O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
09.07.2019

MEDALSIZ KETGAN MOMO...

Balki har yili katta bayramimiz arafasida 100 yoshga yetgan va bu yoshdan oshganlarning barchasini taqdirlashni yo‘lga qoyish kerakdir?

...On yilcha muqaddam Mustaqillik bayrami arafasida tumanimizning Nayman qishlogida yashayotgan bir onaxonga Prezident farmoni bilan «Shuhrat» medali berildi. Ya’ni bir asr umr korgani uchun. Muharririmiz shu onaxon haqida maqola yozish topshirigini berdi.

Shu qishloqlik hamkasbimiz Xolmurod Qurbon hamrohligida onaxon istiqomat qilayotgan xonadonga kirib bordik. Odatda yoshi ulug qariya yashayotgan xonadonga betakalluf kirilmaydi. Harqalay, yuz yoshli inson...

On yashar bolakaydan momosi haqida soraymiz. U bizlarni dasturxonga taklif qilgach, Hozir chaqirib kelaman! deb yugurgilab ketadi. Demak...shu yoshda ham nimadir yumushlar bilan kuymanib yurgan momoni kutamiz.

Nihoyat barmoqlari uchlari negadir kokarinqiragan momo kirib keldi va biz bilan sorashdi. Hurmatlariga ornimizdan turamiz.

Tomorqadagi kechki sabzini ot bosibdi, shuni tozalab yurgandim, — deydi momo va songra hamrohimga yuzlanib: Xolmurodmisan? Bechora onang ham otib ketdi. Tengqur edik, maktabda birga oqigandik, deb dugonasini eslab, kozlariga yosh oladi. Xolmurod dostimizning onasi shu yili qishda otgandi. Yerlar bir qarich qor. Janoza aynan qor ustida oqilgan. Momoni sakson ikki deb tobutini kotarishgan... Qiziq, dostimning onasi otgan yili 82 yoshida vafot etgan bolsa... momo uni tengqur edik, deyapti...

Qishloqdan qaytayotib, tuman hokimligiga kiraman. Kop yillardan buyon shu tizimda ishlovchi, qoshni qishloqlik tanishim bilan gurunglashaman. Yuz yoshga kirgan, deb davlat mukofoti olgan momo endi saksondan oshgani, buni oz sozi bilan aytib otirgani, uning hujjatlari qanday qilib davlat mukofotiga taqdim qilingani haqida suhbatlashamiz. Tanishim aytadi: Tumanda yashayotgan yuz yoshdan oshgan qariyalar haqida qishloq va mahalla fuqarolar yiginlari raislari malumot taqdim qilishadi. Bizlar uni tegishli joyga jonatamiz, keyin maqul korilgan birisiga mukofot beriladi.

Sakkiz yil oldin daryo ortidagi tumanga yolimiz tushdi. Mustaqillik bayrami nishonlanayotgan kezlar edi. Tanishimiz bolmish tuman hokimini bayram bilan tabriklash niyatida qabuliga kirdik, salomlashdik. Tumanda yashayotgan bir yuz olti yoshli momoga medal berishgan, hokim qariyani tabriklab, sovga topshirish uchun ketayotgan ekan. Besh yildan buyon tavsiya qilardik, nihoyat medal berishdi, dedi u.

Qoshni qishloqlik Qurvonoy momo togamizning qaynonasi edi. Togam ottiz yilcha oldin yetmish yoshida olamdan otgan. Qurvonoy momoning katta ogli onamga tengqur edi. Onam sakkiz yil oldin sakson beshida hayotdan koz yumdi. Momoning katta qizi Rahima momo ham bu dunyoda sakson yil yashab, yigirma yilcha oldin olamdan otdi.

Qiyosiy raqamlarni nega keltiryapman? Qurvonoy momoning tugilish guvohnomasida tugilgan vaqti qachon deb yozilganini bilmayman. Ammo besh yilcha oldin dunyodan otganida, uni qishloqning eng keksa kishisi sifatida, yani bir yuz olti yoshda, deb hurmat bilan, tobutiga yelka tekkizish talash bolib, songgi yolga kuzatganmiz.

Besh yilcha oldin qishlogimizning eng keksasi bolmish bir yuz tort yashar momoni ham shu zaylda izzat bilan songgi manzilga kuzatganmiz. Momoning nabirasi aytib bergan bir gap xotiramga mixlanib qolgan. Televizorda qariyaligi uchun davlat mukofoti olgan bir kampirning minnatdorlik sozlarini eshitib otirgan momo nevaralariga: Bular meni yodidan kotarib yuboribmikanlar? Nega menga medal berishmadi?, degan ekan.

Istiqlol yillarida turli soha xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash tizimli yolga qoyildi. Mustaqillik bayrami arafasida bu borada Prezident farmoni elon qilinadi. Mehnatga yarasha ragbat yaxshi-da! Ayni paytda yuz yoshdan oshgan keksalarni Shuhrat medali bilan taqdirlash ham istiqlol zamonasida ananaga aylandi. Yurt uchun mehnati singgan, farzand tarbiyalab, yurt koriga yaratgan, baxtli keksalik gashtini surayotgan nuroniy insonlarning davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi qanday yaxshi. Ularning yurtimiz tinchligi, fuqarolarimiz farovonligini tilab qilayotgan duolarining ozi katta davlat.

Ammo shu orinda bir mulohaza tugiladi. Har yili har viloyatdan faqat bir nafar shu yoshga yetgan keksaga davlat mukofoti berilishi masalasi. Qolganlarchi? Keksa yoshdagi insonlar kongli bosh boladi, hatto bolafel ham bolib qolishadi. Oynai jahonda qaysidir tengquri va hatto ozidan yoshroq biror zamondoshiga medal berilganini eshitganda, ozi nega bu royxatdan chetda qolganini oylab kongli chokishini koz oldingizga keltiring.

Hokimlik tizimida ishlayotgan tanishimiz yuz yoshdan oshganlarni medal bilan mukofotlash jarayonini behudaga lotereyaga oxshatmadi. Tavsiya qilinganlar viloyat boyicha on nafar va undan ham koproq bolishi mumkin. Tinchlik va farovonlik tufayli millatimizning umri uzayib borayotgani shu borada tahlillar otkazuvchi xalqaro tashkilotlar tomonidan etirof etilayaptiku! Ana shu on nafardan faqat birisiga mukofot berilishini kim va qaysi tashkilot hal qiladi? Bunda nimalarga asoslanadi? Ish stajimi, jamiyatga tekkan foydasimi? On nafar nomzoddan faqat birisining tanlab olinishi esa ogriqli jarayon. Shu ish zimmasiga yozilganlarga ham oson emas. Qolib ketayotgan nomzodga kelgusi yili olar, deb umid bildirishar. Lekin yuz uch yashar qariya yana bir yil yashaydi va kelgusi safar mukofot oladi, deb kim kafolat beradi? Umuman, har viloyatdan faqat bir nafar yuz yoshdan oshgan tabarruk onaxon yoki otaxonga davlat mukofoti berilishi adolatlimi? Bu bilan ijtimoiy adolat buzilishiga yol qoymayapmizmi?

Balki har yili katta bayramimiz arafasida ana shu tabarruk yoshga yetganlarning barchasini taqdirlashni yolga qoyish kerakdir? Bilmadik. Bilganimiz shuki, nafaqat qishlogida, balki tumanda eng yoshi ulug Qurvonoy momo medal ololmay ketgani aniq.

Rozimboy HASAN,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: