O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
04.06.2019

ODAMLAR BUGUNIDAN MAMNUN BOLIB, ERTANGI KUNIGA ISHONCH BILAN YASHASHI KERAK

Nurafshon shahrida 3 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyati faollari, hokimlar va sektorlar rahbarlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirokida yigilish bolib otdi.

Davlatimiz rahbari ozi bevosita joylarga borib, rahbarlarni yuborib, eng dolzarb masalalar hal qilinayotgani, hamma joyda ozgarish bolayotgani, lekin Toshkent viloyati «uygonmayotgani»ni ta’kidladi.

Vaqt shiddat bilan otyapti. Har bir kun, har bir daqiqa ganimat. Biz siyosatni belgilab, yangi-yangi imkoniyatlar yaratyapmiz. Mutasaddilar qattiq talab qilib, quyi tizimdagi rahbarlar jon kuydirib ishlab, natijani taminlashi kerak. Odamlar quruq gapni kotarmaydi. Toshkent viloyatida esa jonlanish kuzatilmayapti. Qani raqobat, qani ilm, qani natija, qani tashabbus, deya murojaat qildi Shavkat Mirziyoyev yigilish ishtirokchilariga.

Katta iqtisodiy salohiyat mavjud bolaturib, viloyatdagi rezerv va imkoniyatlar toliq ishga solinmayotgani, sanoat sohasi hanuzgacha bir nechta yirik korxona bilan cheklanib qolayotgani korsatib otildi. Boka, Pskent, Parkent, Ohangaron, Bekobod, Quyi Chirchiq, Oqqorgon va Chinoz tumanlarida sanoat rivoji korsatkichlari pastligicha qolmoqda. Quyi Chirchiq, Bekobod, Ohangaron, Pskent va Boka tumanlarida aholi jon boshiga xizmat korsatish hajmi mamlakat boyicha ortacha korsatkichdan 2-3 barobar kam.

Yigilishda tadbirkorlik va qishloq xojaligi, bandlik, ijtimoiy sharoitlarga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Prezident Toshkent viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi korxonalar va ish orinlari yaratish boyicha muhim vazifalarni belgilab berdi.

2019-2020 yillar uchun umumiy qiymati 39 trillion 833 milliard somga teng 784 investitsiya loyihasidan iborat yangi hududiy dastur shakllantirilgani qayd etildi. Ularning 15 tasi davlat ahamiyatiga ega yirik loyiha bolsa, 769 tasi xususiy biznes va investorlar ishtirokida amalga oshiriladi.

Royxatdan otgan kichik biznes subektlarining 17 foizi ishlamayotgani, Angren shahri va Chinoz tumanida bu korsatkich 30-33 foizga chiqib ketgani tanqid qilindi. Ularning faoliyatini tiklash, oz biznesini boshlamoqchi bolgan oilalarga Har bir oila – tadbirkor dasturi doirasida joriy yilda 350 milliard som miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish boyicha topshiriq berildi. Talab bolsa, yana qoshimcha mablag ajratiladi.

Nima uchun oilaviy tadbirkorlik, uylarda parrandachilik, chorvachilik, tomorqachilik bolsin, deyapmiz? Odamlarning daromadi oshishi, tolov qobiliyati yuqori bolishi kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Angren erkin iqtisodiy zonasida 470 gektar va Bostonliq-farm zonasida 20 gektar maydon hanuzgacha loyihalar bilan toldirilmagan. Shu sababli Angren erkin iqtisodiy zonasi Janubiy Koreyaning Inchon erkin iqtisodiy zonasiga ishonchli boshqaruvga berilgani malum qilindi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyat hokimining investitsiyalar boyicha orinbosariga viloyatdagi 20-30 tadbirkorni tanlab, Koreya Respublikasiga xizmat safarini tashkil etish vazifasi topshirildi. Tadbirkorlar Inchon erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan bevosita tanishadi.

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatidagi ijtimoiy va kommunal sohalarga oid masalalarga alohida etibor qaratdi.

Viloyatda aholining atigi 64 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan taminlangani jiddiy muammo. Bu hisobot korsatkichi. Amalda bu raqam 40-50 foiz. Boka, Quyi Chirchiq, Orta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Nurafshon shahrida 30 foizga ham bormaydi. Shunday sharoitda rahbarlar qanday qilib kabinetda xotirjam otiradi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu muammoni hal etish maqsadida joriy yilda 440 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari va 301 ta suv inshootida qurilish-tamirlash ishlarini bajarish rejalashtirilgan. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi 144 million dollarlik ushbu loyihaning birinchi bosqichi doirasida qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Viloyatda dolzarb bolgan yana bir muammo ekologiya bilan bogliq. Toshkent shahridagi maishiy chiqindilar tashlanadigan Ohangaron tumanidagi poligon 98 foizga tolgan. Uni yopib, yangisini qurish kerak. Bu tozalik, aholi salomatligini taminlash uchun muhim ahamiyatga ega, dedi davlatimiz rahbari.

Ichimlik suvi, oqova tizimi obektlari bilan birga umumiy orta talim va sogliqni saqlash, avtomobil yollari bilan bogliq muammolarni tezkor hal qilish boyicha topshiriqlar berildi. Buning uchun qoshimcha ravishda 1 trillion 100 milliard som mablag ajratilishi malum qilindi.

Prezidentimiz Nurafshon shahrida bosh reja asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi.

Bu shahar 2017 yili Toshkent viloyati mamuriy markaziga aylantirilib, masul idora va tashkilotlar shu yerga kochirildi, ularga zarur shart-sharoit yaratilmoqda. Otgan yili shaharning bosh rejasi ishlab chiqildi.

Yangi mamuriy markazda aholi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, infratuzilma va kommunikatsiyalarni yangilash, poytaxtimizda boshlangan bunyodkorlik jarayonini viloyat markaziga ham keng yoyish maqsadida 246 gektar maydonda Smart sity qurish loyihalashtirilmoqda.

Toliq aqlli texnologiyalarga asoslanadigan ushbu aqlli shaharcha uch bosqichda barpo etiladi. Birinchi bosqichda jami 1792 kvartirali toqqiz va on ikki qavatli uylar quriladi. Yangidan qad rostlaydigan Nurafshon universiteti yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashiga zamin yaratsa, yopiq sport majmuasida badiiy gimnastika, tennis, kurash va qilichbozlik kabi sport turlari boyicha yirik musobaqalar otkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev yaqinda poytaxtimizdagi Chilonzor tumanining Bogiston kochasida qurilayotgan 9 qavatli uylar bilan tanishish chogida bunday turar joylarni viloyat markazlarida ham barpo etish zarurligini takidlagan edi. Ushbu tavsiya asosida Nurafshonda 21 ta shunday uy qurish boyicha loyiha ishlab chiqildi. Shuningdek, 360 orinli bogcha, 1 ming 200 orinli maktab, madaniy-maishiy obektlar, dam olish hududlari barpo etiladi.

Nurafshon mamlakatimizda shaharsozlik boyicha yangi tajriba maydoni bolmoqda. Bu yerdagi shart-sharoit, ijtimoiy soha obektlari Toshkentdagidan kam bolmasligi, aksincha, raqobatlashadigan bolishi kerak. Albatta, buning uchun har bir loyihani puxta ishlash, uzoqni kozlab ish tutish kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Nurafshonda kanalizatsiya tarmogi umuman talabga javob bermas edi. Mavjud tozalash inshooti butun shaharni qamrab ololmaydi. Shu bois qurilish davomida muhandislik kommunikatsiyalari butunlay yangilanadi.

Shaharning markaziy Toshkent yoli kochasi ham yangidan barpo etilmoqda. Kocha boyidagi bir qavatli eski imoratlar ornida 7 va 9 qavatli uylar, servis shoxobchalari, salomatlik markazlari, gipermarketlar qurilishi boshlangan. Har bir bino oldida avtomobil toxtash joylari bolishi kozda tutilgan.

Tort polosali magistral avtomobil yoli bilan birga ichki yol ham qurilyapti. Velosiped va piyodalar yolakchalariga joy ajratilgan. Irrigatsiya tarmoqlari uchun yangi turdagi yopiq lotoklar ornatilib, kocha boylari kokalamzorlashtirilmoqda.

Toshkent yoli kochasida tirbandlikning oldini olish maqsadida shaharning kirish qismidan Smart sity markaziga boradigan yangi 4 kilometrlik kocha qurilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda aholini ish bilan taminlash maqsadida zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari barpo etish uchun 100 gektarlik texnopark yaratish boyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Prezidentga viloyat aholisini ichimlik suvi bilan taminlash loyihalari ham taqdim qilindi. Davlatimiz rahbarining topshiriqlari asosida 2022 yilga borib, viloyat aholisining ichimlik suvi bilan taminlanish darajasini 92 foizga yetkazish imkonini beradigan ushbu loyihalar uchun xalqaro moliya institutlarining mablaglari jalb etiladi.

Orta Chirchiq tumanidagi 50 gektar maydonda innovatsion savdo majmuasi qurilishi moljallanmoqda. Loyiha qiymati 50 million dollar bolgan majmuada 5 mingta dokon joylashadi, 10 mingdan ziyod ish orni yaratiladi. 2021 yilda ishga tushiriladigan majmuada nooziq-ovqat mahsulotlari, maishiy tovarlar, qurilish materiallari savdosi yolga qoyiladi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati mamlakatimizning muhim logistika markazi ekanini, yirik savdo va xizmat korsatish majmualarini qurishda hududning shu imkoniyatini etiborga olish lozimligini takidladi. Har bir loyihani sifatli va oz muddatida amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Ziyodulla JONIBEKOV,

Matnazar ELMURODOV,

OzA maxsus muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: