O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
09.07.2019

ELEKTRON KOOPERATSIYA BIRJA PORTALI JORIY ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rahbariyati, davlat boshqaruvi organlarining mutasaddi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani otkazildi.

Unda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 maydagi «Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bolgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari togrisida»gi qarori ijrosini ta’minlash boyicha qilinayotgan ishlar hamda galdagi vazifalar xususida axborot berildi.

Mahalliy va xorijiy bozorlarda talab yuqori bolgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, xojalik yurituvchi subektlar ortasida ozaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish mamlakatimiz iqtisodiyoti jadal rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.

Mazkur qaror ijrosini taminlash maqsadida otgan davrda iqtisodiyotda talab yuqori bolgan hamda kelgusida respublikamizda ishlab chiqarilishi tavsiya etiladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning yangi 99 ta turi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining veb-saytiga tadbirkorlik subektlariga yetkazish uchun joylashtirildi.

Shuningdek, vazirlik veb-saytida ichki bozorda talab yuqori bolgan, umumiy hisobda 673 turdagi import ornini bosuvchi mahsulotlarning mahalliy ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ozlashtirilishi boyicha royxat joylashtirilgan.

Hozir yangi 99 turdagi mahsulotlarni 2019-2020 yillarda ozlashtirish boyicha hududlarda 55 ta tashabbuskor tomonidan loyihalar ishlab chiqilib, dastlabki tadbirlar boshlangan.

Xususan, Fargona viloyatida Real kabel invest masuliyati cheklangan jamiyati korxonasi negizida led yoritish vositalari ishlab chiqarish loyihasi 2019 yilning uchinchi choragida amalga oshiriladi. Surxondaryo viloyatida Smart gold invest AS MChJ tomonidan konditerlik (shokolad) ishlab chiqarish loyihasi joriy yilning dekabr oyida ishga tushiriladi. Shu yilning sentabr oyida Buxoro viloyatida Artin MChJ korxonasi negizida santexnika jihozlari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Sanoat yarmarkasi va elektron kooperatsiya birja portali faoliyatini tashkil etish tartibi togrisidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu qaror loyihasi hozir tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan kelishish jarayonida ekanligi haqida ishtirokchilarga malumot yetkazildi.

Unga asosan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida elektron kooperatsiya birja portali platformasi joriy etiladi hamda tegishli davlat organlari bazasi bilan integratsiyalashgan holda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari togrisidagi yagona baza va tayyor mahsulot, xomashyo, butlovchi buyumlar togrisidagi, shuningdek, ozlashtirishga tavsiya qilinadigan mahsulot turlarining texnik parametrlari haqida onlayn tarzda tadbirkorlarga axborot yetkazish taminlanadi.

Eng muhimi, talabgor bilan ishlab chiqaruvchi ortasida, shu jumladan, byudjet va korporativ hamda strategik xaridorlar buyurtmasi doirasida erkin raqobat qilishni va narx shaffofligini taminlab, korxonalar ortasida ozaro manfaatli hamkorlikni yolga qoyish jarayoni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Ozbekiston Savdo-sanoat palatasi sanoat mahsulotlari bozorining barcha qatlamlaridagi xojalik yurituvchi subektlarni maqsadli jalb qilish orqali muntazam ravishda sanoat yarmarkalari tashkil etishni zamonaviy chet el korgazma majmualari tajribasini organgan holda amalga oshirilishi rejalashtirilganligi malum qilindi.

Nurillo NASRIYEV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: