O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
09.07.2019

OSIMLIKLAR KLINIKALARI QISHLOQ XOJALIGIDA ZAMONAVIY YONDASHUV

Poytaxtimizda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan «Osimliklar klinikalari — qishloq xojaligida zamonaviy yondashuv» mavzuida matbuot anjumani otkazildi. Unda inspeksiya rahbarlari, boshqarma boshliqlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasining fitosanitar xavfsizligini ta’minlash, mamlakatimizda zararli organizmlardan xoli va ekologik toza mahsulot yetishtirish, chet davlatlarga meva-sabzavot eksportini yanada kopaytirish hamda milliy mahsulotlar uchun yangi bozorlarga yol ochish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida malumot berish va aholini karantin zararkunandalar, osimliklar kasalliklari va begona otlarga qarshi kurash masalalari muhokama etildi.

Xususan, bugungacha 96 fumkamera tashkil etildi va ular sonini yaqin 2 yil ichida 200 taga yetkazish boyicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu kungacha atigi bitta markaziy laboratoriya ishlagan bolsa, endilikda har bir hududda laboratoriyalar faoliyati yolga qoyilmoqda va xorijdan keltirilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlanmoqda. Ozbekistonda ilk marotaba Xorazm, Andijon, Fargona va Toshkent viloyatlarida karantin laboratoriyalari tashkil etildi. Bugungi kunda har bir tumanda kamida 2-4 ta va undan ortiq inspektor faoliyat yuritayotgani evaziga dala nazorati sezilarli darajada oshdi, va eksportyorlar uchun eng asosiy xujjat hisoblangan, xorijiy davlatlar tomonidan tan olingan Fitosanitar sertifikatlarini dalaning ozida yozib berish imkoniyati yaratdi.

Masalan, 2018 yildan 2019 yilning iyun oyiga qadar 200 dan ortiq turdagi meva va sabzavot mahsulotlari eksporti uchun 17 xorijiy davlatning karantin ruxsatnomalari olindi. Hozirgi kunda birgina qovun eksporti boyicha Yaponiya, Hindiston, Marokash, BAA, Malayziya, Singapur kabi davlatlar bilan kelishuvga erishilgan bolsa, joriy yilda yana Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya, Vetnam, Tailand, Indoneziya, Iordaniya singari mamlakatlar karantin xizmatlaridan eksport uchun ruxsat olish kutilayotgani quvonarli holat.

Tadbir davomida Prezidentimizning Osimliklar karantini boyicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori ijrosini taminlash yuzasidan bugungacha 180 tuman va shaharda 200 osimlik klinikalari tashkil etilganligi va joriy yilda ularning miqdorini 400 taga yetkazish kozda tutilayotganligi haqida malumot berildi.

Tadbir yakunida OAV xodimlari tomonidan soha mutaxasislariga bir qancha savollar berildi va kerakli javoblar olindi.

Maftunaxon SUNNATILLAYEVA,

Ozbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: