O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
28.05.2019

BANDLIK MASALASIDA MAMLAKATDA NIMALAR OZGARDI?

Vazir bu haqda batafsil hisobot berdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining kengaytirilgan yigilishida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining hisoboti eshitildi. Unda joriy yil birinchi chorak yakunlari hamda xususiy bandlik agentliklari togrisidagi qonunning ijro etilishi yuzasidan ma’lumot berildi. Yigilish masullar, soha mutaxassislari hamda deputatlarning bahs-munozaralari asosida otdi.

Sherzod QUDBIYEV, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri:

— Yangi, barqaror ish orinlarini yaratish, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar bandligini taminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham sohaga katta etibor qaratilib, bir necha hujjatlar qabul qilinmoqda. Masalan, otgan yil avgust oyida vazirlik faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaror elon qilindi, vazirlik oldiga muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, vazirlikning tashkiliy tizimi, kadrlar masalasiga alohida yondashildi. Oz navbatida ish sifati ham ijobiy tomonga ozgardi. Mehnat organlarining faoliyati tubdan qayta korib chiqildi.

Tan olish kerak, chorak asr davomida mehnat organlarining jamiyatda orni yoq edi. Malum vaqt hokim vazifasida ham ishlaganman. Shuning uchun ham hududlarda ahvol qandayligini yaxshi bilganman. Ular yigilishlarda zalning oxirida otirar yoki umuman taklif etilmasdi. Chunki mehnat organi xodimining qolidan biror ish kelishiga hech kim ishonmasdi. Ochigi, shunday vaqtlar bolgan, ayrim rahbarlar u yerdagi holatni korib, idora eshigining oldidan qaytib ketgan. Sohaga aloqador qaror va qonunlar elon qilingach, 102 tumanda mehnat organlari uchun yangi binolar qurildi, moddiy-texnik baza yangilandi. Bu ish sifatiga ham ijobiy tasir korsatdi. Ayniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilgani ayni muddao boldi.

Qogozbozlikdan voz kechish kerakligini hayotning ozi korsatdi. 102 tumanda elektron hisobot berish tizimi joriy etildi. Endilikda shu hududlarda qoshib yozish, hisobotlarni ozgartirishga imkon bolmaydi. Masalan, joriy yilda mehnat organlariga murojaat qiluvchilar soni bir yarim barobarga oshdi. Aslida bu korsatkich otgan yilda ham shuncha bolgan. Ammo aniq va shaffof raqamlar korsatilmagan. Bugungi kunda har bir murojaatchi royxatga olinadi va elektron hisobotga kiritiladi.

Orni kelganda bir masala xususida toxtalib otmoqchiman. Kopchilikda vazirlik yangi ish orinlari yaratadi, degan tushuncha ustunlik qilmoqda. Vaholanki, ish orinlarini mamlakatdagi butun iqtisodiyot yaratadi. Vazirlik esa mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi organ vazifasini bajaradi. Deputatlardan aholi bilan uchrashuvlarda shuni tushuntirishlarini soragan bolardim.

Ozbekistonda ayni vaqtda 19 millionga yaqin mehnatga layoqatli kishi istiqomat qiladi. Shundan 13 million 400 ming nafarining bandligi taminlangan bolib, 5 million 400 ming nafari rasmiy sektorda faoliyat olib boradi. Bu umumiy bandlikning 40 foizini tashkil etadi. Albatta, mazkur korsatkich qoniqarli darajada bolmay, mehnat munosabatlariga ham salbiy tasir korsatadi. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida esa 8 million kishi ishlaydi.

Bilasizmi, otgan yilning birinchi choragidan boshlab rasmiy statistika malumotlari berilishida ancha ozgartirish kiritdik. Yani, ilk bor migrantlar soni, ular 2,5 millionni tashkil etishi aytildi. Haqiqatni ochiqchasiga tan olishni boshladik.

Joriy yilning birinchi choragida ishsizlik darajasi otgan yilga nisbatan 0,3 foizga kamaygan va 9,4 foizni korsatgan. Ayni vaqtda jami ishga muhtoj aholi, yani doimiy daromadga ega bolmagan, taklif bolsa, albatta rad etmay ishga joylashadigan fuqarolarimiz 1 million 400 ming nafarni tashkil etadi.

Davlat fuqarolarini ish bilan taminlashi lozim. Agar taminlay olmasa, qonunlarda keltirilganidek, ishsizlik nafaqasini tolab berishi kerak. Ammo biz bu tushunchani unutib qoygandekmiz. Yillar davomida mehnat organlariga mablag yetishmasligi natijasida nafaqani tolab bermaslik holatlari kuzatilgan. Otgan yilga nisbatan joriy yilda nafaqa olgan fuqarolar soni 7 barobar oshdi. Ishsizlik darajasini hisobga olganda, yuqorida keltirilgan korsatkich kamlik qiladi. Bizning oldimizga qatiy talab qoyilgan: ish topib ber yoki nafaqa tola.

Jamoat ishlari jamgarmasi tashkil etilganidan xabaringiz bor. Bu viloyatlarda yaxshi samara beryapti. Toshkent shahrida esa ortacha ish haqi darajasi yuqoriligi hisobiga odamlar belgilangan narxdan biroz norozi bolishyapti. Natija u qadar sezilmayapti. Jamoat ishlariga jalb qilish natijasida 71 ming nafar kishining bandligi taminlandi. Bu majburiy mehnatga qarshi kurashda ham qol kelmoqda.

Yuqorida aytganimdek, ishni yangi qarashlar, yangi yondashuvlar asosida olib borishga harakat qilyapmiz. Masalan, odamlarni ishli qilishdan kora, ozini ozi band qilish choralari korilmoqda. «Har bir oila tadbirkor», Yoshlar kelajagimiz davlat dasturlari asosida qariyb 16 ming kishi oz ishini yolga qoydi, yangi ish orinlari yaratildi.

Yangi ish orinlarini tashkil etish borasida davlat buyurtmasi boyicha Prezident qarori qabul qilindi. Shunga muvofiq, joriy yilda 370 ming ish orni tashkil etish, 182 ming aholini vaqtincha ishga jalb etish boyicha davlat buyurtmasi shakllantirildi. Joriy yilning 4 oyi davomida esa respublika boyicha 68 mingdan ortiq yangi ish orni yaratildi.

Ogriqli nuqtalarimizdan yana biri kadrlar raqobatbardoshligini taminlay olmayotganimizdir. Ayni vaqtda mamlakatda 150 mingdan ortiq vakansiya bor. Lekin talabgor ish beruvchini qanoatlantirmaslik holatlari kuzatilyapti. Ishsizlik muammosi tizimli masala hisoblanadi. Talim tizimida standartlar ishlab chiqilgan. Unga mos kelgan bitiruvchiga diplom berilyapti. Lekin mutaxassis diplomida yozilgan yonalishga tayyor emas. Bu ozini ozi aldash emasmi? Bu holat qachongacha davom etadi? Kuni kecha Vazirlar Mahkamasining qarori chiqdi. Endilikda milliy kasblar tizimini Mehnat vazirligi akkreditatsiyadan otkazadi. Shuningdek, xususiy bandlik agentliklariga oxshab milliy baholash markazlari tizimini joriy etish kerak va bu loyiha sifatida ishlab chiqilmoqda.

Talim va mehnat bozorini boshqarish ikki xil tizimdir. Ularni birlashtirib bolmaydi. Talabni ish beruvchi qoyadi. Biz shu talabga mos kadrlarni yetkazishimiz shart...

Yigilishga kelishdan oldin yana uzundan-uzoq, raqamlarga tola hisobotni eshitaman, deb oylagandim, dedi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari, Oliy Majlis Senati azosi Maqsuda Vorisova. Ammo yanglishgan ekanman. Bugun haqiqiy manoda ishsizlik muammosiga munosabat ozgaribdi.

Hisobot davomida ayollarni ish bilan taminlanishi togrisida gap boldi. Ayollar ortasida ishsizlik darajasi yuqori. Ular asosan malaka talab etmaydigan yollanma, mavsumiy ishlar bilan band boladi. Oqibatda opa-singillarimizning nafaqaga chiqish vaqtida muammolar yuzaga keladi. Yana bir masala. Nogironligi bolgan kishilarning mehnat bozoriga raqobatga kirishishi cheklangan. Uchinchi guruh nogironlarini ish bilan taminlash borasida ham imtiyozlar kozda tutilgan. Shu masalalarga aniqlik kiritsangiz...

Ayollarni tadbirkorlikka jalb qilish boyicha bazaviy hisoblash miqdoriga asosan yordam puli ajratamiz, dedi bunga javoban Sherzod Qudbiyev. Bu borada smeta ham tasdiqlangan. Shuningdek, ish beruvchi ishsiz xotin-qizlar bandligini taminlasa, kasbga qayta oqitsa, olti oygacha 4 bazaviy miqdorda mablag beriladi. Bu Andijon viloyati Xojabod tumanida tajriba qilib korildi.

Ish beruvchi ijtimoiy himoyaga muhtojlarni ishga olib, kerakli sharoit yaratib bersa, bir yil davomida yordam puli ajratiladi.

Shuningdek, yigilishda xususiy bandlik agentliklari rahbarlari ham ishtirok etib, oz tajribalari haqida gapirib berdi.

Xususiy bandlik agentligi tashkil etish istagi paydo bolganda, kopchilik qarorimdan qaytishga undadi, dedi Human xususiy bandlik agentligi rahbari Shohnur Fayzullayev. Rosti, ozim ham ovoragarchiliklar kop boladi, deb oylagandim. Ammo unday bolmadi. Kerakli hujjatlarni tayyorlab, hisob raqamiga 50 ming AQSh dollari miqdorida mablag qoydim. Ayrim xususiy bandlik agentligi ochish istagidagi kishilarni bu juda oylantirdi. Ularga ham barchasi fuqarolar manfaatini kozlab qilinayotgani tushuntirildi. Ayni vaqtda 78 ta agentlik tashkil etilgan bolib, shundan 58 tasi chet elda ishga joylashtirish litsenziyasini oldi. Ozim ham otgan yilning noyabr oyida litsenziya oldim. 110 nafar insonni ish bilan taminladim. Ular respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borishyapti.

Bizga tolov miqdori borasida kop savollar boladi. Tolov 199 mingdan boshlab 35 million somgacha boradi. Narx xizmat korsatish turlariga bogliq hamda sugurta, transport xarajatlariga ham qaraladi. Shuningdek, xorijga ishga ketish istagini bildirgan shaxs qaysi sohada ishlashni ozi tanlaydi.

Germaniyada ham agentligimizning ofisini ochdik. Vakilimiz har uch oyda monitoring olib boradi. Shu kunga qadar 230 nafar fuqaroni xorijga jonatdik. Albatta, mehnat muhofazasi masalasi ham taminlangan boladi.

Yigilish davomida deputatlar Davlat dasturida belgilangan bandlik sohasidagi vazifalar malum hududlarda toliq bajarilmaganini aytishdi. Bu borada ayrim hududlarda imkoniyatlardan toliq foydalanilmayotgani takidlandi. Yol qoyilgan kamchiliklar muhokama etildi.

Eshituv yakuni boyicha hamda bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda qomitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Mahliyo ALIQULOVA tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: