O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
09.07.2019

AVTOMOBIL ISHLAB CHIQARISH HAJMI VA SIFATINI OSHIRISH BOYICHA KORSATMALAR BERILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni avtomobil sanoatini rivojlantirish masalalariga bagishlangan yigilish otkazdi.

Mamlakatimiz avtomobilsozligi otgan yigirma uch yil mobaynida izchil rivojlanib, ichki va tashqi bozorda oz ornini topdi. Joriy yil 1 oktabrdan imtiyozlar bekor qilinishi bilan ushbu tarmoq ham erkin bozor sharoitiga otadi. Bu korxonalarda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etishni, mahsulotlarni bozorbop va raqobatbardosh qilishni talab etadi.

Joriy yilning olti oyida ishlab chiqarish otgan yilning shu davriga nisbatan 154 foizga oshib, 1 trillion som sof foyda olingan. Qariyb 73 million dollarlik avtomobillar eksport qilingan. Ichki bozorda mahalliy avtomashinalar ulushi 97 foizga yetgan.

Bular yaxshi, albatta. Biroq, gap lokalizatsiya darajasi haqida borganda raqamlar maqtanarli emas. Bu korsatkich yengil avtomobillar ishlab chiqarishda 45 foiz, yuk avtomobillari va avtobuslarda 24 foiz, xolos.

Yigilishda lokalizatsiya darajasini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish orqali eksportni kopaytirish masalalari muhokama qilindi.

«Ozavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasiga umumiy ishlab chiqarish hajmini 2023 yilga qadar hozirgi 250 mingdan 350 mingga, eksport hajmini kamida 100 mingga yetkazish vazifasi qoyildi.

Buning uchun, avvalo, tarmoqda ilgor boshqaruv tizimini joriy qilish, xorijiy konsalting kompaniyalari mutaxassislarini jalb etib, ishlab chiqarish va mahsulot tannarxini optimallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Eksportda bitta yengil avtomobilning logistika xarajati narxning 8-10 foizini tashkil qilishi qayd etilar ekan, bu xarajatni davlat tomonidan qisman qoplab berish boyicha vazifalar belgilandi. Xorijiy distribyutorlar bilan birgalikda eksport narxini qayta shakllantirish va tashqi bozorlarga kafolatli chiqish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bugungi kunda 5 turdagi yengil avtomobil 5 ta alohida platformada ishlab chiqarilayotgani ham xarajat, resurs va vaqt sarfini kopaytirib, mahsulot narxiga oz tasirini otkazmoqda. Shu bois yigilishda yagona platformada bir necha markadagi avtomobillar ishlab chiqarishni yolga qoyish boyicha korsatmalar berildi.

Xorijiy kompaniyalar bilan sheriklikda tijorat avtomobillari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish, MAN Auto va SamAuto korxonalariga xitoylik va yaponiyalik hamkorlarning togridan-togri xorijiy investitsiyalarini jalb qilish masalalari ham korib chiqildi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga tarmoqda lokalizatsiya darajasini oshirish, xususan, import qilinayotgan 22 turdagi bazaviy qismlarni yurtimizda ishlab chiqarishni tashkil qilish vazifasi topshirildi.

Importni notarif mexanizmlar orqali tartibga solish, transportlarning atrof-muhitga tasiri boyicha xorijiy standartlarni joriy etish yuzasidan korsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari avtomobillar narxini barqaror saqlab, sifatini oshirish, yangi hamyonbop modellar ishlab chiqarish va mahalliylashtirishni kengaytirish orqali mahsulotlarning bozordagi ornini mustahkamlash muhimligini takidladi.

Yigilishda muhokama qilingan chora-tadbirlar yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: