O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
11.06.2019

YOLGON SOZ KASRI

So‘zdin olukning tanida ruhi pok,

Ruh bogi tan sozdan halok.

Erining ajrashish haqida bergan arizasi boyicha sud chaqiruviga asosan mungayib yerga qarab, sud’yaning xonasiga kirib kelgan Bahoroy taklif etilgan stulga omonat otirib, song xonadagilarga zimdan koz qirini tashlar boldi. Goddayib, yoq, bezrayib, xuddiki bir ishni qoyil qilgan, endi taqdirlanishini kutib turganday bolib otirgan eri – Rahimboyga kozi tushib, gijindi.

— Rahimboy uka, Bahoroy singlim, necha yil birga yashadingizlar? Farzandlar nechta? degan sorovni eshitib, kozini yerdan uzib, xona torida, ozlariga xayrixoh qarab turgan, yoshi oltmishni qoralab qolgan erkak kishi sudyani kordi.

Eri «etti yil yashadik, ikkita farzandimiz bor», dedi xuddi sizga nima, deb pisanda qilganday.

Sudya, erining muomilasiga etibor bermay, ogil-qiz?, deb soradi. Bahoroy, erining muomalasidan xijolat bolib, astagina, bir ogil, bir qizimiz bor, deya javob berar boldi.

Shunda sudya: Ana shu ogil va qizingizning haqqi-hurmati, sizlar totuv, yaxshi yashashlaringiz lozim. Sizlar ajrashib ketsalaringiz, bolalaringizning taqdiri nima boladi, ularda nima gunoh? Bir-biringizni tushunib, ozroq yon berib yashasangizlar, olam guliston-ku, deb eriga savol nazari bilan qaradi.

Eri, torsaygan holda: Bolmaydi, bunga men kerak emasman, bu erga tegib olgan, endi yashamayman, dedi.

Erining ushbu yolgonini eshitgan Bahoroyning tomogiga nimadir tiqilib qolganday boldi, bir-ikki yutinib olib, zorga ozini bosib, erining bu gapi tuhmat ekanligini, eri keyingi yillarda, sen u bilan gaplashding, bu bilan gaplashding, u oynashing, bu oynashing, tan ol, deb holi-joniga qoymay, haqoratlab, ham uradigan odat chiqarganligini, shunda, unga achchiq qilib, Ha, erga ham tegib oldim, deb aytganini, eri shu gapini dastak qilib, bu erga tegib oldi, deyayotganini, eri tinch yashashga yol qoymasligidan, ozi uydan chiqib ketganligini bildirdi.

Shunda, sudya, har qanday oilada er-xotinning bir-birini tushunmaslik holatlari bolib turishi, bu ajrashishga sabab bolmasligi haqida gapirayotib, bunday tushunmovchiliklar, ajabmaski, sizlarning ota-onalaringizda ham bolgandir, lekin ular ajrashib ketmagan, sizlarni bagrida katta qilgan-ku deganida Bahoroy ozini toxtatib tura olmadi, har ikkalamizning ham ota-onamiz ajrashib ketishgan-da, deb yubordi.

Sudya biroz oylanib turdida, song, hop, unda sizlar shu xatoni takrorlamanglar, agar ajrashib ketsangiz, bugundan boshlab, farzandlaringizning baxtiga rahna solasiz, oglingiz yaxshi korgan qiziga uylana olmaydi, qizingiz yaxshi korgan yigitiga turmushga chiqa olmaydi, ularga ota-onasi ajrashgan, degan tamgani bosmanglar, deb nasihat qildi, ajralish oqibati nimaga olib kelishi haqida gapirdi.

Baxoroy bexos xayolga chomib qoldi. Nahot ajralish avlod suradi, nahot bir kun kelib, oglimni uylantirsam, qizimni chiqarsam, ular ham ajrashib ketishadi, degan savollar yuragiga gulgula soldi...

Bahoroy oy surgandan oy surib qoldi. Ota tarbiyasini kormagan, oila tutishni bilmasligi, ehtimol shundandir. Ozi ham ona tarbiyasini kormadi, goh buvisi qolida, goh yangalari qolida boldi: Ona tarbiyasini olganida oilaga, hayotga munosabati boshqacha bolarmidi? Oylab-oylab eriga yuzlandi: Mendan otgan bolsa kechiring, ozgaraylik, yaxshi yashaylik, dedi. Eri: Sening boshqa ering bor, men ham ozimga xotin topib olganman, sen bilan yashamayman, dedi golibona.

Baxoroy eri achchiq ustida, alam bilan gapirayotganini bilganday boldi. Ammo bir ogiz yolgon sozi boshiga balo bolganini ham tushunganday boldi. Yana kechirim soradi...

Xolmomin YODGOROV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: