O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
04.06.2019

INSONPARVARLIKNING YUKSAK NAMUNASI

Mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ulkan bunyodkorlik, ma’naviy sohadagi tub ozgarishlar zamirida azaldan xalqimizga xos bolgan bagrikenglik va kechirimlilik fazilatlari mujassam.

Shahar va qishloqlarimizning qiyofasini yanada obod qilish, yangi ishlab chiqarish va ijtimoiy obektlarni barpo etish boyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bulardan kozlangan yagona maqsad – xalqimiz farovonligini yuksaltirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratishdan iborat.

Mana shunday yangilanish jarayonlarida faol ishtirok etayotgan fuqarolarimiz bilan bir qatorda, hayot yollarida adashib, hozirgi vaqtda xatolaridan togri xulosa chiqargan yurtdoshlarimizga mamlakatimiz ravnaqiga hissa qoshish uchun yana bir bor imkoniyat berish jamiyatimizning insonparvarlik va adolat tamoyillariga uygun va hamohangdir.

Malumki, jinoyat sodir etgan shaxs nafaqat ozining, balki farzandlari, ota-onasi, qavmu qarindoshlarining ham kelajagi va taqdiriga tasir otkazmasdan qolmaydi. Ozodlikdan mahrum bolgan kishi aziz farzandlarini oz mehridan ayirib, ota-onalarini ham ayriliq dogiga mubtalo qiladi.

Shu sababli, xato qilgan va bugungi kunda qilmishiga chin dildan pushaymon bolgan shaxslarni kechirish yuksak insonparvarlik namunasi bolib, u yaqin insonini iztirob va intizorlik bilan kutayotgan butun bir oilani yangidan hayotga qaytarish bilan barobardir.

Ana shu holatlarni inobatga olib, bugun Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida davlatimiz gumanistik siyosatining hamda xalqimizga xos ezgulik va mehr-oqibat, kechirimli bolish kabi olijanob fazilatlarning amaliy tasdigi sifatida «Jazo muddatini otayotgan, qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga katiy otgan bir guruh shaxslarni afv etish togrisida»gi Farmonni imzoladi.

Mazkur insonparvarlik akti davlatimizning har qanday holatda ham fuqarolar uchun gamxorligining yorqin misolidir.

Zero, jinoyatga qol urgan, boshi devorga tekkandan song adashganligini tushunib yetgan odamlarni afv etish muqaddas dinimizning ham asosiy arkonlaridan biri sanaladi.

Farmonga muvofiq, sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo otayotgan, qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga qatiy otgan 575 nafar fuqaro afv etildi.

Ularning 361 nafari jazodan toliq ozod qilinib, ota-onasi, farzandlari va yaqinlari bagriga kaytariladi, shuningdek, 214 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish jazo muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 7 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 6 nafarini ayollar, 1 nafarini chet el fuqarosi tashkil etadi.

Davlatimiz rahbari Farmonda qayd etganidek, jinoyat sodir etgan shaxslarni faqat jazolash emas, balki Jaholatga qarshi marifat goyasi asosida qayta tarbiyalash, ularning oz halol mehnati bilan jamiyatda munosib orin egallashi uchun barchamiz birdek masulmiz.

Shunga kora, Farmon ijrosini taminlash maqsadida afv etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi, ularni foydali mehnatga jalb etish va soglom turmush tarzini yolga qoyishiga komaklashish yuzasidan masul vazirliklar, idoralar va hokimliklarga tegishli topshiriqlar berildi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: