O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
02.07.2019

3 HUJJATGA QONUNIY BAHO BERISH KERAK

yoki jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasining bir ajrimi haqida ba’zi mulohazalar

«Ozbekiston ovozi» gazetasining 2018 yil 12 iyun sonida Ayblov xulosasi bor, dalil-ashyo-chi? hujjatlarning gapirishicha, jinoyat ishi asossiz qozgatilgan sarlavhali maqola chop etilgan edi.

Unda Yangiyol tumani IIB HOOB ozodlikdan mahrum etish bilan bogliq bolmagan jazolarning ijro etilishini nazorat qilish bolinmasi boshligi, mayor Sharifjon Karimovga qoyilgan ayblov xususida mulohazalar bildirilgandi. 2013 yil 14 noyabrda Yangiyol tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 208-moddasi bilan unga nisbatan jinoyat ish qozgatilgan bolib, JKning 208-moddasiga kora, Sharifjon Karimov hokimiyat harakatsizligi, yani mansabdor shaxsning oz xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi shart va mumkin bolgan harakatlarni qasddan bajarmaslikda ayblangan.

2014 yil 30 yanvarda JIB Yangiyol tuman sudi sudyasi R.Lutfullayev Sharifjon Karimovga oid jinoyat ishini amnistiya togrisidagi qarorga asosan tugatgan.

2017 yil 12 dekabrda JIB Toshkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasi (raislik qiluvchi S.Ashirmatov, hayat sudyalari M.Xodjayeva va X.Shermuhamedov) quyi sud ajrimini ozgarishsiz qoldirgan.

Sharifjon Karimov ozining aybsiz ekanligi xususida kop joylarga murojaat qildi. Poymol etilgan huquqini tiklashlarini sorab, shikoyatlar yozdi, dasta-dasta hujjatlarni taqdim qildi. 2019 yil 19 martda Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari boyicha sudlov hayati: raislik qiluvchi Sh.Rajabov, sudyalar H.Berdiklichev va N.Rajabov Sharifjon Karimov shikoyatini har tomonlama, xolis va adolatli korib chiqdi va JIB Toshkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2017 yil 12 dekabrdagi ajrimini bekor qildi.

Sudlov hayati ajrimida qayd etilgandek, Oliy sud Plenumining 2003 yil 19 dekabrdagi qarori 21-bandida himoyachining ishtiroki shart bolgan ish himoyachining ishtirokisiz tergov qilingan yoki sudda korilgan bolsa, bu holat sudlanuvchini himoya huquqi bilan taminlashga oid jinoyat-protsessual qonun normalarining jiddiy buzilishi, deb baholanishi va bunday holatning aniqlanishi sud qarorining bekor qilinishiga asos bolishi xususida tushuntirish berilgan.

Shuningdek, birinchi instansiya sudi tomonidan qonun talablari hamda Plenum qarorlari tushuntirishlariga rioya qilinmagan. Bunday holatda ish boyicha chiqarilgan kassatsiya instansiyasi sudining ajrimini qonuniy va asosli deb bolmaydi.

Oliy sud sudlov hayati Sharifjon Karimov yoki boshqa shaxsga nisbatan jinoyat ishi qozgatilganligi haqidagi qarorning mavjud emasligiga ham etibor qaratgan.

Sharifjon Karimov 2013 yil 1 noyabrda rahbariyat imzosi bilan tasdiqlangan xat bilan sudga murojaat qilgan. Jinoyat ishlari boyicha Yangiyol tuman sudi 2013 yil 6 noyabrda ushbu xatga asosan 6 nafar mahkumga nisbatan qidiruv elon qiladi, ular ushlangandan song IIV JIEBB 1-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirish haqida ajrim chiqaradi. Oliy sud sudlov hayatining ajrimiga kora, bunday holatda Sharifjon Karimovga nisbatan yuritilgan jinoyat ishini amnistiya aktiga muvofiq tugatish togrisidagi iltimosnoma prokurorning roziligi bilan sudga yuborilmasligi kerak. Chunki Sharifjon Karimov sudning ajrimi chiqarilmasdan turib, 6 nafar mahkum jazoni otashdan qasddan boyin tovlab kelayotganligi sababli ularning jazosini shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish choralarini korgan va bu haqda sudning ajrimi bor.

Oliy sud sudlov hayati ana shularga asosan Sharifjon Karimovga nisbatan chiqarilgan JIB Toshkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2017 yil 12 dekabrdagi ajrimini bekor qildi va jinoyat ishini yangidan kassatsiya instansiyasi sudida korish uchun yubordi.

2019 yil 23 aprelda JIB Toshkent viloyati sudi kassatsiya instansiyasi: raislik qiluvchi Yu.Ilxamov, hayat sudyalari R.Madumarov va B.Roziqov Oliy sud sudlov hayatining ajrimi boyicha Sharifjon Karimov ishini qaytadan korib chiqdi va JIB Yangiyol tuman sudining 2014 yil 30 yanvardagi ajrimini bekor qildi.

Qiziq tomoni, sudga raislik qilgan Yu.Ilxamov Sharifjon Karimovga nisbatan dastlabki tergov harakatlari yuritish uchun ishni Toshkent viloyat prokurori orqali tegishli tergov organiga yuborish haqida ajrim chiqardi!?

JIB Yangiyol tuman sudining 2013 yil 6 noyabrda 6 nafar mahkumga nisbatan qidiruv togrisidagi ajrimi bolsa-da Yangiyol tumani sobiq prokurori Z.Yoldoshev tomonidan 2013 yil 14 noyabrda Sharifjon Karimovga nisbatan jinoyat ishi qozgatilganligini asosli, deb boladimi?

Tergovchi B.Karimov esa JPK 22-moddasi talablariga zid ravishda tergov harakatlarini olib borganligini qanday tushunish mumkin?

– Jinoyat ishlari boyicha Toshkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2019 yil 23 apreldagi Sharifjon Karimov ishini dastlabki tergov harakatlari yuritish uchun prokuraturaga yuborganligi mutlaqo tushunarsiz hamda mantiqsizdir, —deydi Muxtor Shapsanov advokatlik firmasi advokati Zokir Shapsanov. Sababi, Sharifjon Karimovga nisbatan jinoyat ishi qozgatish togrisidagi qarorning ozi yoq. Shunday bolsa-da, tergov harakatlari noqonuniy va asossiz olib borilgan. Oliy sud sudlov hayati ajrimida korsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, qonuniy toxtamga kelish orniga JIB Toshkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasi masuliyatni ozidan soqit qildi. Sizga aytsam, uchta hujjatga baho berish uchun huquqshunos bolish shart emas. Nega sud 2013 yil 1 noyabr, 6 noyabr va 14 noyabr sanalariga etibor bermayapti? Yana bir gap. Sharifjon Karimov ishi boyicha guvoh ham, ekspert ham kerak emas. Sharifjon Karimov 2013 yil 1 noyabrda xat tayyorlab, sudga murojaat qilgan. Sud esa 6 noyabrda 6 nafar mahkumga qidiruv elon qilish hamda ushlanganlaridan song shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish haqida ajrim chiqargan. Yangiyol tuman prokuraturasi ana shu hujjatlardan koz yumib, 2013 yil 14 noyabrda Sharifjon Karimovga nisbatan jinoyat ishi qozgatgan. Atigi 3 ta hujjatga qonuniy baho berish JIB Toshkent viloyat sudiga ogirlik qilyaptimi?..

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: