O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.06.2019

TALON-TAROJ ETILGAN DAVLAT MULKI,

buzilgan binolar yoki o‘zi qurgan inshootlarga egalik qilolmay, 9 yildan buyon sarson-sargardon bolib yurgan tadbirkor Jahongir Hakimovni eshitadiganlar bormi?

Samarqand shahar, Xojagunjoish kochasi, 35-uyda yashovchi fuqaro Jahongir Hakimovning bir papkadan iborat shikoyat-arizasi boyicha jurnalistik surishtiruv otkazish maqsadida xizmat safariga yol oldim. Uning yozishicha, turmush ortogi Zarina Hakimova, qaynotasi Abrorqul Jabborov va qaynonasi Zuhra Jabborovalar bilan hamkorlikda tadbirkorlik bilan shugullanish davomida oz oilaviy mablagi hisobidan Geologlar qorgoni, 3-manzilda 2004-2009 yillar davomida qurilish osti maydoni 2817,91 kvadrat metr, umumiy maydoni 39255,41 kvadrat metrdan iborat bolgan hududda 1 ta tarozixona, 4 ta omborxona, 1 ta komir tushirish uchun moljallangan usti ochiq omborxona, 104 metr uzunlikdagi devor va 360 pagonometr temiryol shaxobchasini tiklagan. Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudining 2017 yil 25 apreldagi hal qiluv qarori bilan bu inshootlar buzib tashlangan.

Gap qanday nizoli masala ustida ketayotganini yaxshiroq anglash uchun voqeaga aniqlik kiritadigan bolsak, Katta ozbek traktining Samarqand shahrini chetlab otadigan qismidagi koprik ostidan «Ozbekiston temir yollari»ga qarashli poyezdlar harakatlanadi va shu bilan birga bu yerda 70-raz’ezd joylashgan. Ana shu hududning bir qismida shoro tuzumi davrida yuk-tovar poyezdlarida olib kelingan va olib ketiladigan qurilish, sanoat hamda turli xil mahsulotlarni ortish-tushirish uchun Tojikiston Respublikasining Mogiyon Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tranzit bazasi faoliyat yuritgan.

Mazkur bazaga tegishli 6 ta mamuriy va yordamchi bino, 5 ta omborxona, bir qancha yopiq ayvon, ustaxona, garaj, nasosxona, oshxona, yuk tushiradigan asfalt maydon hamda temir yol shaxobchalari mavjud bolgan. Jahongir Hakimovning otasi Tosh Hakimov 1992 yildan Mogiyon Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tranzit bazasida ish yurituvchi bolib ishlagan. 1994 yilda Jahongir Hakimov ham bazaga ishga kirgan va Damir tadbirkorlik korxonasi tashkil etib, Mogiyon Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi bilan 2007-2010 yilga qadar ijara shartnomasi tuzgan. Otgan yillar mobaynida tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida bir qator bino va temir yol shaxobchalarini qurgan va tamirlagan. Shu bilan birga yer-mulk soligi, elektr energiyasi sarfi va boshqa tolovlarni oz vaqtida amalga oshirib kelgan.

Ozbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qomitasining 2010 yil 25 fevraldagi xatida Samarqand maxsus bazasi 1955 yildan sobiq shoro davlati byudjeti hisobidan moliyalashtirilgan va 1992 yil 9 sentabrdagi Bishkek kelishuviga muvofiq Ozbekiston mulki hisoblanishi korsatilgan.

Davlat mulk qomitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasining 1999 yil 8 iyuldagi buyrugi bilan Mogiyon tranzit bazasi boshqarma balansiga qabul qilingan va kochmas mulk birjasi viloyat filialida ochiq savdoga qoyilgan.

Mogiyon Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi faoliyati mazkur hududda toxtab qolgani bois, Jahongir Hakimov ozi tomonidan qurilgan bino va va inshootlarga egalik huquqini etirof etishni sorab, Fuqarolik ishlari boyicha Jomboy tumanlararo sudiga murojaat qiladi. Sud tomonidan 2010 yil 10 mayda qabul qilingan hal qiluv qaroriga binoan mazkur inshootlarga uning egalik huquqi belgilanadi.

Shundan song Jahongir Hakimov bu inshootlarni Samarqand Amir Zargar MChJ sifatida shahar hokimligidan royxatdan otkazadi hamda hokimlikka Mogiyon Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi korxonasining unga nisbatan ushbu mol-mulkka egalik huquqi ornatilishiga qarshi emasligi haqidagi xatini taqdim etadi. Fuqarolik ishlari boyicha Jomboy tumanlararo sudi tomonidan hal qiluv qaroriga binoan mazkur inshootlarga uning egalik huquqi belgilangan bolsa-da, Jahongir Hakimov ularni kadastr royxatidan otkazolmaydi. Masala hal bolmagach, 2011 yilning 24 fevralida oziga tegishli nizoli obektni birja savdosi orqali Otkir Toshpolatovga 300 million somga sotib yuboradi.

Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand viloyat kassatsiya instansiyasining 2011 yil 14 apreldagi ajrimi bilan Fuqarolik ishlari boyicha Jomboy tumanlararo sudining hal qiluv qarori bekor qilinadi va Jahongir Hakimovning egalik huquqini belgilash boyicha davo talablarini rad qilish haqida yangi hal qiluv qarori qabul qilinadi.

2013 yil 19 fevralda Fuqarolik ishlari boyicha Jizzax viloyat sudi apellyatsiya instansiyasi ajrimiga binoan 2013 yil 15 iyulda Samarqand shahar hokimi tomonidan ushbu obektni Samarqand viloyat Obodonlashtirish boshqarmasi balansiga otkazish maqsadida komissiya tuziladi. Hokimning 2014 yil 22 apreldagi qaroriga binoan Mogiyon GQE korxonasiga tegishli barcha mol-mulkka nisbatan egalik huquqi Obodonlashtirish boshqarmasi balansiga otkaziladi va kadastr royxatiga olinadi. Lekin Jahongir Hakimovga tegishli bino va inshootlarni kadastr royxatiga olishga negadir ruxsat berilmaydi.

Fuqarolik ishlari boyicha Jomboy tumanlararo sudining 2015 yil 2 apreldagi hal qiluv qarori bilan 2011 yilning 24 fevralida Samarqand Amir Zargar MChJ va Otkir Toshpolatov ortasida Respublika kochmas mulk birjasi Samarqand viloyat filiali orqali tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi haqiqiy emas, deb topiladi va Otkir Toshpolatov foydasiga 300 million som undirib beriladi. Samarqand shahar hokimligi davosiga kora, Jahongir Hakimov egallab turgan bino-inshootlardan majburiy tartibda chiqariladi.

Oliy sud Fuqarolik ishlari boyicha sudlov hayatining 2018 yil 11 iyunda chiqargan ajrimiga kora, Fuqarolik ishlari boyicha Jomboy tumanlararo sudining 2015 yil 2 apreldagi ajrimi va hal qiluv qarori hamda Samarqand viloyat sudining 2015 yil 19 maydagi ajrimi bekor qilinadi. Ish yangidan korish uchun birinchi instansiya sudiga yuboriladi.

2016 yil 26 yanvarda bino va inshootlarni yoki ularning alohida qismlarini ijaraga berish boyicha Davlat mulkini ijaraga berish markazi, Samarqand viloyat Obodonlashtirish boshqarmasi va Iqbol Umidjon ortalarida tuzilgan uch taraflama shartnomaga asosan 2021 yilga qadar bino va inshootlar mazkur MChJga ijaraga berilgan.

Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan 2016 yil 6 iyunda Samarqand shahar hokimligi va Obodonlashtirish boshqarmasiga berilgan xatda Jahongir Hakimov tomonidan qurilgan bino va inshootlarni ornatilgan tartibda kadastrdan otkazish soralgan. Lekin har ikkala davlat idorasi tomonidan aks-sado bolmagan.

Jahongir Hakimov oz mablagi evaziga qurilgan mol-mulkka egalik huquqini belgilashni sorab, Vazirlar Mahkamasiga yozgan arizaga muvofiq 2016 yil 26 oktabrda Samarqand viloyat hokimligi tomonidan ishchi guruhi tuzilib, murojaat muallifi ishtirokida ushbu masala organib chiqiladi. Yakuniy xulosaga kora, tadbirkor tomonidan qurilgan bino va inshootlar qoshimcha ravishda kadastr hujjatlari royxatiga kiritilishi lozimligi belgilanadi. Lekin ishchi guruhining bu xulosasi ham qogozda qolib ketadi.

2017 yil fevral oyida Obodonlashtirish boshqarmasi va Iqbol Umidjon MChJ mutasaddilari Mogiyon Geologiya qidiruv ekspeditsiyasiga tegishli bolgan va Samarqand shahar hokimi qarori asosida Obodonlashtirish boshqarmasi balansiga otkazilgan, kadastr royxatiga olingan bino va inshootlarning foydalanganlik muddati otganligi hamda shu hududda Jahongir Hakimov va boshqalar tomonidan ozboshimchalik bilan qurilgan binolarni buzib tashlash togrisida Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudiga davo ariza bilan murojaat qiladi.

2017 yil 25 aprelda bolib otgan sud majlisida Jahongir Hakimov va boshqalar tomonidan ozboshimchalik bilan qurilgan binolarni javobgarlar hisobidan buzib tashlash togrisida hal qiluv qarori chiqariladi. Davlat sud ijrochilari tomonidan mazkur inshootlar toliq buzib tashlanadi va bu haqda 2018 yil 17 aprelda dalolatnoma tuziladi.

Xosh, buzilgan bino va inshootlardan chiqqan qurilish materiallari qayerga ishlatildi? Jahongir Hakimov oziga tegishli bino va inshootlardan chiqqan qurilish materiallariga egalik qildimi?

Bino va inshootlar buzilayotganida uni yaqiniga ham yolatishmagan. Jahongir Hakimovning aytishicha, bularning hammasi shu ish bilan shugullangan mutasaddilar boshchiligida tashkil etilgan va bundan ularning moddiy manfaatdorligi bolgan. Binolardan tozalangan yer maydoni Iqbol Umidjon MChJga otkazib berilgan.

Jahongir Hakimov yana sudning hal qiluv qaroridan norozi bolib apellyatsiya tartibida shikoyat yozadi. Apellyatsiya instansiyasi sudlov hayati azolari birinchi bosqich sudining hal qiluv qarorini oz kuchida qoldiradi...

Tadbirkor tomonidan shahar va viloyat prokuraturasiga Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudining gayriqonuniy hal qiluv qarorini bekor qilishni sorab yozgan arizalariga protest keltirish uchun asos yoq, deb javob qaytarilmoqda.

Davlat mulkini talon-taroj etilganligi holati Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan korib chiqilib, Obodonlashtirish boshqarmasi va Iqbol Umidjon MChJ mutasaddilarining harakatlarida jinoyat alomatlari yoqligi sababli jinoyat ishi qozgatishni rad etish togrisida qaror qabul qilingan. Bu qaror viloyat prokuraturasi tomonidan bekor qilinib, qayta korib chiqish uchun yana shahar prokuraturasiga yuborilgan. Ana shunday sarsongarchilik...

Eng qizigi, Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudining 2018 yil 21 sentabrdagi hal qiluv qarori bilan davogar Samarqand shahar prokuraturasining yuqoridagi mulklarni davlat egaligiga otkazish togrisidagi davosi qanoatlantirilgan. Aslida esa, bu binolar allaqachon buzilib bolgan edi. Sotilgan qurilish materiallaridan tushgan pullar qayerga ketgani bilan hech kimning ishi bolmadi.

Jahongir Hakimov umr boyi halol peshona teri tokib topgan mablaglari evaziga qurgan bino va inshootlar noqonuniy buzib tashlangani bois qariyb 10 yildan buyon turli sud-huquq idoralariga bosh urib, sarson-sargardon bolib yuribdi. Lekin bir kun kelib, adolat qaror topishiga ishonadi.

Nurulloh DOSTON,


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: