O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
04.06.2019

YALPI ICHKI MAHSULOTNI OSHIRISH DAVLATNING ENG USTUVOR VAZIFASI BOLISHI LOZIM

Xayrulla RO‘ZMETOV, Ozbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Ozbekiston Respublikasining 2018 yil yakunlari boyicha Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining ijrosi togrisidagi hukumat hisoboti Qonunchilik palatasining yigilishida korib chiqildi.

Hisobotda takidlanganidek, Davlat byudjetining ijrosida ijtimoiy sohani qollab-quvvatlash, aholining turmush darajasini oshirish va ijtimoiy himoyasini taminlash borasidagi tadbirlarni moliyalashtirishga alohida etibor qaratilgan.

Jumladan, hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 42 883,3 mlrd. som yoki umumiy xarajatlarning 53,8 foizi miqdorida mablag sarflangani bevosita Ozbekiton XDPning elektorati manfaatlariga mos keladi.

Shu bilan birga, 2018 yil davlat byudjeti ijrosi togrisidagi hisobotning tahlillariga kora, hanuzgacha davlat byudjeti sohasidagi munosabatlarda huquqbuzarliklarning oldini olish dolzarbligicha qolmoqda. Bu orqali byudjet mablaglarini maqsadli, samarali ishlatish bilan bogliq masalada sezilarli ijobiy natijalarga erishilmagan.

Byudjet siyosatining yillik natijalarini baholashda yalpi ichki mahsulotning qay darajada oshgani asosiy omillardan hisoblanadi. Bunda xalqaro valyuta fondi va Jahon bankining Ozbekiston natijalariga berilgan orniga qarab xulosa chiqariladi.

YaIMning ozgarish tendensiyasi Hukumatning yillik hisobot taqdimotida nafaqat raqam, balki grafika korinishida deputatlarga namoyish qilib borilishi maqsadga muvofiqdir. 2017 yil boyicha Xalqaro valyuta fondining royxatiga kora Ozbekiston YaIM (nominal) boyicha 147 orinda bolib, aholi jon boshiga 1490 dollarni tashkil etgan.

Taklif etilayotgan grafik korinishda aholi daromadiga kora uch toifaga, yani yuqori, orta va kam daromad oluvchilar qatlamiga bolib korsatilishi maqsadga muvofiq, deb oylaymiz. Bunda hisobot yili davrida aholi daromadlarining ozgarganlik holati oz aksini topishi kerak. Shuningdek, yil yakuni boyicha aholi daromadlarining taqsimlanish holatini yanada qulayroq korish uchun uchala qatlam daromadlarini alohida grafiklarda taqdim qilish maqsadga muvofiq. Bunday axborot-tahlil jamiyatda keskin tabaqalanish yuz bermoqdami yoki yoq, degan savolga ham javob olish imkonini beradi.

Alohida qayd etish kerakki, davlat byudjetining yillik bajarilishi boyicha Hukumatning faoliyatiga baho berilishidagi eng asosiy va eng muhim korsatkich YaIMning osganlik holatidir. Shunga asosan parlament azolari mazkur masala atrofida jipslashishi lozim, deb hisoblaymiz.

Savol berishimiz kerakki, nima uchun Ozbekiston boshqa bir qator davlatlar kabi YaIMni izchil oshirolmayapti? Bunga tosqinlik qilayotgan omillar qayerda? Ularni aniqlab bartaraf etishga qaratilgan zarur choralar korilishi kerak. Ozbekistonning bilimli, mehnatkash xalqi, yer osti boyliklari bor. Shunga kora, aslida Ozbekiston YaIM boyicha dunyoning 192 ta davlatlari orasida yuqori orinlarni egallashi kerak. Bu yoldagi tosqinlikni aniqlash va bartaraf etish boyicha choralar korish Parlament va Hukumatni eng markaziy masalasi bolishi lozimdir.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: