O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
18.06.2019

MADANIY-TARIXIY MARKAZLAR BILAN TANISHUV

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid mamlakatimiz madaniy-tarixiy markazlari bilan tanishish maqsadida 16 iyun kuni O‘zbekistonga keldi.

«Buxoro» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri orinbosari A.Abduhakimov, Buxoro viloyati hokimi O.Barnoyev kutib oldi.

Muhammad Abdul Hamid Buxorodagi Ark qal’asi, Poyi Kalon majmuasi, Labi Hovuz ansamblida bolib, qadim kentning rivojlanish tarixi bilan yaqindan tanishdi, Bahouddin Naqshband tarixiy majmuasini ziyorat qildi.

— Mazkur obidalar xalqingizning boy otmishidan dalolat. Qadim tamaddun ochogi, dunyo ilm-fani rivojiga hissa qoshgan ulug allomalar diyori bugun ham madaniyat va marifat maskani bolib qolmoqda, dedi Muhammad Abdul Hamid.

Bangladesh Prezidenti 17 iyun kuni poytaxtimizdagi Hazrati Imom majmuasida boldi.

Mehmonga Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon va Moyi Muborak madrasalari, Tilla Shayx, Namozgoh masjidlari tarixi, hududda amalga oshirilayotgan keng kolamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, xususan, Toshkent shahridagi Ozbekiston islom sivilizatsiyasi markazi haqida malumot berildi.

Oliy martabali mehmon Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida islom dinini organish, uning asl insonparvarlik goyalarini keng yoyish borasida olib borilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.

Muhammad Abdul Hamid Temuriylar tarixi davlat muzeyida Sohibqiron va uning avlodlari haqida hikoya qiluvchi rang-barang eksponatlar bilan ham tanishdi. Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.

Bangladesh Prezidenti Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “UZTEX GROUP” masuliyati cheklangan jamiyatida boldi.

2009 yilda ishga tushirilgan mazkur korxonada paxtadan matolar, tayyor toqimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yiliga 7 ming tonna ip-kalava tayyorlanadi. Korxona mahsulotlari juda xaridorgir bolib, asosiy qismi Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogiston kabi davlatlarga eksport qilinadi. Kelgusida Bangladeshga ham yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Oliy martabali mehmon bu yerdagi zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarish, qadoqlash va eksportga yonaltirishgacha bolgan jarayon bilan tanishdi.

Iqtisodiyotning barcha jabhalarida, xususan, toqimachilik sohasida hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishdan manfaatdormiz, dedi Bangladesh Prezidenti.

Muhammad Abdul Hamidning mamlakatimizga tashrifi davom etmoqda.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: