O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.06.2019

KORRUPSIYAGA QARSHI QANDAY ISHLAR REJALASHTIRILGANINI BILASIZMI?

Yaqinda Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni e’lon qilindi. Unda korrupsiyaga qarshi islohotlarni kuchaytirish, aniq chora-tadbirlar joriy etish masalalari qamrab olingan.

Xususan, 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi va ushbu yonalishdagi respublika idoralararo komissiyaning yangilangan tarkibini tasdiqlash korsatib otilgan. Shu bilan birga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar ikki oy muddatda Davlat dasturining har bir bandi boyicha maqsadlarga erishishda samaradorlik korsatkichlarini ishlab chiqib, Idoralararo komissiya bilan kelishishi belgilangan.

Bundan tashqari, Idoralararo komissiya ikki oy muddatda korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha namunaviy tadbirlarning idoraviy dasturini Oliy Majlis palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boyicha qomitalariga muhokama qilish hamda kelishish uchun kiritadi.

Farmondan kelib chiqib, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari tashkil etiladi. Ular joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini organadi. Muammolar va korrupsiyaning holati togrisidagi parlamentdagi maxsus qomitalarga muntazam ravishda axborot berib boradi. Shuningdek, sohadagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.

Yana bir muhim masala. Farmonda sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda tasir otkazish shart-sharoitlarini istisno etish qayd etilgan. Davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga kotarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, ragbatlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa usullarining aniq royxati belgilanadi. Bu esa davlat siyosatining ustuvor yonalishlardan sanaladi.

Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi yetarli darajada bolishini taminlash, shuningdek, davlat xizmatini otashda manfaatlar toqnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashtiriladi.

Aytish kerakki, ushbu tizim qoshni davlatlarda allaqachon joriy etilgan. Masalan, internetdagi maxlumotlarga kora, Qirgizistonda 2017 yilning oxirida yolga qoyilgan. 2018 yildan davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilib, soliq idoralariga taqdim etishni boshlagan. Manbaada aytilishicha, otgan yil yakunlari boyicha 1,5 mingga yaqin davlat xizmatchisi deklaratsiya topshirmagan, 4 mingdan ziyodi esa notogri malumot bergan. Qirgiziston qonunchiligiga kora, daromadlar deklaratsiyasini topshirmagan yoki notogri malumot bergan shaxslar royxati ommaviy axborot vositalarida elon qilinadi va javobgarlikka tortiladi. Oz xohishi bilan deklaratsiya topshirganlarga esa soliq kamaytiriladi. Bundan korinib turibdiki, joriy etilayotgan tizim murakkab bolib, samarali, togri ishlashi uchun vaqt talab etiladi.

Prezident farmonida korrupsiya bilan bogliq huquqbuzarliklar togrisida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy usuldlarini joriy etish belgilangan.

Fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini taminlash, korrupsiyaga qarshi choralar tayyorlash, otkazish va ijrosini monitoring qilishda ularning ishtirok etishini yol qoyish zarur.

Idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish ham ustuvor masalalardan sanaladi. Korrupsiyaga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yoqotish davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.

Tajriba tariqasida joriy yilning 1 avgustidan boshlab jamoatchilik vakillari, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda kapital qurilish va oliy talim sohalarida «Korrupsiyasiz soha» loyihasi amalga oshiriladi. 2020 yil 1 apreldan bu loyiha boshqa sohalarda ham bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA

tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: