O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
28.05.2019

PEDAGOGIK TALIM INNOVATSION KLASTERI

alohida sub’ektlarning, texnologiyalar va inson resurslarining integratsiyalashuvini kuchaytiradi

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida «Barqaror rivojlanishda uzluksiz talim: muammo va yechimlar» mavzusida bo‘lib otgan xalqaro konferensiyada bu fikr takror va takror aytildi. Ushbu ilmiy anjumanda Qozogiston, Qirgiziston, Turkmaniston, Afgoniston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Germaniya, AQSh, Xitoy kabi xorijiy mamlakatlardan 50 ga yaqin professor-oqituvchi, shuningdek, respublikamizning oliy talim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, akademik litsey va umumiy orta talim maktablaridan 700 ga yaqin professor-oqituvchi, tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2019 yil uchun moljallangan eng muhim ustuvor vazifalar togrisidagi dolzarb masalalar qatorida ilm-fan va talim, ijtimoiy-iqtisodiy hayot munosabatlariga alohida urgu berilgan edi. Xalqaro konferensiyada asosiy etibor maktabgacha, umumiy orta va oliy talim tizimini bugungi kun talablari asosida yaxlit bir butunlikda tashkil etish hamda talimning toliq uzluksizligiga erishish masalalariga qaratildi.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori, Ozbekiston Respublikasi Fan arbobi Gafur Muhamedov anjumanni ocharkan, tashrif buyurgan ishtirokchilarga minnatdorlik bildirib, talim, ilm-fan har qanday jamiyat, millat va davlatning kelajagini belgilab beradigan, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omil ekanini takidladi.

– Insoniyat kop ming yillik taraqqiyoti davomida jamiyatni rivojlantirishning talim, ilm va hunardan samaraliroq vositasini kashf qila olgan emas, dedi Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori Gafur Muhamedov. Shu sababli fan, talim-tarbiya va iqtisodiyotning ozaro har tomonlama uzluksiz aloqasini taminlay olgan, yani, integratsiyalashuvga erishgan jamiyat rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi.

Men Chirchiq davlat pedagogika institutida bolib otayotgan bugungi xalqaro konferensiyani tarixiy anjuman deb hisoblayman, dedi Tojikiston Respublikasining Panjakent pedagogika instituti professori, tarix fanlari doktori Shodmon Vohidov. Negaki, ikki qardosh davlat rahbarlarining uchrashuvidan keyin chorak asrdan buyon yopib qoyilgan chegaralar ochildi, tabir joiz bolsa, bir-biridan ajratib qoyilgan ikki azim daryo yana birlashdi, ummonga aylandi. Tarixiy uchrashuvda ikki davlatning har tomonlama hamkorligi borasida 57 hujjat imzolandi. Ishonasizmi, hozir ikki davlatda yashayotgan, bir-biri bilan qarindosh-urug bolgan 2 milliondan ortiq aholi bemalol bordi-keldi qilayapti. Tojikiston oliy talim muassasalarida 6 ming nafarga yaqin ozbekistonlik yigit-qiz talim olmoqda. Ozbekistonda ham oliy talim muassasalarida talim olayotgan tojikistonlik yoshlar soni yildan-yilga kopayib borayotir.

Men faoliyat korsatayotgan Panjakent pedagogika instituti nodavlat xususiy oliy talim dargohi sifatida 30 yildan buyon faoliyat olib borayapti. 4 ming nafar talaba tahsil oladi. Tojikistondagi 40 ta oliy talim muassasasi ortasida barcha korsatkichlar boyicha 13-orinda turadi. Kam taminlangan oilalarning farzandlari, nogironligi bolgan yoshlar bepul oqitiladi. 2012 yildan boshlab masofali talim tashkil etilgan. Har yili 80 ga yaqin talaba masofali sirtqi talimda tahsil oladi.

Bugungi davr farzandlarimizni maktabgacha talim muassasalaridan boshlab, maktab, kollej va oliy oquv yurtlarida tahsil olishiga qadar uzluksiz talim tizimini tubdan takomillashtirishni taqozo etmoqda. Shuning uchun institutimizning oziga qarashli maktabgacha talim muassasasi, umumtalim maktabi, litseyi va kolleji bor. Ularni bitirib chiqqan oquvchilarga keyinchalik bakalavriat, magistratura, doktoranturada oqish imkoniyatlari yaratilgan. Lekin mamlakat miqyosida olganda, bu dengizdan tomchiday gap. Tojikiston misolida oladigan bolsak, har yili 52 ming nafar ogil-qiz 1-sinfga boradi. Lekin hozirgi imkoniyat darajasi 42 ming nafar ogil-qizni qabul qilishga yetadi xolos. Bundan tashqari, maktablarga mingga yaqin oqituvchi yetishmaydi. Ozbekistonda ham ana shunday muammolar toplanib qolgan. Shuning uchun ushbu muammolarni birgalikda hal etish ijobiy natijalarni beradi, deb oylayman.

Yaqinda institutimiz va Chirchiq davlat pedagogika instituti ortasida talim tizimini takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish boyicha ozaro hamkorlik togrisida memorandum imzolandi, deydi Qozogiston Respublikasining Chimkent davlat pedagogika universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Alimbek Jumanov. Unga kora, doimiy ravishda ozaro tajriba almashish, professor-oqituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni yetakchi xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborish, pedagogika sohasidagi ilgor xorijiy tajribalarni ozlashtirish, pedagog kadrlarning kasbiy malakalari va bilim saviyasini uzluksiz yuksaltirish, pedagogik talimda yangi avlod oquv, oquv-metodik, ilmiy adabiyotlar, vositalar va didaktik materiallar majmuasini yaratish kabi yonalishlarda hamkorlik yolga qoyiladi.

Hozir shunday davrga yetib keldikki, talim, fan va pedagogik amaliyotning turli shakl va turlarini izlab topish, talimga tatbiq etish, ularning uzviyligini taminlovchi mexanizmlarni takomillashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlashda maktabgacha, orta talim va oliy talim muassasalari ortasidagi hamkorlikni taminlash, pedagogik talimni rivojlantirishning dolzarb masalalari atrofida intellektual resurslarni integratsiyalash zaruriyati barcha Markaziy Osiyo davlatlari uchun juda muhim bolib qoldi. Busiz rivojlanish mumkin emasligini hammamiz tushunib yetdik.

Yana bir narsani afsus bilan takidlashim kerak, keyingi yillarda oila tirikchiligi, talim tizimida oqituvchilarga tolanadigan oylik maoshning kamligi kopchilik erkak oqituvchilarni oz sohasini tashlab, tirikchilik yoliga kirib ketishga majbur qildi. Oqibatda umumtalim maktablarida 70-80 foizdan koproq oqituvchilar xotin-qizlardan iborat bolib qoldi, bu esa oz navbatida talim samaradorligini pasaytiribgina qolmasdan, oquvchilarning talim-tarbiyasiga, xarakteriga salbiy tasir korsatganini ham inkor etib bolmaydi. Ozbekiston Prezidentining ana shu masalalarga jiddiy etibor qaratayotgani, pedagog kadrlarning oylik maoshlari bozor iqtisodiyoti talabi darajasida oshirilishi erkak oqituvchilarning yana oz kasbiga qaytib, oquvchilar talim-taribyasi bilan shugullanishiga imkon beradi, deb oylayman.

Bugungi konferensiyadan kozlangan maqsad pedagogika sohasidagi kamchiliklarni aniqlash ularga yechim topishdan iborat, dedi Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori Gafur Muhamedov. Ana shu maqsadda bir yilga yaqin davr mobaynida maktablarda talim samaradorligi darajasi, bu boradagi kamchiliklarni organdik. Umumiy muammolardan biri talim tizimida umumiy uzviylikning yoqligi, pedagog kadrlarning yetishmasligi. Garchi bu borada Prezidentimiz tomonidan bir qator qaror va farmonlar qabul qilingan bolsa-da, nazarimda ularni hayotga tatbiq qilish tola amalga oshmayapti, muammolar toliq yechilmayapti.

Otgan yillar mobaynida oldimizga qoyilgan maqsadlarga erishish usul va vositalarini aniq belgilay olmaslik, mehnat bozori talablarini chuqur organmaslik, odamlarning ijtimoiy ahvoli va xohish-istaklarini inobatga olmaslik oqibatida anchagina jiddiy xato-kamchiliklar kuzatildi. Natijada, Talim togrisidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida nazarda tutilgan talablar toliq ijrosini topmadi.

Shuning uchun men pedagogik talimni innovatsion klaster tizimiga otkazish tashabbusi bilan chiqdim. Bu umumiy holatda bir butun, uzviy aloqada bolib ishlashni, alohida subektlarning, texnologiyalar va inson resurslarining integratsiyalashuvini kuchaytiradigan mexanizm hisoblanadi. Bu oz navbatida innovatsion zanjirni hosil qiladi va talim sifatini yaxshilaydi. Ana shu maqsadda hozirgi kunda samarali talim xizmatlari bozorini shakllantirish innovatsion talim texnologiyalarini tezlik bilan amaliyotga joriy etish imkoniyatini beradi. Ana shu maqsadda hozir institutimizda maktabgacha talim muassasalari, umumtalim maktablari, litsey va kollejlar, oliy oquv yurtlarini Muvofiqlashtirish kengashi tuzildi va unga tegishli mutaxassislar jalb etildi.

Toshkent viloyati talim tizimida mavjud kamchiliklarni organish va ularning tahlili shuni korsatdiki, pedagogik talim yonalishlarini muvofiqlashtirish, istiqbolni rejalashtirish, talim bosqichlari ortasidagi aloqa va integratsiyaning sustligi, talim subektlari faoliyatidagi tarqoqlik hududda pedagog kadrlarga bolgan ehtiyojning qondirilmasligi va talim sifatining pasayishiga sabab bolgan. Shundan kelib chiqqan holda institutimiz Toshkent viloyatida pedagogik talim innovatsion klasterini yaratish bilan bogliq yangi tizimni ozining ustuvor strategik yonalishi sifatida belgilab oldi va shu tizim asosida muayyan ishlarni amalga oshirdi. Ushbu tizim yengil sanoat, qishloq xojaligining qator tarmoqlari hamda iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmoqlarida samarali hisoblangan klaster usulini talim jarayoniga tatbiq etishni nazarda tutadi.

Ishlab chiqarish tarmoqlarida xomashyoni yetishtirish, qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirish hamda uni realizatsiya qilish ketma-ketligi zanjiri mavjudligini bilamiz. Bunday ketma-ketlik pedagogik talim tizimida ham inson kapitali korinishida mavjud. Bu esa ishlab chiqarishda samarali bolgan klaster modelini talim tizimiga joriy etish nazariy jihatdan mumkin ekanligini korsatadi.

Ushbu model uzluksiz talim tizimidagi barcha talim turlarining birgalikdagi faoliyati asosida pedagogik talim tizimini sifat jihatidan yangi darajaga kotarish imkonini beradi, kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, talim-tarbiya uzviyligini taminlaydi. Ayni paytda bu umumiy yonalishlar talimni boshqarish va tashkillashtirish, talim turlari, yonalishlari ortasida uzviylik hamda integratsiyani taminlash, oqitish metodlari va vositalaridan foydalanish kabi yonalishlarda xususiylashadi.

Klaster tizimi har biri alohida faoliyat olib boradigan subektlarni umumiy maqsad atrofida birlashtiradi va ayni paytda har bir subekt umumiy maqsaddan kelib chiqqan holda xususiy manfaatdorlik asosida ish yuritadi. Klaster tizimi subektlari bir-birini qollab-quvvatlaydi va nazorat qiladi, har biri alohida klasterning manaviy va intellektual maydonini yaratadi, ijtimoiy tasiri hamda ahamiyatini kengaytiradi. Bu tizim aloqadorlik, uzviylik, izchillik, vorisiylik, zamonaviylik, yonaltirilganlik, manfaatdorlik tamoyillariga asoslanadi.

Pedagogik talim innovatsion klasteri institutning asosiy ilmiy tadqiqot yonalishi sifatida belgilangan bolib, hozirda ottizdan ortiq professor-oqituvchi mazkur ilmiy tadqiqot yonalishida izlanishlar olib bormoqda. Barcha say-harakatlarimiz viloyatning pedagog kadrlarga bolgan ehtiyojini sifatli qondirish, sohaga ilgor xorijiy tajribalarni jalb qilgan holda zamonaviy raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlashdan iborat.

Bugungi rivojlanish bosqichida pedagogik talim innovatsion klasteri jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha jabhalarini rivojlantirishda yaqin kelajakdagi eng muhim tizim sifatida taqdim etilmoqda. Bu talim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarining ozaro uzviy va uzluksiz aloqasini taminlash, har tomonlama yetuk kadrlarni tayyorlash imkonini beradi. Chunki kadrlar bilim saviyasi va raqobatbardoshligi iqtisodiy ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xojaligi hamda jamiyatning boshqa sohalari taraqqiyoti, raqobatbardoshligining asosidir. Har bir ishimizdagi sifat va samara aynan shu masala bilan chambarchas bogliqligini rivojlangan mamlakatlar tajribasi, qolaversa, hayotning ozi yaqqol korsatib turibdi.

Anjuman doirasida fan-talim masalalariga bagishlangan taqdimotlar, ijodkor talabalar yaratgan ishlanmalar korgazmasi namoyish etildi.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: