O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
21.05.2019

QOROVULBOZORDA BIR KUN

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumaniga yetib borganimizda quyosh borliqni qizdira boshlagandi. Harorati viloyat markazidan birmuncha farq qiluvchi tumanda qurilish, bunyodkorlik ishlari qizg‘in. Tuman hokimligida hokim orinbosari, xotin-qizlar qomitasi raisi Sharofat Yoldosheva kutib oldi. Salom-alikdan song maqolamizga asos boluvchi manzillarga otlandik...

Namunali yangi kop qavatli uylar atrofi ozoda, sarishta. Daraxt kochatlari hali yosh bolgani uchun soya-salqin joylar kam. Kop qavatli uyning birinchi qavatida nogironlar aravachasi uchun maxsus uskuna (pandus) ornatilgan. Kiraverishdagi ong eshikdan yoshlari 60 dan oshgan ayol bizni kutib oldi va ichkariga boshladi. Ikki xonali uyning bittasi tikuvchilik qilish uchun jihozlangan. Atrofga bir-birini takrolamaydigan turli bichimdagi liboslar ilingan. Ularni 2-guruh nogironi Nafisa Bekniyozova tikkani esa yanada quvonarli.

— Avval 4 akam va ularning oilasi bilan bir hovlida yashardik, dedi Nafisa Bekniyozova. 2016 yilda tuman xotin-qizlar qomitasi komagida imtiyozli kredit evaziga uy oldik. Tikuv mashinasi hamda nogironlik aravachasi berishdi. Onam bilan biriga yashayapmiz. Qolim mehnatda, yuragimda niyatlarim kop. Qoni-qoshnilarim kiradi yonimga, ozim ham sayr qilish uchun kochaga chiqib turaman. Tikuv mashinasi esa ovunchogim. Ham pul ishlab topaman, ham yangi libosni kiygan kishini korib, quvonib ketaman.

Biz bilan suhbatda kozlarini yerdan uzolmagan ma’sumaning barcha orzulari amalga oshishiga tilak bildirib, fayzli xonadonni tark etdik. Keyingi manzil «Bozachi» mahalasi boldi. U yerda mahalla raisi, tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi Gulnora Narziyeva hamda bir guruh xotin-qizlar bir tadbirga hozirlik korayotgan ekan. Obod qishloq dasturi asosida qayta qurilayotgan mahalla binosining hovlisi gulzor qilingan. Ana shunday manzara ichida bir guruh qizlar ovozi eshitildi. Sherxonlik qilayotgan oquvchilar bizni korib salom berishdi. Vatan, ona, ayolni madh etuvchi sherlar oqildi. Deputat yoshlarga kitob tarqatdi.

Tomorqasida issiqxona tashkil etgan, quyonchilik, parrandachilik bilan shugullanayotgan uy bekalarining daromadlari bilan qiziqdik. Aytishlaricha, ular bir ish bilan chegaralanib qolmaydi.

Uyimizda qoramol, qoy, tovuq boqamiz. Kim bizga nima berarkin, deb kutib otirmaymiz-ku. Mavsumiy ishlarga ham ulguramiz. Qizim, oglim va kelinim bilan 1,5 sotixga imtiyozli kredit evaziga issiqxona qilib, pomidor ekdik. Hosilimiz yaxshi. Daromadiga qarab, kelasi yil ishimizni yana ham kengaytirmoqchimiz, deydi Lutfiya Muhidova.

Mahalla binosiga kirganimizda bir ayol malumotnoma olish uchun keldi. Uni ham suhbatga chorladik. Ozini Gulsara Navrozova, deb tanishtirgan ayol avvaliga gapirishga iymandi. Farzandlari haqida soraganimizda jim turmadi.

Togrisini aytsam, turmushim oson kechmadi, deb gap boshladi u. 2005 yilda tugilgan oglim nogiron. U doimiy parvarish, qarovga muhtoj. Uyimiz tomidan chakka otib turardi. Eshik va deraza oynalari yoq edi. Tuman hokimligi va saxovatli insonlarga rahmat. Tamirlab berishdi.

Turmush ortogimning topgani kochada yoq boladi. Shu bois ham ishlab, ham rozgorga qarashimga togri keladi. Peshona ekan, bolalarim otasiz qolmasin, deb sabr qilyapman. 11 yoshli qizalogim ancha yordamchi bolib qolgan. Ish bilan band bolganimda u akasiga qarab turadi. Mana hozir ham qizim akasiga qarab qoldi. Mutasaddilar mavsumiy ishga olishyapti. Shunga malumotnoma uchun kelgandim. Nogironlik nafaqasi olardik. Bundan buyon maosh ham olaman. Rozgorim but boladi. Ona uchun bolalarining farovonligidan muhimroq xursandchilik bolmasa kerak...

Ozi yemay yedirib, qiynalsa ham, jigarbandini bagridan qoymaydigan Gulsara Navrozova kabi onalar hayotini, umrini farzandiga bagishlaydi. Ularning tutgan yoli barchaga ornak bolishga arziydi. Ana shu oylar bilan Bozachi mahallasidan uzoqlashdik. Xayolga chomib qolganimni korib, xotin-qizlar qomitasi raisi Sharofat Yoldosheva gap boshladi:

Hokimiyatga ishga kelganimda mazkur vazifaning masuliyatini tushunardim, ammo boshdan otkazib kormagandim. Har kuni onlab opa-singillarimiz bilan korishamiz, suhbatlashamiz. Erta tongdan kechgacha, bazan yarim kechasigacha ishlaymiz. Buni kimdir majburlaganidan yoki qorqqanimizdan emas, zimmamizdagi masuliyatni tolaqonli bajarish, odamlarning ishonchini oqlashga bolgan ishtiyoq sababli qilamiz. Davlat rahbari halovatsiz ishlab turgan bir vaqtda bizga dangasalik yarashmaydi. Ayniqsa, ozingiz korganingizdek, xotin-qizlarning qismati, godaklar taqdiri halovatingizni ogirlar ekan.

Togri, hali kop ish qilmadik. Oldinda turgan vazifalar bisyor. Lekin harakat bor, hamkorlik bor. Masalan, tuman aholisi bandligiga alohida hissa qoshgan Qorovulbozor tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi Farrux Bekmirzayevni olaylik. Yosh bolishiga qaramasdan, bugun uni barcha taniydi. Saxovatpeshaligi, ishbilarmonligi bilan aholi hurmati va etiboriga erishgan. Ayni paytda yirik bir loyihaning asoschisi bolgan. Mana bu qurilayotgan (avtomobil oynasidan tashqarini korsatadi) masjidning bosh homiysi. Bir necha yuz million som mablag evaziga qad rostlayotgan bu maskan tumanimiz aholisini yanada birdamlikka chorladi. Ishchilarga ovqat tayyorlash uchun oilalar navbatga turishyapti. Bunday ahilchilik odamga kuch beradi.

Sharofat opa deputat bilan hamkorlikdagi tadbirlar va loyihalar haqida gapirdi. 120 nafardan ortiq odamni ish bilan taminlagani, tuman eksportidagi katta hissasi barchaning etirofiga sazovor bolayotgani takidladi. Suhbatimiz deputat tashkil etgan issiqxonada davom etdi.

Ayni paytda bizga yaratilgan qulaylik va imkoniyatdan foydalanib, ishimizni yanada kengaytirmoqchimiz, dedi Farrux Bekmirzayev. Yaqinda Rossiya bilan hamkorlikda investitsiya olib kirdik. Mevalarni quritib, xorijga eksport qilish niyatidamiz. 9 gektar tashlandiq yerga 200 million som mablag sarflab, ming mashina tuproq tashlab, ishlov berdik va kuzgi ekin uchun tayyorlab qoydik. U yerda bodring va pomidor uchun Koreya texnologiyasi asosida energiya tejamkor issiqxona barpo qilinadi. Yana 100 ta yangi ish orni yaratmoqchimiz. Partiyamiz elektorati bolgan xotin-qizlar, ishsiz yoshlarning bandlgini taminlashga hissa qoshsak, ehtiyojmand kishilarga komak bera olsak, odamlar bizdan rozi boladi. Bu esa ishimizdagi baraka va samaradorlikni yanada oshiradi.

Suhbatimiz orasida deputat maqtanishni yoqtirmasligini aytdi. Xalqning duosi bilan unib-osayotganini takidladi. Katta-katta loyihalari, rejalarini biz bilan ortoqlashdi. Faqat deputatning iltimosiga kora, bularga kop toxtalmaymiz. Uning fikricha, qilingan ishlarni aytish uning barakasini uchirib, savobini kamaytirar ekan...

Ha, maqola avvalida toxtalmagandim. Lekin endi aytmasam bolmaydi. Buyuk Ipak yoli karvoni Qorovulbozor tumanidan ham otgan ekan. Tumanga kiraverishdagi Sardoba esa buning isboti sanalarkan.

Tarixdan malumki, sardobalar Buyuk Ipak yolining yoqasida qurilgan, dedi fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Qorovulbozor tuman kengashi raisi orinbosari Narzullo Mahmudov. Sardoba sozi fors tilidan olingan bolib, sard sovuq, ob esa suv manosini anglatadi. Demak, ushbu inshoot suvni saqlash uchun xizmat qilgan. Mazkur sardoba 16 asrda Abdullaxon hukmronligi davrida qurilgan. Uning 3 ta eshigi bolib, hovuz kengligi 15 metrni tashkil etadi. Afsuski, mana shunday tarixiy obida bir necha yillar davomida qarovsiz qolgan. Ayni paytda davlatimiz tomonidan ajratilgan katta mablag evaziga tamirlash ishlari olib borilmoqda. Shukrlar bolsinki, qadamjolar, ziyoratgohlar obod bolib, moddiy merosimiz qayta tiklanmoqda. Oz navbatida bu ishlar turizmni rivojlantirishga katta hissa qoshadi.

Rejalashtirilgan ishlarni tugatib, soatga qaraganimda kech tushib qolgan edi. Kun boyi men tanishgan insonlar, qadamim yetgan joylar, xilma-xil taqdirlar haqidagi taassurotlar anchagacha xayolimdan ketmadi. Ertangi rejalar haqida oylar ekanman, yangi manzilda meni kutayotgan yangiliklarni tasavvur qilib uyquga ketdim...

Zilola UBAYDULLEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: