O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
09.07.2019

GENDER TENGLIK: AFSONA YOKI HAQIQAT

Gender tenglikni ta’minlash borasida dunyodagi umumiy ahvol qanday? Mavjud vaziyatni baholashda nimalarga etibor qaratilmoqda?

Mamlakatimizga tashrif buyurgan AQShning Xofstr universiteti professori Elyor Karimov tomonidan Yoshlar press-klubida «Gender tenglik: afsona yoki haqiqat» mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy mashgulotda ana shu kabi savollarga javob izlandi. Unda mamlakatimizda oila siyosati masalalari bilan shugullanuvchi qator tashkilot va muassasalar mutaxassislari ishtirok etdi.

Toshkent davlat universiteti (hozirgi Ozbekiston Milliy universiteti)ning bitiruvchisi bolgan Elyor Karimov tarixchi va sharqshunos, orta asr, islom, tasavvuf va diplomatiya tarixi sohasida qator ilmiy ishlar muallifi hamda YuNESKOning Markaziy Osiyo tamadduni tarixiga bagishlangan 6 jildli noyob seriyasining hammuallifi hisoblanadi. Shuningdek, Arxiv fondlari va kutubxona kolleksiyalarining qimmatli va nodir obektlarini asrashga qaratilgan Dunyo xotirasi Butunjahon hujjatli merosni muhofaza qilish va ularni kengaytirish boyicha YuNESKO dasturi qomitasining azosidir. AQSh tadqiqot markazlari dasturlarining kopgina izlanishlarida ishtirok etgan bolib, 1995 yildan Markaziy Osiyo Fransiya tadqiqotlar instituti, jumladan, Parijda Ijtimoiy fanlar oliy maktabida tadqiqotlar otkazgan.

— Hozirgi davrda turli xil omillar, xususan, mentalitet bilan bogliq muammolar mavjudligi bois, dunyoning aksariyat davlatlari ayollar va erkaklar ortasidagi tenglikni zarur darajada taminlay olmayapti. Ayniqsa, ananaviy oilaga asoslangan turmush tarzi bilan yashaydigan davlatlarda gender tenglik ostida asrlar davomida saqlanib qolgan ananalarning buzilishi holatlari kozga tashlanmoqda, deydi Elyor Karimov. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqida Senatda yangi tuzilma Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boyicha qomita tuzish taklifini bergani Ozbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy hayotda tolaqonli ishtirok etishiga erishish, gender tenglik va reproduktiv salomatlikni taminlash masalalarida keng imkoniyatlarni yaratishi tabiiy.

Yetakchi sharqshunos va tarixchi Elyor Karimov mavzu yuzasidan xalqaro amaliyot haqida ishtirokchilarga batafsil malumotlar taqdim qildi va ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

M.QOSIMOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: