O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
18.06.2019

PENSIYA BORASIDAGI MUAMMOLAR MAMURIY SUDLARDA KORILADI

Hozirgi paytda Ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqayotgan, xususan, davlat boshqaruvi organlarining, mamuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish bilan bogliq ishlar korib chiqilib, fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklanmoqda.

Tahlillarga kora, mamuriy sudlar tomonidan korilgan ishlarning aksariyatini transport vositalarini qonunga xilof ravishda boshqarish bilan bogliq, shuningdek, mayda bezorilik, ichki ishlar idoralari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, pasport tizimi qoidalarini buzish va mutasaddilar tomonidan pensiya miqdorini belgilash bilan bogliq huquqbuzarliklar tashkil etadi.

Yashirishning hojati yoq, pensiya yoshidagi yuzlab fuqarolarimiz qonun hujjatlari orasidagi nomuvofiqliklar tufayli oz ish stajlarini tasdiqlata olmay sarson bolayapti. Bunga Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasining joylardagi bolimlari mutasaddilari tomonidan aksariyat hollarda fuqarolarning pensiya miqdorini hisob-kitob qilishda turli chalkashliklarga yol qoyayotgani sabab bolmoqda.

Yaqinda Toshkent shahar Yashnobod tuman mamuriy sudi tomonidan fuqaro A.Abduqayumovning Pensiya jamgarmasi Toshkent shahar Yashnobod tuman bolimi tomonidan unga pensiya tolash rad qilingani haqidagi arizasi korib chiqildi. Unga kora, A.Abduqayumov 1988 yildan 1994 yilga qadar «RITsA» kooperativida, 1994 yildan 1999 yilga qadar Olmos-92 MChJda ishlagan. Lekin oylik ish haqini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilolmagan. Ana shu muddat etiborga olinmagani uchun unga pensiya bolimining qarori bilan pensiya tayinlash rad etilgan.

Sud majlisida A.Abduqayumov yuqorida nomlari korsatilgan korxonalarda haqiqatan ham ishlaganligini, buni mehnat daftarchasidagi yozuvlar hamda guvohlar tasdiqlashini, mehnat daftarchasining asl nusxasi tolib ketganligi uchun osha davrlarda mehnat daftarchasining dublikati rasmiylashtirilganligini, lekin pensiya jamgarmasi ushbu holatni inobatga olishdan asossiz bosh tortganini bildirdi.

Arizachi pensiya jamgarmasiga mazkur davrni inobatga olgan holda mehnat stajiga qoshish masalasini qayta korib chiqish majburiyatini yuklatishni soradi.

Sud majlisida Pensiya jamgarmasi Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bolimi vakili M.Nazirova oz korsatmasida fuqaro A.Abduqayumov yuqorida nomlari korsatilgan korxonalarda haqiqatan ham ishlaganligi haqidagi hujjatlar arxiv saqloviga topshirilmaganligi uchun ularni tekshirishning imkoni bolmaganligini, hujjatlar topilgunga qadar ushbu davrlar mehnat stajiga qoshib hisoblanmaganini bildirdi.

Sud majlisida guvoh sifatida soralgan Ye.Nikonova, A.Gulomovlar haqiqatan ham A.Abduqayumov RITsA kooperativida, keyinchalik Olmos-92 MChJda ishlagani haqida korsatma berdi.

Mehnat kodeksining 282-moddasiga asosan, barcha xodimlar davlat yoli bilan ijtimoiy sugurta qilinishi lozim bolib, davlat ijtimoiy sugurtasiga badallar ish beruvchilar, shuningdek, sugurtalangan xodimlarning ozlari tomonidan tolanadi.

Shunga kora, mamuriy sud tomonidan fuqaro A.Abduqayumovning Pensiya jamgarmasi Toshkent shahar Yashnobod tuman bolimi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlariga nisbatan keltirgan shikoyat arizasi qanoatlantirildi.

Zuhriddin IRSALIYEV,

Yashnobod tuman mamuriy sudi raisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: