O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.06.2019

PREZIDENT BIZNI AFV ETDI

Bu mehr-muruvvat mas’uliyatini yurak-yuragimizdan his etib turibmiz, deyishmoqda afv etilganlar

Oqibatini o‘ylamay qadam tashladingmi?.. Yetti olchab, bir kesmadingmi, jahl kelganda, aqling ketdimi?.. Ozingni jilovlab ololmadingmi?.. Shayton yoldan urdimi?..

Jinoyatga qol urding... Jinoyat jazosiz qolmaydi, qolga tushding, sudlanding, qamalding...

Ota-onang dod, deb ortingdan chopdi, jinoyat qilganingga ishonmadi... Ishonsa-da, seni qamoqdan olib qolish uchun yelib-yugurdi, ozini tort tomonga urdi... Kimlarga yalinmadi, kimlar oldida yelka qismadi, tiz chokmadi... yurak-bagri qon bolib, qaddi bukilib qoldi. Seni togdek suyanchiq, deb bilgan ahli ayoling — yostiqdoshing bir qanotidan ayrilgan yarador qushdek bolib qoldi. Jondan aziz farzandlaring-chi? Ular holi ne kechganini bilasanmi?.. Ular kozlari tola yosh bilan javdirab ayoling qolida qoldi. Ayoling esa yo ishsiz, yo topgani rozgorga yetmaydi. Seni oylab bir kuysa, bolalaring koziga qarab on kuyadi. Ozini oqqa-choqqa urib, ularni boqishi mumkin. Ammo ota ornida ota bololmaydi, Xudo korsatmasin, mabodo ona qamalgan bolsa, ota ham ona ornini bosolmaydi. Bolaga ota kerak, ona kerak. Ota tarbiyasi, mehri kerak. Ona tarbiyasi, mehri kerak. Otasi yoki onasi qamoqda yotgan bolaning ruhiy holatini tasavvur qilib koring. Ozini kamsitilganday, aybdordek sezadi. Xuddiki hamma unga qarab turgandek, uni muhokama qilayotgandek, kesatayotgandek tuyuladi...

Tunu-kun otajonim qachon kelarkin, onajonim qachon kelarkin, deb oylaydi, Yaratganga iltijo qiladi.

Arizasini Oliy sud korib chiqib, koz ongimizda qamoqdan ozod etilgan ayolning on ikki yoshli qizchasi aytgan gap yodga keladi. «Har kuni kechasi uxlolmay yiglab chiqardim. Xudojon, onajonimni tezroq uyga qaytar, deb yalinardim, duolar qilardim...»

Otasi qamoqda yotgan bolalarchi, ayniqsa, osmirlar. Ular himoyachisi, suyanchigi yoqligini his etadi, yelkasini qisib, boshini egib yuradi. Bolalaringizning onasi holini tasavvur qila olasizmi? Boqish, tarbiyalash uning boynida. Qaysidir ona buni amallab uddalaydi, qay birining esa qolidan kelmaydi. Ishlab pul topib, bolalarini boqishi ham mumkin. Ammo bolaning oqishi, tarbiyasini nazorat qila olmaydi. Ikki-uch yil orasida xoh ogil, xoh qiz bolsin, egri yolga kirib ketishi mumkin, keyin uni togri yolga qaytarish juda mushkul boladi. Bola baxtsiz bolib qoladi. Siz qamoqda ruhan ezilib kun otkazasiz. Lekin ayolingiz sizdan kora koproq azob chekadi, bolalarining gamgin chehrasiga, yosh miltillagan kozlariga har kuni qarash unga qanchalik ogirligini bilasizmi?...

Bu haqda oylab korganmisiz, farzandlar taqdiri haqida nega qaygurmagansiz?

Nima uchun jinoyatga qol urdingiz, nega kimningdir gapiga kirdingiz? Shunchalik golmidingiz? Harom yol bilan topilgan pul buyurmasligi, yaxshilikka olib kelmasligini bilmasmidingiz? Bundan kora och qolgan yaxshi emasmidi? Qay biringiz yot goyalar, xom-xayollarga berildingiz? Chalasavod, chalamulla bir yaramasning gapiga kirib, ota-ona, bola-chaqani qaqshatib ketdingizmi? Bugun qamoqda yotibsiz, oylamay qilgan jinoyatingiz uchun jazoni olyapsiz.

Boshingiz devorga tegib, endi kozingiz ochilyapti. Endi xatolarni tushunib yetayapsiz, bolalarni, oilani oylayapsiz. Ozodlik qadrini bilayapsiz. Oz uyingda, oilang bagrida bolish bebaho baxtligini anglayapsiz. Qilgan jinoyatingiz uchun ich-ichingizdan tavba-tazarru qilayapsiz, bolalaringiz, oilangiz, ota-onangizni oylab, iztirob chekayapsiz, har kuni xayolan ulardan kechirim sorayapsiz. Qamoqda yotganlarga ota-ona tobutini kotarish, qabriga bir hovuch tuproq tashlash ham nasib etmagan holatlar bolgan. Bu qanday korgulik, qanday baxtsizlikki, farzand bolib ota-onani songgi yolga kuzata olmasa, ota-ona uni ne-ne orzu-havaslar bilan voyaga yetkazgan edi-ya...

Shularni oylab, ota-onangizga tani-sihatlik, uzoq umr tilayapsiz, oilangiz, farzandlaringizni Yaratgan oz panohida asrashini iltijo qilib sorayapsiz. Jazo muddatini otab, ular bagriga qaytish nasib etishini oylayapsiz. Oylayapsizu, oylaganingiz sari azoblanayapsiz, chunki yana ikki-uch yil bor, ehtimol, undan ham koproq muddat otirish kerakdir. Sodir etgan jinoyatingiz uchun chin dildan pushaymon bolib, yozgan arizalaringiz inobatga olinishiga ham unchalik ishonmaysiz. Jinoyatchini kim kechirardi, deb oylayapsiz...

Biroq sizning hayotingiz, farzandlaringiz taqdiri uchun davlat tashvish tortayotganini bilmaysiz, Prezident qaygurayotganini bilmaysiz. Hech bir adolatli jamiyat, demokratik jamiyat oz fuqarolari qamoqda yotishidan manfaatdor emas. Bugun mamlakatimizda ham inson taqdiriga yondashuv ozgardi. Shu bois, siz uchun kutilmaganda, aslida kopchilik uchun kutilmaganda Prezident jazo muddatini otayotgan, qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga qatiy otgan bir guruh shaxslarni afv etish togrisidagi farmonni imzoladi. Bu Farmon muborak Ramazon hayiti arafasida elon qilingani zamirida ham katta mano-mazmun mujassam. Oddiy qilib aytganda, xalqimizning olijanob fazilatlari, mamlakatimizda, inson taqdiriga munosabatning namoyishi boldi. Oylab koring, yaqin otmishda qamalib ketganlar oqlanarmidi, afv etilarmidi? Togri, amnistiyalar qollanilardi. Ammo oqlanish, afv etilish bugungi kunning, siyosatning inomi.

Hozir bir paytlar begunoh qamalganlar ham aniqlanib, oqlanmoqda. Ikkinchidan, chin dildan pushaymon bolgan, togri yolga kirgan yoki salomatligida muammosi borlar, ayniqsa, ayollar arizalari sudlar tomonidan korib chiqilib, muddatidan ilgari ozodlikka chiqarilmoqda. Bu ishlar izchil olib borilmoqda. Bu ishlarni bundan 4-5 yil ilgari tasavvur ham qilib bolmasdi. Bu ozgarishlar mamlakatda siyosat ozgargani, davlat oz fuqarolariga oziniki, deb qarab qaygurayotgani, mehr-muruvvat korsatayotgani va qadrlayotganini bildiradi.

Prezidentning 575 nafar mahbusni afv etish togrisidagi farmoni mazmun-mohiyatiga etibor bering, oylang, 575 nafar mahbus 575 nafar jon, shuncha taqdir...

Ulardan 361 nafari jazodan toliq ozod qilinib, oilasi, farzandlari, ota-onasi bagriga qaytmoqda. 214 nafarining esa ozodlikdan mahrum etish jazo muddatlari qisqartirilmoqda.

Ular ortida qancha ota-ona, oila, farzandlar borligini hisobga olib, xulosa chiqaraylik. Bugun ularga marhamat korsatildi, mehr-muruvvat korsatildi.

Boshqacharoq aytganda, rozai Ramazon kunlari, Ramazon hayiti arafasida Laylatul-qadr keldi, ajoyib xushxabar keldi, hayotbaxsh sado keldi. Mahkumlikdagi odam uchun bundan shirin, bundan aziz, qimmat soz yoq dunyoda. Ular uchun tong otganday boldi. Quyosh chiqqanday boldi. Oilalarga shodlik qaytdi, or qaytdi. Bolalar uchun ota qaytdi, ona qaytdi, baxt qaytdi, qanot qaytdi, tog qaytdi, gurur qaytdi...

Bu cheksiz quvonchu shodliklar afvning karomati, qudrati, saodatidir. Afv degani, avvalo, ishonch degani, Prezidentning ishonchi degani. Buning masuliyati juda katta. Bu ishonchni oqlash, unga munosib bolish insoniy burch. Afv degani mehr-muruvvat degani. Ogir kuningda senga korsatilgan mehr va muruvvatga munosib javob bermoq kerak. Yaxshilikning javobi faqat yaxshilik bolmogi kerak, deyiladi ulug bobolarimiz ogitlarida. Afv degani, imkon degani, togri yolga qaytib, hayotning, oilaning, farzandlarning qadriga yetib yashash uchun berilgan imkon degani. Kishi bir marta afv etiladi, unga bir marta ishonch, imkon beriladi. Buning qadriga yetgan togri xulosa chiqaradi, baxtli boladi. Qanday xulosa chiqarish har kimning oziga bogliq, har kimning taqdiri oz qolida.

Ammo yana bir anglab yetaylik, afv etish mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, manaviy hayotida muhim voqea. Ammo unda qayd etilgan vazifalar ijrosini taminlash undan-da muhimdir. 575 inson masalasi afv etish bilan tola hal bolib qolmaydi. 575 inson bu 575 ming masala degani. Hayotga qayta moslashtirish, uy-joy muammosi bolsa, hal etish, ishga joylashtirish kabi yumushlarni amalga oshirish kerak. Mahalla-koy, qoni-qoshni ularga etiborli bolishi, begona koz bilan qaramasligi, ularni yolgizlatib qoymasligi muhim ahamiyatga ega.

Har qanday qarorning ijrosi, taqdiri jamoatchilik nazoratiga bogliqligini bugun koproq tan olayapmiz, chuqurroq anglab borayapmiz. Buyruqlardan, dagdagalardan kora, jamoatchilik nazoratining tasir kuchi kop barobar yuqoriligini tushunib borayapmiz. Jamoatchilik nazoratining eng samarali vositasi, shak-shubhasiz, matbuot va ommaviy axborot vositalaridir. Farmon ijrosini taminlash boyicha masul vazirliklar, idoralar va hokimliklarga tegishli topshiriqlar berilgan. Bu topshiriqlar qanday bajarilayotganidan jamoatchilikni keng xabardor qilib borish jurnalistlar zimmasidagi masuliyatli vazifadir. Xabardorlik ochiqlikni taminlaydi. Ochiqlik masuliyatni oshiradi, kamchilik yoki kozboyamachilikning oldini oladi. Shu bois farmonda belgilangan vazifalardan har qanday chekinishlarga nisbatan murosasiz bolishimiz talab etiladi.

Songgi ikki yarim yilda davlatimiz rahbari inson huquqlari himoyasi boyicha bildirgan fikrlar jamlansa, necha-necha kitobga sigmaydi. Sud-huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlarning qiyosini topish qiyin. On yillar davomida qilinmagan ishlar qisqa ikki-uch yilda bajarildi. Eng asosiysi, odamlarni qiynab, ezib kelgan adolatsiz tartib ildiziga bolta urildi. Uning orniga inson erki, huquqi va manfaatini chinakamiga himoya qiladigan tizim yaratila boshlandi. Inson huquqi, hayoti va taqdiriga munosabat tamoman ozgarayotganini tobora koproq korishga muyassar bolayapmiz. Bugungi afv etish ham insonga korsatilayotgan gamxorlik va etiborning yorqin bir misolidir.

Mamlakatimizda inson erki, huquqi, shani, qadri himoyasi uchun astoydil kurash ketayotgan ekan, jurnalist ahli sukut saqlashga yoki befarq bolishga aslo haqqi yoq, deb oylayman.

Buning uchun avvalo anglab olaylik, ular bizga begona emas. Ular bizdan ayro holda yashamagan. Demak, ular jamiyatning, bizning xatolarimiz... Bu xatolarni faqat birgalikda tuzatish mumkin.

Safar OSTONOV,

Ozbekistonda xizmat korsatgan jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: