O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.01.2013

PARLAMENTARIZM

bilimdonlari taqdirlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 20 yilligiga bagishlab otkazilgan «Parlamentarizm bilimdoni» onlayn tanlovi goliblarini taqdirlash marosimi bolib otdi.

Qonunchilik palatasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi, Oliy va orta maxsus, Xalq ta’limi vazirliklari hamda Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati komagida tashkil etilgan mazkur tanlov 2012 yil mart oyidan 1 dekabrga qadar davom etdi.

Yoshlarning siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirish, Konstitutsiya goyalarini, qonunlarning mazmun-mohiyatini keng targib etish, mamlakatimiz parlamenti faoliyati haqida atroflicha malumot berishga qaratilgan tanlovda Ozbekistonning barcha hududlaridan 14 yoshdan 30 yoshgacha bolgan 3 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Ular Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb sayti maxsus sahifasida elon qilingan Konstitutsiyamiz, qonunlar, parlament faoliyati asoslari, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi faoliyatiga oid, shuningdek, Ozbekiston Respublikasining meyoriy-huquqiy hujjatlari asosida tuzilgan savollarga javoblar qaytarishdi.

Tadbirda goliblarga sovrin va diplomlar topshirildi. Xususan, 1-orin egasi noutbuk, 2-3 orinlar sohiblari ayfon va bukrider bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlovning eng faol ishtirokchilariga Ozbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, siyosiy partiyalar, Ozbekiston ekologik harakati va Xalq talimi vazirligining ragbatlantiruvchi mukofotlari topshirildi.

Shu kuni tanlov ishtirokchilarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati bilan tanishish boyicha ekskursiyasi tashkil etildi.

(Oz muxbirimiz.)


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: