O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
02.07.2019

OZBEKISTON YOSHLARIGA BAYRAM TABRIGI

Qadrli farzandlarim!

Siz, aziz o‘gil-qizlarimni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni yurtimizda keng nishonlanayotgan Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Ushbu qutlug ayyomda barchamiz yoshlik inson umrining naqadar gozal va begubor fasli, ulkan orzu-umidlar, beqiyos imkoniyatlar davri ekanini yanada chuqur his qilib, siz, navqiron farzandlarimizga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Otgan qisqa davrda jamiyatimiz hayotidan mustahkam orin egallagan bu bayram davlatimiz, xalqimiz oz farzandlarining baxti va kamoli uchun hech narsani ayamasligini, mamlakatimiz yoshlari ham Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilishni oz hayotining mazmuni deb bilishini yaqqol ifoda etmoqda.

Haqiqatan ham, yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash yurtimizda davlat siyosati darajasiga kotarilib, doimo etiborimiz markazida bolib kelmoqda. Buni keyingi ikki yilda shu sohaga oid 3 ta qonun, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining onlab farmonlari, qaror va farmoyishlari qabul qilingani hamda shu asosda ulkan ishlar amalga oshirilgani ham yaqqol tasdiqlaydi.

Jumladan, Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri, hududlarda esa hokimlar raisligida Yoshlar masalalari boyicha idoralararo kengashlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari boyicha komissiya va «Yoshlar klubi» ish boshladi.

Yigit-qizlarimizning biznes loyihalari uchun Yoshlar – kelajagimiz jamgarmasi tomonidan bugungi kunga qadar 692 milliard 400 million somlik imtiyozli kreditlar ajratilib, 25 mingga yaqin yangi ish orni yaratilgani, respublikamiz boyicha 125 ta Yoshlar mehnat guzari, 19 ta Yosh tadbirkorlar kovorking markazi foydalanishga topshirilgani ayniqsa etiborlidir.

Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi bogchalar, maktablar, oliy oquv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, madaniyat va sport inshootlari, Temurbeklar maktabi, Prezident maktablari, Ijod maktablari deb nom olgan mutlaqo yangi namunadagi talim maskanlari bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bolgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Keyingi paytda umumxalq harakatiga aylanib borayotgan besh ijobiy tashabbusning mazmuni va ahamiyatini yoshlarimiz chuqur tushunib, uni amalga oshirishda faol ishtirok etayotganini biz albatta yuksak baholaymiz. Bu yonalishda amalga oshirilayotgan katta qurilish va obodonchilik ishlari bilan birga, Yoshlar kutubxonasi turkumidagi 470 mingta badiiy adabiyot respublikamizdagi barcha maktablar hamda Yoshlar ittifoqining mahalliy kengashlariga bepul tarqatilgani muhim ahamiyatga ega.

Yosh avlodning sport bilan muntazam shugullanishi uchun yaratilgan sharoitlar ham bugun ozining amaliy natijasini bermoqda. Buning tasdigini yosh sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, 520 ta oltin, 544 ta kumush, 588 ta bronza medaliga sazovor bolganida ham korish mumkin.

Azmu shijoatli, navqiron yigit-qizlarimizning oz sohasida, jamoat ishlarida erishayotgan yutuqlarini munosib ragbatlantirishga davlatimiz tomonidan katta ahamiyat berilmoqda.

Masalan, otgan yili ana shunday vatanparvar, fidoyi yuzlab yoshlarimiz Dostlik ordeni va Shuhrat medali, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, Kelajak bunyodkori medali, Ozbekiston belgisi kokrak nishoni, Ozbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti bilan taqdirlandi. Yana 28 nafar azamat yigitimiz yangi tasis etilgan Mard oglon davlat mukofotiga sazovor boldi. Bugun ularning saflariga yana bir guruh faol yoshlarimiz qoshilayotgani barchamizni quvontiradi.

Aziz farzandlarim!

Yoshlarimiz ortasida soglom turmush tarzini mustahkamlash, ayniqsa, ularning qariyb 50 foizini tashkil etadigan qiz bolalarni hayotga tayyorlash, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, oilaviy ajrimlar, osmirlar orasida jinoyatchilik holatlarining oldini olish dolzarb vazifa bolib qolmoqda.

Joriy yilning otgan davrida yoshlar jinoyatchiligi 2018 yilga nisbatan 37 foizga kamaygani, adashib xato yolga kirgan, oz qilmishidan chin dildan pushaymon bolgan 599 nafar shaxs Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida sud zalidan ozod qilinib, ularga yengil jazo turlari tayinlangani jamiyatimizda kechirimlilik, mehr-oqibat va ozaro ishonch muhitini kuchaytirish yolidagi yangi qadamdir.

Biz yoshlarning mamlakatimiz hayotidagi demokratik jarayonlarda faol ishtirok etishiga, ularning siyosiy va ijtimoiy salohiyatini oshirishga alohida etibor qaratishimiz lozim.

Bu borada oz saflarida 7 million 680 ming azoni birlashtirgan Yoshlar ittifoqi tomonidan joylarda olib borilayotgan ishlarni etirof etgan holda, ularni yanada kuchaytirish zarurligini takidlash joiz. Ayniqsa, bu yil mamlakatimiz parlamenti va mahalliy kengashlarga boladigan saylovlarda chuqur bilim, qatiy grajdanlik pozitsiyasiga ega bolgan yoshlarimiz faol qatnashib, vakillik organlarida munosib orin egallasa, bu nafaqat yosh avlodning, balki butun xalqimiz manfaatlarini taminlashga katta hissa bolib qoshiladi.

Qadrli yosh dostlarim!

Bugungi notinch va tahlikali zamonda yoshlarning ongi va qalbini egallashga qaratilgan turli xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotganini barchangiz yaxshi bilasiz. Ularga qarshi kurashishda xalqimizning boy tarixi va madaniyati, buyuk ajdodlarimiz jasorati, jonajon Ozbekistonimizning milliy manfaatlari biz uchun kuch-qudrat manbai bolib xizmat qiladi.

BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Ozbekiston tomonidan Yoshlar huquqlari togrisidagi konvensiyani ishlab chiqish tashabbusi ilgari surilgani jaholatga qarshi marifat tamoyili asosida olib borayotgan keng kolamli ishlarimizning uzviy bir qismi bolib, u yer yuzidagi ikki milliarddan ziyod yoshlarning haq-huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga egadir.

Biz Ozbekistonning buyuk kelajagini barpo etishga mahkam bel boglagan ekanmiz, bu ulug ishni ertaga emas, bugun boshlashimiz, buning uchun avvalo navqiron yoshlarimizga zarur sharoitlarni aynan bugun yaratib berishimiz kerak.

Shu munosabat bilan sizlarni ishontirib aytmoqchiman: biz yoshlarning orzu-intilishlari, ilgor goya va tashabbuslarini royobga chiqarish maqsadida boshlagan ishlarimizni nainki davom ettiramiz, balki ularni yangi, yanada yuksak bosqichga kotaramiz.

Aziz ogil-qizlarim!

Bugun biz oz oldimizga qoygan ulkan va masuliyatli vazifalar butun xalqimiz kabi sizlardan ham har tomonlama katta tayyorgarlik va safarbarlikni talab etmoqda.

Ishonchim komil, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot choqqilarini egallab, oz amaliy ishlaringiz, gayrat-shijoatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bolasiz.

Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, shaxsiy va ijtimoiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.

Shavkat MIRZIYOYEV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: