O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
25.06.2019

JINOYAT SODIR BOLDI!..

Ko‘knor yetishtirganlar

2019 yil 6 iyun kuni otkazilgan «Qoradori — 2019» keng qamrovli tadbir davomida Koson tumani Bunyodkor mahallasida yashovchi 18 yoshli A.B. 9 dona koknor boshogini 400 ming somga sotayotgan vaqtida ushlangan. Uning otasi B.X.ning hovlisidagi yer maydonida koknor osimligini yetishtirayotganligi aniqlanib, uyidan jami 592,07 gr. koknor xashagi, 0,47 gr. opiy, 62,2 gr. koknor osimligi urugi va 7 kg. 466 gr. koknor osimligi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan B.X. va A.B.larga nisbatan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oz farzandini sotmoqchi bolgan ayol

Shu yil 17 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 23 yoshli S.I. va rasmiy nikohsiz rafiqasi 26 yoshli G.T. bilan ozaro jinoiy til biriktirib, ayol 2018 yil 26 oktabrda tugilgan oglini Uchtepa tumanida joylashgan Jiz-Biz kafesida tanishi 27 yoshli S.I. ismli ayolga 9 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tenderda yutishni va’da qilib...

Joriy yilning 20 iyun kuni Toshkent shahar IIBBga tushgan hujjatlarga kora, 2017 yil 1 mart kunidan 2018 yil 1 mart kunigacha bolgan vaqt oraligida Toshkent shahrining M.Ulugbek tumanida yashovchi 43 yoshli Sh.H. xorijiy kompaniya Lebstroy MChJ nomidan ish korayotgan 38 yoshli A.L.ga jami 3.116.893 AQSh dollari miqdorida elektrlashtirish sohasida ishlatiladigan metall konstruksiyalar yetkazib berish boyicha tenderda yutib chiqish va har qanday muammolarni hal qilib berish evaziga, undan jami 296.163,77 AQSh dollarini olib, bergan vadasini bajarmay kelganligi aniqlanganligi korsatilgan. Sh.H. ushlangan.

Holat yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avtomashinani olib qochgan maktab oquvchilari

21 iyun kuni soat 1:00 larda Jizzax shahri M.Ulugbek mahallasi hududida joylashgan Jizzax temir yol vokzali avtoturargohida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Neksiya rusumli avtomashinani nomalum shaxslar haydab qochgan.

Qidiruv ishlari natijasida avtomashina Sh.Rashidov tumani Yangi hayot MFY hududidan otuvchi Jizzax Forish yolining 24-kilometrda texnik soz holda topilgan.

Korilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sh.Rashidov tumani Ravalliq mahallasida yashovchi, 11-sonli orta maktabning ikki nafar 9-sinf oquvchilari O.A. va N.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Holat yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nilufar TORAXONOVA,

Ozbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi katta inspektori, leytenant.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: