O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.06.2019

DAVLAT HUQUQNI, IMTIYOZNI SOTADIMI?..

Fikrlagan, savol bergan jamiyat tez o‘sadi

Har qanday davlatning asosini xalq tashkil etishini hamma biladi. Lekin bilish boshqa, his etish umuman boshqa ekan. Kozlarimizni yumib, bir muddat tasavvur etaylik, Ozbekistondagi odamlar, ya’niki xalq bolmasa, shu yerdagi davlatning, tashkilotlar, hashamatli binolar, vakolatli muhrlarning ahamiyati ham yoq bolib ketadi. Shaharu qishloqlar, dalayu bog-roglar, ulkan zavodu korxonalar huvillab qoladi. Har qanday mamlakat va davlatning kuchi, fayzi eng avvalo odamlar bilan, albatta.

Xalq bilan muloqot tadbirlari natijasida mulozimlar real holat va haqiqatni tobora teranroq tushuna boshlagani kishiga cheksiz quvonch bagishlaydi. Oylab korsak, xalqimiz tushunish siyosatiga necha yuz yillardan beri tashna bolgan. Xonliklar davridan buyogini olib, Mustaqillikning dastlabki yillaridagi otish davri qiyinchiliklarini qoshib hisoblasak, xalqimizning turish-turmushi oson kechmagan. Bobo-buvilarimiz huquqlar ustuvorligi asosida emas, muayyan shartlar va sharoitni hisobga olgan holda ishlab, yashashga konib, konikib kelgan. Taqdir yuzma-yuz qilgan sinovli zamonlar ortda qoldi, bugun xalqimiz kuchga, iroda va fikrga tolib boryapti.

Davlatu hukumat qattiq mehnat qilayapti, muammo oz emas, ularni birin-ketin hal etish oson bolmaydi, hammasi tushunarli. Yaxshi ishlarni xalq korib, bilib turganiga shubha yoq. Albatta, faqat davlat ishlab, xalq bir chekkada qarab turgani yoq. Jon kop, (ishchi) joy kam; daromad oz, xarajat mol davrdagi turfa qiyinchiliklarni sabr-bardosh bilan yengib kelayapti.

Kichikroq tepalikka chiqish uchun ham odamga kayfiyat kerak. Vada etilayotgan buyuk kelajakka yetmoq uchun xalqqa ham, davlatga ham ishtiyoq juda zarur. Koz tegmasin: oxirgi yillarda ikki tomonda ham intilish, osish sezildi.

Lekin oxirgi haftalarda OAV, internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama etilayotgan ayrim munozarali masalalar keng jamoatchilikning kayfiyatiga tasir korsatayotgani yaqqol sezilyapti. Muhokama, etiroz va munozaralar markazida bitta asosiy savol turibdi: davlat tashkilotlari ayrim huquq va imtiyozlarni pulga sota boshladimi?..

Bu – jiddiy savol.

Bu jiddiy oylashga undaydigan savol.

Otgan hafta Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida jurnalistlar bilan muloqot bolib otdi. Unda qiziqarli, ayni paytda xarakterli savol-javoblar kuzatildi. Noqulay savollarning aksariyati fuqarolarni doimiy royxatga qoyish va avtomashina oynalarini qoraytirish masalalari bilan bogliq bolibdi. Savollar qiziq, javoblar undan ham qiziq.

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududidan yangi qurilgan kochmas mulk sotib olgan fuqarolar doimiy royxatga qoyilishi belgilangan. Faqat buning shartlari bor. Birinchi shart shundaki, yangi qurilgan uy sotib olgan, biroq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy royxatda turmagan fuqaro shartnoma pulining 5 foizini (lekin eng kam ish haqi (EKIH)ning 10 barobaridan kam bolmagan miqdorda) tolashi kerak. (Ushbu hududlarda doimiy royxatda turgan fuqaro asosan EKIHning 1 barobarini tolaydi). Shuningdek, xarid qilingan yangi uyni uch yil ichida sotishga qaror qilinsa, Toshkent (shahar va viloyat)da doimiy royxatdan otgan fuqaro EKIHning 1 barobari miqdorida, boshqa hududlardan kelgan fuqarolar esa 400 barobari miqdorida boj tolashi qayd etilgan.

Jurnalistlar IIV vakillaridan Ozbekiston fuqarolari uchun ikki xil bojlar joriy etilishi sabablarini soragan. IIV vakillari bu savolni parlamentga yoki hukumatga berishni tavsiya qilgan.

Bunday qarorni Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan, bunga bizning aloqamiz yoq. Biz ijro etuvchi organmiz. Hukumat qanday qaror qabul qilishidan qati nazar, bajarishga majburmiz. Bunday savollar bilan qonun chiqaruvchi organga yoki Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilishingiz kerak, bizga emas, deya fikr bildirgan IIV boshqarma boshligi.

Doimiy royxat, yani «propiska» masalasi hamon eng kop etiroz bildiriladigan mavzu bolib qolyapti. Aslida tortishadigan masalaning ozi yoq, bu boradagi taqiq insonning eng oliy huquqlariga xavf solib turibdi. Savollar ochiq, ularga parlament va hukumat javob berishi kerak. Insonning ustuvor huquqlari nozik masala, davlatga nisbatan xalqaro hamjamiyat munosabatining kayfiyatiga tasir korsatadigan masala. Yaniki, javob berilmaguncha, bu mavzudagi savollar ochiq turaveradi...

Osha muloqotda yana bir mavzu avtomashinalarning orqa oynalarini qoraytirish, yani orqa orindiqlarni quyosh issigidan tosish masalasi ham kotarilibdi. Bolalar orqa orindiqlarda otiradi, maktab, bogcha, jazirama kunlardagi boshqa turli safarlar vaqtida mashina saloniga togridan-togri tushadigan issiq nurdan qiynaladi. Shuni hisobga olib, jamoatchilik avtomashinalarning orqa orindiqlarini soyalatish, yani oynalarni kamroq foizda qoraytirishga ruxsat berilishini soragan edi. Bunga ruxsat berildi, lekin juda katta haq — 16 million som evaziga. Buning manosi shunday boldiki, puli kopga mumkin, puli kamroqlarga yoq. Bu tartib ham keng jamoatchilikning etirozidagi masala bolib turgandi. IIV vakilining bir fikri munozaralarni yanada qizitib yubordi.

Ruxsatnoma olmasdan tonirovka qilganlik uchun jarima miqdori keskin oshirilishidan maqsad nima ekani haqidagi savolga IIV vakili biz bilmaymiz-ku, oynasini ruxsatnoma olmasdan qoraytirib olgan haydovchi qayerda nima ish qilib yuribdi. Kopchiligining maqsadi boshqa bolishi mumkin, degan mazmunda javob beribdi. Taajjub! Undan kelib chiqdi, ruxsatnoma bilan oynasi qoraytirilgan avtomashinaning orqa orindigida kim nima ish qilayotganini IIV xodimlari korib, bilibturar ekan-da?.. 16 million tolamagan bir fuqaro shuncha pulni tolagan boshqa fuqaroga nisbatan shubhaliroqmi shunda? Pul tolasangiz, farzandingiz, oila azolaringiz jazirama paytda mashinada soyada otirsin, pul tolamasangiz, ozingiz bilasiz. Yani, soya pul turadi. Aslida mumkin emas, lekin kop pul tolasangiz, marhamat!, degan manolar chiqmayaptimi bundan?..

Bu masala boyicha ayrim fikr bildiruvchilar har xil qoidalarni oylab topishdan, joriy etishdan kozlanayotgan asosiy maqsad byudjetga muayyan tashkilot nomidan koproq pul tushirish, shu orqali yaxshi korinishga urinish, idoraviy manfaatdorlikni oshirish ekanini aytishmoqda.

Maktablarga bolalarni qabul qilish tartib-qoidalariga kiritilgan ozgartirishlar haqida turli fikrlar bildirilyapti. Ayniqsa, talabgorlar kop bolgan maktablarga boshqa hududlardan bolalarni qabul qilishda tolov joriy etilayotgani kopchilikni hayron qoldirdi. Maktabga qabul jarayonlari muammolarini pulga boglab hal qilishga urinilayotgani, bu Konstitutsiyaga zid kelayotgani etirozlarga sabab boldi.

Kunduzi avtomashinalarning yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib yurish majburiyligi haqidagi hukumat qarori ozgartirildi. Bu masalada ham etirozli mulohazalar eshitildi. Ayniqsa, kunduzi faralarni yoqib yurmaganlik uchun haydovchilarga yoziladigan jarima pullarining muayyan qismi togridan-togri IIV maxsus jamgarmalariga tushishi, bu idoraviy manfaatdorlikka olib kelishi xususida xavotir bildirildi. Togri, bu qaror bekor qilindi. Lekin yaxshi oylanmagan qoidalarni joriy etishdan idora foydasiga pul tushumini oshirish ilinjida bolingani haqidagi fikrlar millionlab kishilarning esida qoldi.

Davlatning, vazirliklarning vazifasi xalqqa xizmat qilishmi yoki odamlardan pul yigish payida bolishmi? Agar davlatning bazi tashkilotlari odamlarning qoliga qarab, xalqning chontagiga koz tikib turgan bolsa, bu uyat emasmi?..

10 iyun kuni Ozcharmsanoat assotsiatsiyasi meyoriy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga charm-poyabzal va moynali mahsulotlar sohasini rivojlantirish hamda import ornini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ragbatlantirish haqidagi hujjat loyihasini joylashtirdi. Unda mamlakatimizga import qilinayotgan oyoq kiyimlarga bojxona tolovini oshirish taklif etilgan. Bu masala boyicha ham keskin tanqidiy fikrlar bildirilyapti. Ularning manosi shunday: ozbekistonliklar shundoq ham chet eldan keltiriladigan oyoq kiyimlarni qimmatga sotib olishga majbur bolyapti. Bojxona tolovlari, olibsotarlar qoyayotgan katta ustamalar narxni keskin oshirib yuboryapti. Shunga qaramay, xaridorlar olishga majbur. Chunki ozimizda sifatli, chidaydigan oyoq kiyimlar yetarli darajada ishlab chiqarilmaydi. Taklif etilayotgan tartib narxlarning osmonga chiqib ketishiga olib keladi.

Bazida ozroq katta ketamiz, lekin qoshni davlatlarga borsak, ularning bozorlarida kiyim-bosh, oyoq-kiyim bizdagidan arzonroq, sifatliroq boladi. Tan olish kerak, xalqimizning daromadlari hali uncha yuqori emas, biroq shu katta bolmagan daromadning asosiy qismi kiyim-kechakka, yeb-ichishga ketib qolyapti, bilimlar uchun, dunyoqarashni kengaytirish uchun, sogliqni mustahkamlash uchun pul deyarli qolmayapti. Bu esa aylanib kelib davlat ravnaqiga jiddiy tasir korsatadi. Shunday bir vaziyatda yana kiyim-kechakning narxi oshishiga yol ochish kimga kerak? Yoki xaridorlarning huquqini cheklash orqali import ornini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga imtiyoz yaratishdan kimlardir manfaatdormi?

Shunday bolgan taqdirda ham bu usul ish berishi qiyin. Sababi, ozimizda chiqayotgan mahsulotlarning sifati keskin yaxshilanmas, ishlab chiqaruvchilar oz ustida qattiq ishlamas ekan, garchi yanada qimmatlasa ham baribir import mahsulotlar xaridorlari kamayishi qiyin.

Bir qarashda bu masalalar kimgadir unchalik muhim emasdek tuyilishi, yana kimdir mamlakatda bulardan muhim masalalar kop, deb oylashi ham mumkin. Togri. Lekin jamoatchilikning kayfiyati, ishtiyoqi va ishonchiga tasir otkazishi mumkin bolgan masalalarda katta yoki kichik, degan olchovlar rol oynamaydi. Kopchilikni qiziqtirgan har qanday masala katta va jiddiydir.

Yuqorida keltirilgan barcha misollarni umumlashtiradigan bir xarakterli jihat, minglab fikrlar, muhokamalar mazmunidan anglashilayotgan dolzarb savolar bor. Savollar shunday bolyaptiki, davlat tashkilotlari huquq va imtiyozlarni sotyaptimi? Davlat byudjetiga tushumlarni kopaytirish uchun gayritabiiy uslublardan foydalanilyaptimi? Idoraviy manfaatdorlik oylanyaptimi? Bunday yondashuv hayotimizga tobora chuqur kirib kelayaptimi?.. Hozircha yakuniy xulosa chiqarish qiyin.

Fikrlayotgan, ertangi kuni haqida qaygurayotgan jamiyatdagina munozara boladi, savollar tugiladi. Savollar bolgani yaxshi. Zero, ularga bir kun baribir javob topiladi.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: