Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
09.07.2019

HARAKATSIZ NATIJA BO‘LMAYDI

Feruza ESHMATOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Ikki palatali parlament tashkil etilganiga qariyb 15 yil bo‘ldi. Yillar davomida uning faoliyatini takomillashtirish, xalqaro maydondagi obro‘sini oshirishga harakat qilindi.

Vaqt o‘tgani sayin biz O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda Oliy Majlisning ta’sirini oshirish muhimligini anglay boshladik. Mamlakat rahbari bu masalaga e’tiborimizni qayta-qayta qaratayotgani zamirida ham ana shu yuksak maqsad turibdi. Senatning 20-yalpi yig‘ilishidagi nutqida Prezidentimiz mazkur masalaga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tashqi siyosat sohasidagi faoliyatni amalga oshirishda parlament rolini kuchaytirish, mamlakatimizning xalqaro imidjini mustahkamlash, tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalarini ustuvor vazifalar sifatida belgilab berdi.

Milliy parlamentlarning tashqi siyosat sohasidagi faoliyati keng ma’noda parlamentlararo aloqalar, munosabatlar sifatida ta’riflanadi, ular ikkita asosiy yo‘nalishda, avvalo, xorijiy davlatlar milliy parlamentlari bilan o‘zaro munosabatlar asosida, ikkinchidan, parlamentlararo tashkilotlar va organlar bilan o‘zaro hamkorlik orqali amalga oshiriladi.

Shu nuqtai nazardan, Senat yig‘ilishida bu masalalar bilan bog‘liq 4 jihatga e’tibor qaratildi. Birinchidan, Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament assambleyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi parlamentlararo assambleyasi va O‘zbekiston nomidan Oliy Majlis a’zo bo‘lgan boshqa xalqaro parlament tashkilotlari bilan ishlash strategiyasini belgilaydigan, aniq va uzoq muddatni ko‘zlaydigan ish rejalarini belgilab olish zarur. Chunki parlamentimiz a’zolari tizimli ravishda mazkur parlament tashkilotlari faoliyatida ishtirok etib kelayotgan bo‘lsa-da, mazkur tuzilmalarda turli mamlakatlardan kelgan yuzlab salohiyatli parlament a’zolari ishtirok etadigan ushbu maydondan samarali foydalanmayapmiz. Mazkur parlament tashkilotlari konstruktiv muloqot uchun noyob platforma bo‘lib, uning salohiyatidan aniq reja asosida tizimli foydalanishimiz lozim bo‘ladi.

Ikkinchidan, parlamentlararo hamkorlik doirasida parlament a’zolari chet ellarga rasmiy tashriflari oldidan muzokaralar doirasida muhokamaga qo‘yiladigan masalalarni pishiq-puxta belgilab olishi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, Parlamentlararo hamkorlikka oid tashriflarga yuqori darajada samarali bo‘lishi nuqtai nazaridan yondashish masalasiga e’tibor zarur. Hozirgi kunda aksariyat amalga oshirilayotgan xorijiy safarlar yakuni bo‘yicha shunchaki ma’lumotnoma taqdim qilish bilan chegaralanib qolyapmiz. Vaholanki, har bir xalqaro anjuman yoki seminardan ma’lum maqsadni ko‘zlashimiz va biron-bir yangilikni amaliyotga tatbiq etmog‘imiz zarur.

O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolangan xalqaro shartnomalarning ijrosini parlament nazorati tartibida muntazam o‘rganishni yo‘lga qo‘yish talab etiladi. Shu vaqtgacha xalqaro shartnomalarning bajarilishi bo‘yicha parlament nazorati tartibida o‘rganish yo‘lga qo‘yilmagan edi. Biz faqat yuqori darajadagi tashriflar chog‘ida imzolangan xalqaro shartnomalarning bajarilishi bo‘yicha tuzilgan «Yo‘l xaritalari»dagi parlamentga tegishli bo‘lgan bandlarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishini nazorat qilganmiz. Endi esa barcha xalqaro shartnomalar ijrosini o‘rganish vazifalari qo‘yilmoqda. Ularning xususiyati va yo‘nalishini mas’ul qo‘mitaning bevosita vazifasidan kelib chiqib o‘rgansak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Natijada qo‘mita xabardorligini oshirishga, parlament nazoratini yo‘lga qo‘ygan holda shartnomalarning aniq bajarilishiga erishgan bo‘lamiz. Buning uchun xatodan cho‘chimaslik, yangilikka qo‘l urish, doimiy izlanish talab etiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

So‘nggi yangiliklar: