O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
02.07.2019

YOSHLARNING ORZU-INTILISHLARINI, ILGOR GOYA VA TASHABBUSLARINI ROYOBGA CHIQARISH YUKSAK BOSQICHGA KOTARILMOQDA

Poytaxtimizdagi «Humo arena» sport saroyida 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib otdi.

Unda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, turli sohalarda ulkan yutuqlarni qolga kiritib, yurtimiz shuhratini dunyoga tanitayotgan, har jabhada faol yoshlar qatnashdi.

Prezidentimizning Ozbekiston yoshlariga yollagan bayram tabrigini Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva oqib eshittirdi.

Tabrikda yoshlarning orzu-intilishlari, ilgor goya va tashabbuslarini royobga chiqarish maqsadida boshlangan ishlar nafaqat izchil davom ettirilishi, balki yangi, yanada yuksak bosqichga kotarilishi alohida takidlandi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi orinbosari Ozbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxojayev davlatimiz rahbarining gamxorligi tufayli bugungi yoshlar zamonaviy bilim va taraqqiyot choqqilarini egallab, innovatsion tashabbuslari, gayrat-shijoati, erishayotgan yutuqlari bilan Vatanga munosib, sadoqatli farzandlar bolib yetishayotganini qayd etdi.

Mamlakatimiz yoshlarini qollab-quvvatlash, manan yetuk, jismonan soglom, intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni tarbiyalash boyicha yagona tizimni yaratish maqsadida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017 yil 30 iyun kuni Ozbekiston yoshlar ittifoqi qayta tashkil etilgan edi.

Otgan vaqt davomida bu yangi tuzilma mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qilib, yigit-qizlarning tayanchiga aylanib ulgurdi.

Bunda, albatta, tizimga doir qabul qilingan meyoriy-huquqiy hujjatlar muhim omil bolmoqda. Aytish joizki, keyingi ikki yilda qabul qilingan 3 ta qonun, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari asosida Bosh vazir, hududlarda esa hokimlar raisligida Yoshlar masalalari boyicha idoralararo kengashlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari boyicha komissiya va Yoshlar klubiish boshladi.

Yoshlar ittifoqi azolari 7 million 680 mingdan, Kamalakbolalar tashkiloti azolari esa 3 million 600 mingdan ortdi.

Otgan davr davomida tashkilot tomonidan yoshlar manfaatlarini himoya qilish, huquqiy ongini oshirish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, bandligini taminlash, yigit-qizlarni yuqori lavozimlarga tayinlash, yosh oilalarni moddiy qollab-quvvatlash, yoshlarning qobiliyatlarini royobga chiqarish, imkoniyati cheklanganlarga komak berish borasida samarali loyihalar tashkil etildi.

Yoshlar ittifoqi qoshida turli yonalishlarda 26 tashkilot tuzilib, samarali faoliyati yolga qoyildi. Respublika yosh ijodkorlar, yosh olimlar, yosh fermerlar kengashlari, Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat korsatish, Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazlari, Yoshlar nashriyot uyi kabi tashkilotlar bugungi kunda yigit-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Mamlakatimizda olib borilayotgan xalq bilan muloqot doirasida Yoshlar qabulxonalaritashkil etilib, otgan vaqt mobaynida 16,5 mingga yaqin murojaat yuzasidan koplab muammolar hal qilindi.

Yigit-qizlarning biznes loyihalari uchun Yoshlar kelajagimiz jamgarmasi tomonidan bugungi kunga qadar 692 milliard 400 million somlik imtiyozli kreditlar ajratilib, 25 mingga yaqin yangi ish orni yaratildi, respublikamiz boyicha 125 ta Yoshlar mehnat guzari, 19 ta Yosh tadbirkorlar kovorking markazi foydalanishga topshirildi.

Yoshlar ittifoqining faol azolarini imtiyozli asosda oliy oquv yurtlariga qabul qilish va shunday talabalarga shartnoma pulining 35 foizini, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga 50 foizini tolab berish, yosh oilalarga uy olish uchun 20 yillik muddatga imtiyozli kredit berish tizimi yolga qoyilgan. Tizimda faoliyat yuritayotgan 242 xodimga imtiyozli kredit asosida avtomobillar berildi.

Yoshlar bandligini taminlashning ilgor tajribasi sifatida 190 kasb-hunar kolleji negizida Yoshlar markazlaritashkil etilib, 26 yonalishda til va kasb-hunarga orgatish boyicha bepul togaraklar faoliyati yolga qoyildi. Bugungi kunda mazkur togaraklarda 80 mingga yaqin yigit-qiz bilimini mustahkamlab, kasb-hunar egallamoqda. Ushbu togarak azolari orasida boquvchisini yoqotgan, uyushmagan, IIB idoralarida royxatda turuvchi, imkoniyati cheklangan, kam taminlangan oila farzandlari va boshqalar bor. Shuningdek, chet davlatlarga ishlash uchun borish istagida bolgan yoshlar uchun rus tili, ingliz tili va xorijiy davlatlarning mehnat qonunchiligi boyicha 209 bepul togarak tashkil etilgan.

Tuzilma yoshlar ortasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni keskin kamaytirish, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida Qonun va adolat ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar prinsipi asosida faoliyat yuritib kelmoqda. 2019 yil may oyi holatiga kora, hamkorlikda amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar natijasida soglom turmush tarziga qaytganligi uchun 6 ming 383 voyaga yetmagan va 2 ming 944 ota-ona ichki ishlar idoralari profilaktik hisobidan chiqarildi.

Joriy yilning otgan davrida yoshlar jinoyatchiligi 2018 yilga nisbatan 37 foizga kamaygani, adashib xato yolga kirgan, oz qilmishidan chin dildan pushaymon bolgan 599 nafar shaxs Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida sud zalidan ozod qilinib, ularga yengil jazo turi tayinlangani jamiyatimizda kechirimlilik, mehr-oqibat va ozaro ishonch muhitini kuchaytirish yolidagi yangi qadamdir.

Bundan tashqari, otgan ikki yil davomida yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarini hal etish maqsadida Hokim va yoshlar, Prokuror va yoshlar, Sud va yoshlar, Deputat va yoshlar mavzularida ochiq muloqotlar otkazilib, yigit-qizlarning muammolari ijobiy hal etildi.

Yosh avlodning sport bilan muntazam shugullanishi uchun yaratilgan sharoitlar ham bugun ozining amaliy natijasini bermoqda. Buning tasdigini yosh sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, 520 oltin, 544 kumush, 588 bronza medaliga sazovor bolganida ham korish mumkin.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning mazmuni va ahamiyatini yoshlarimiz chuqur tushunib, uni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Ozbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi hisobidan 10 milliard som mablag ajratilib, Yoshlar kutubxonasi rukni ostida 47 nomdagi jami 470 ming dona badiiy kitob nashr etildi va respublikadagi barcha maktablar, tashkilotning mahalliy kengashlariga bepul tarqatildi.

Yoshlarda kitobxonlik konikmalarini shakllantirish, ularda kitobga bolgan mehrni uygotish maqsadida 2 marotaba Yosh kitobxon respublika tanlovi otkazildi. Tanlov goliblariga jami 5 dona Prezident sovgasi Spark avtomashinasi topshirildi.

2019 yilgi mavsumda 1 million 210 mingdan ziyod yigit-qizning tanlovda ishtirok etish uchun murojaat qilgani kitobxonlikka bolgan qiziqish tobora ortib borayotganidan dalolat. Bundan tashqari, mamlakatimizning olis hududlarida ham yoshlar kitobxonligini keng targib qilish maqsadida Kochma kutubxonalar (Bibliobus) faoliyati yolga qoyildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini organish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etildi.

Institutning tashkil etilishi mamlakatda yoshlar muammolarini organish, mazkur yonalishda tahliliy va ilmiy-amaliy tadqiqotlar otkazish, istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishga qaratilgan yagona tizim yaratilishiga olib keldi.

Institutda 2017-2019 yillarda 4 oylik qayta tayyorlash kurslari orqali koplab yoshlarning malakasi oshirildi. Etiborlisi, bitiruvchilar vazirlik, idora, tashkilotlar va mahalliy hokimliklarning yuqori lavozimlarida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda institutda 55 nafar yigit-qiz tahsil olmoqda. Bundan tashqari, institutda talim muassasalaridagi, harbiy qismlardagi boshlangich tashkilot yetakchilari hamda vazirlik, tashkilot va idoralardagi yetakchilar kengashi raislari uchun 1 oylik malaka oshirish oquv kurslari tashkil etilgan.

Tuzilma xalqaro maydonda ham oz orniga ega bolmoqda. Otgan yili Ozbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi amalga oshirildi va bir qator natijalarga erishildi. Xususan, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) Yoshlar kengashining navbatdagi yigilishida Ozbekiston yoshlar ittifoqi ShHT Yoshlar kengashiga teng huquqli azo sifatida qabul qilindi.

Yoshlarni qollab-quvvatlash, turli sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan, yuqori natijalarga erishib, tengdoshlariga ornak bolayotgan yigit-qizlarni ragbatlantirish maqsadida Mard oglondavlat mukofoti va Kelajak bunyodkori medali tasis etildi.

Otgan yili vatanparvar, fidoyi yuzlab yoshlar Dostlik ordeni va Shuhrat, Kelajak bunyodkori medallari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, Ozbekiston belgisi kokrak nishoni, Ozbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti bilan taqdirlandi. Ilk bor 2018 yilda 28 nafar yigit yangi tasis etilgan Mard oglondavlat mukofotiga sazovor bolgan edi. Bugun ular safiga yana shuncha mard oglon qoshildi.

Bu mukofot Prezidentimizning, davlatimizning bizga bildirgan katta ishonchidir, dedi OzRFA Matematika instituti tayanch doktoranti Shomurod Shopolatov. Albatta, Vatan taraqqiyotiga xizmat qilishdek burchimizni sharaf bilan ado etishda shunday yuksak etibor bizga kuch-quvvat baxsh etadi, yangi marralar sari undaydi, ilhomlantiradi.

Tadbirda taniqli sanat ustalari, yosh xonandalar ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.

Xurshid QODIROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: