O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.06.2019

XAVFSIZ TURIZM XODIMLARIGA RUS VA INGLIZ TILINI BILISH TALABI QOYILADI

Milliy matbuot markazida Ichki ishlar vazirligi tomonidan «Xavfsiz turizm» konsepsiyasi hamda ichki ishlar organlari xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘limlarining turizm namoyishi obektlarida va infratuzilmasi hududida turistlar xavfsizligini taminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida matbuot anjumani otkazildi.

— Mamlakatimizda turistik salohiyatni yuksaltirish, turistlar oqimini kopaytirish, shuningdek, ularga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish maqsadida 2017 yil 23 noyabrda Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq turistlar oqimi yuqori bolgan Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida 2018 yil 1 yanvardan boshlab xavfsiz turizmni taminlash boshqarmalari tashkil qilindi, deydi Ichki ishlar vazirligi xavfsiz turizmni taminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligi Abdurashid Alisherov. Unga tanlov asosida bir nechta xorijiy tillarda erkin sozlasha oladigan, kasbiy jihatdan yetuk hamda yuksak muomala madaniyatiga ega xodimlar jalb qilindi. Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIBlarining xavfsiz turizmni taminlash bolinmalari tomonidan joriy yilning 5 oyi davomida 47 davlat va xalqaro tashkilotlardan tashrif buyurgan 313 delegatsiyani kutib olish, ularning xavfsizligini taminlash va kuzatish bilan bogliq tadbirlar tashkil etildi. Bundan tashqari, bolinma xodimlari tomonidan turli masalalarda yordam soragan 23 mingdan ortiq xorijiy va mahalliy turistlarning murojaatlari korib chiqilgan va ularga kerakli yordam korsatilgan.

Shuningdek, turistlarga nisbatan sodir etilishi mumkin bolgan jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholining madaniyati va mehmondostlik fazilatlarini yuksaltirish maqsadida bolinmalar tomonidan 2 ming 709 profilaktik tadbir otkazilgan.

Turistlarga qoshimcha qulayliklar yaratish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish masalalari yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarga 105 taklif va taqdimnomalar kiritilgan, ularning 18 tasi ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlariga, 42 tasi mahalliy hokimiyat organlariga, 45 tasi boshqa davlat organ va tashkilotlariga yuborilgan.

Bundan tashqari, xavfsiz turizmni taminlash bolinmalari tashkil etilgan hududlarda turistlar tomonidan yoki ularga nisbatan birorta ham jinoyat sodir etilishiga yol qoyilmagan.

– Prezidentimizning Transport va turizm obektlarida jamoat xavfsizligini taminlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga muvofiq turistik salohiyati yuqori bolgan Toshkent, Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrining ichki ishlar organlari tarkibida ham xavfsiz turizmni taminlash bolinmalari tashkil qilindi, deydi Ichki ishlar vazirligi xavfsiz turizmni taminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh inspektori, polkovnik Sarvarbek Usmonov. Shuningdek, yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun barcha boshqarmalar zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlandi. Jumladan, alohida belgilari bilan ajralib turuvchi avtobus, yengil xizmat avtomashinalari, mototsikl, skuter, segvey hamda planshetlar bilan taminlangan.

Jurnalistlar savol berishdi:

Xavfsiz turizmni taminlash boshqarmalariga bir nechta xorijiy tillarda erkin sozlasha oladiganlar jalb qilinadi, deganda nechta tilni bilish nazarda tutilgan?

Ushbu savollarga Ichki ishlar vazirligi xavfsiz turizmni taminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligi Abdurashid Alisherov javob berdi.

MDH davlatlaridan kelayotgan turistlarning barchasi rus tilini bilishlari tufayli bizning xodimlarimiz avvalo rus tilini mukammal bilishlari kerak, deb hisoblaymiz. Bu yurtimizga kelayotgan turistlarda xodimlarimiz haqida ijobiy imidjni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, turizm politsiya xodimlari butun dunyoda universal til hisoblangan ingliz tilida ham gapirishni bilishi kerak. Turistlarda savol yoki muammo paydo bolgan hollarda xodimlar ular bilan bemalol gaplashib muammoni tezda bartaraf etishga yordam beradi.

Bundan tashqari, xitoylik turistlar soni ham yildan yilga kopayib bormoqda. Kelajakda respublikamizga kelayotgan xitoylik sayyohlar oqimi oshishi kutilayotgani munosabati bilan xitoy tilini biladigan xodimlarimiz sonini ham kopaytirish rejasi bor. Bir soz bilan aytganda, mazkur boshqarmalarning asosiy vazifasi turistlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taminlash, ularning hayoti, sogligi va mol-mulkini turli jinoiy tajovuzlardan himoya qilish, yordamga muhtoj sayyohlarga tezkor va sifatli yordam korsatishdan iborat.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: