O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.07.2019

FRAKSIYALAR VIDEOSELEKTOR YIGILISHIDA KOTARILGAN VAZIFALARGA MUNOSABAT BILDIRDI

Parlament quyi palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishlari bolib otdi.

Ularda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 iyul kuni otkazilgan birinchi yarim yillikda davlat byudjetiga tushumlar natijadorligini tahlil qilish, yangi vazifalarni belgilash masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi va unda kotarilgan muhim vazifalar muhokama etildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2018 yil 29 iyunda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi mamlakatimizda iqtisodiyot sohasida olib borilayotgan islohotlarning ijobiy natijasiga xizmat qilmoqda.

Fraksiyalar davlatimiz rahbari tomonidan otkazilgan videoselektor yigilishida berilgan topshiriqlar hamda ulardan kelib chiquvchi muhim vazifalarni atroflicha tahlil qildi va oz munosabatini bildirdi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari yurtimizda soliq islohotlari va narx-navo siyosati xalqchil tarzda yuritilayotganini qayd etdi. Shu bois ham mazkur sohalarda aholining manfaatlarini kozlab, uzoqni oylab amalga oshirilayotgan ishlar oz samarasini bermoqda. Bu jarayonda, ayniqsa, kam taminlangan, nochor oilalarning ahvoli doim inobatga olinayotgani diqqatga molikdir.

Shu jihatdan, fraksiya azolari mamlakatimiz rahbari tomonidan otkazilgan mazkur videoselektor yigilishida kotarilgan har bir masala davlatimiz va jamiyatimizning rivojlanishi bilan bir qatorda, aholining manfaatlarini taminlash, xalqimizning farovonligiga erishishda muhim ahamiyat kasb etishini takidladi.

Umuman, fraksiyalar yigilishlarida deputatlar bu ozgarishlarning mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga chuqur tushuntirish, sohada olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini taminlashda masullikni yanada oshirish hamda qoshimcha qiymat soligini tolashga otadigan tadbirkorlik subektlari bilan manzilli ish tashkil qilishda faol qatnashishi lozimligi takidlandi. Yurtdoshlarimizga, ishbilarmonlar bu borada har tomonlama amaliy yordam berish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Xurshid QODIROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: