqdim etuvchi tashkilotlar imtiyozga ega abituriyentlar malumotlarini onlayn kiritishlari uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan abituriyent ozining doimiy yoki vaqtincha royxatda turgan joyidan qati nazar, istalgan oliy talim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalariga (Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan Oliy talim muassasalari uchun Davlat xizmatlari markazlariga) murojaat qilishlari mumkinligi hamda abituriyentlar royxatdan otganda yashab turgan, vaqtincha royxatdan otgan yoki osha paytda bolib turadigan hududda test sinovlarida ishtirok etishi mumkinligi togrisida ham malumotlar berildi.

Matbuot anjumani yakunida jurnalistlarni qiziqtirgan koplab savollarga javob olindi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: