O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
18.06.2019

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING OSIYODA HAMKORLIK VA ISHONCH CHORALARI BOYICHA KENGASHNING BESHINCHI SAMMITIDAGI NUTQI

(Dushanbe shahri, Tojikiston Respublikasi, 2019 yil 15 iyun)

Muhtaram Emomali Sharipovich!

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Xonimlar va janoblar!

Tojikiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Emomali Rahmonga Sammitni yuksak darajada tashkil etgani uchun alohida minnatdorlik izhor qilmoqchiman.

Bugungi kunda Kengash Osiyoda umumiy va bo‘linmas xavfsizlik hududi yaratish uchun nufuzli xalqaro platforma hisoblanadi.

Hurmatli Sammit ishtirokchilari!

Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimi tobora ortib borayotgan beqarorlik va kutilmagan hodisalar bilan izohlanadi.

Ulkan iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega Osiyo qit’asi mamlakatlari jiddiy xatarlarga duch kelmoqda.

Bu, avvalo, ekologiya, demografiya, migratsiya, hayot va talim darajasi pastligi muammolaridir. Ular ijtimoiy nizolarning asosiy manbai, ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishi uchun sharoit yaratadigan muhitdir. Ayniqsa, yoshlar ortasidagi radikallashuv jarayoni tashvish uygotadi.

Biroq eng muhimi, bugungi kunda jahon ishonch inqiroziga yuz tutmoqda. Zero, mamlakatlar va xalqlar ortasidagi ishonch xavfsizlik va barqarorlikning eng muhim shartidir.

Barchamiz jahon kuch markazlari ortasida raqobat kuchayib borayotganining guvohi bolmoqdamiz. Boz ustiga, ayrim ekspertlar, u hatto oshkora qurolli toqnashuvga aylanib ketish ehtimolini ham inkor etmaydi.

Eng dahshatlisi, jamoat ongida ushbu global xatarning ulkan xavfini his qilish susayib bormoqda.

Nazarimizda, ishonch inqirozini bartaraf etish va xavfsizlikni mustahkamlash yolida, birinchi navbatda, inson kapitalini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish zarur.

Shu munosabat bilan ozaro hurmat va jamoaviy masuliyatga asoslangan kengashimiz faoliyati har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Osiyoda ishonch muhiti va xavfsizlikni yanada mustahkamlash uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim.

Birinchidan, Afgonistondagi vaziyatni tartibga solish Osiyo mintaqasidagi barqarorlikning muhim omili hisoblanadi.

Biz tinchlikka erishishga qaratilgan har qanday formatdagi muzokaralarni qollab-quvvatlaymiz.

Bu borada Rossiya, Xitoy va Qoshma Shtatlar ishtirokida Afgoniston boyicha uch tomonlama uchrashuvlar natijalarini mamnuniyat bilan qayd etamiz.

Afgonistonda tinchlik ornatish va ushbu mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish butun mintaqa uchun yangi strategik imkoniyatlar yaratishini alohida qayd etmoqchiman.

Ikkinchidan, yoshlar salohiyatini royobga chiqarish uchun qulay sharoit yaratish, ularning radikallashuviga qarshi kurashish va sifatli talim olish imkoniyatlarini kengaytirish ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Bizning tashabbusimiz bilan BMT Bosh Assambleyasining «Marifat va diniy bagrikenglik» rezolyutsiyasi qabul qilingan, shuningdek, Yoshlar huquqlari togrisidagi xalqaro konvensiya ishlab chiqilmoqda.

Biz fan, talim sohalari va madaniy-gumanitar yonalishdagi hamkorlikning muvofiqlashtiruvchisi bolishga tayyormiz. Xalq diplomatiyasi doirasidagi aloqalarni, jumladan, turizm boyicha forumlarni tashkil etish orqali faollashtirishni muhim deb hisoblaymiz. Shubhasiz, bu xalqlarimiz ortasidagi ishonch va ozaro anglashuvning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Uchinchidan, dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash, marifat va madaniyatlarni ozaro boyitish masalalari boyicha tizimli muloqotni yolga qoyishni taklif qilamiz.

Xususan, Toshkentdagi Ozbekiston islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buning uchun samarali platforma bolib xizmat qilishi mumkin.

Tortinchidan, ozaro iqtisodiy aloqalar va mintaqaviy savdoni rivojlantirish borasidagi say-harakatlarni kuchaytirish lozim.

Bunda, avvalo, butun mintaqaning tranzit va iqtisodiy salohiyatini toliq royobga chiqarish imkonini beradigan ustuvor infratuzilma loyihalari haqida soz bormoqda.

Beshinchidan, sheriklikni biznes darajasida rivojlantirish barqaror iqtisodiy taraqqiyot drayveri hisoblanadi.

Hamkorlik konsepsiyasiga muvofiq, ushbu sohada Kichik biznes boyicha mintaqaviy forum tasis etishni taklif qilamiz.

Va nihoyat, bugungi kunda tobora keskin tus olayotgan ekologik xatarlar ham xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga jiddiy tahdiddir. Orol muammosi global miqyosdagi ekologik va gumanitar halokatdir. U allaqachon Orolboyi aholisi genofondi, hayoti va sogligi bilan bogliq ayanchli oqibatlarga olib keldi.

Orol inqirozi oqibatlarini bartaraf etish uchun say-harakatlarni birlashtirish lozim, deb hisoblaymiz.

Ayni shu maqsadda Ozbekiston tashabbusi bilan BMT shafeligida donorlik mablaglarini jalb qilish va Orolboyi mintaqasida aniq loyihalarni amalga oshirish uchun kop sheriklik asosidagi Trast fondi tashkil etildi.

Muhtaram delegatsiyalar rahbarlari!

Hurmatli Kengash ishtirokchilari!

Barchamiz xavfsizlik — yaxlit tushuncha va ishonch esa uning fundamental asosi ekanini yaxshi anglaymiz.

Bu borada Osiyo mintaqasidagi hamkorlikning mavjud dinamikasini saqlab qolish muhim.

Hamkorlikda izlanish va ozaro manfaatli qarorlar qabul qilish tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni taminlash singari ezgu maqsadlarimizga erishish imkonini beradi.

Etiboringiz uchun rahmat.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: