O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.05.2019

JINOYAT SODIR BOLDI...

Jigarbandini sotmoqchi edi...

Shu yil 15 may kuni soat 12.05 larda Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yashovchi 24 yoshli A.B. ismli ayol, opasi 30 yoshli L.B. bilan birga 2019 yil 13 may kuni tug‘ilgan qizini Sayqal mahallasida 2 000 000 somga sotayotgan vaqtda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qolga olingan.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qahvaxonada ogrilik

Joriy yil 15 may kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 55 yoshli G.B. ismli ayol IIBga murojaat qilib, shu yil 10 mayga otar kechasi noma’lum shaxslar unga tegishli bolgan va hozirda faoliyat korsatmayotgan qahvaxonasiga deraza oynasini sindirish yoli bilan kirib, 10 950 000 som puli, umumiy qiymati 19 million somlik 5 turdagi zargarlik buyumlari, oshxona idishlari, havo sovitgichi, videokuzatuv moslamasining xotirasi, kiyim-kechaklari, umumiy qiymati 4 950 000 somlik spirtli ichimlik mahsulotlari, «Samsung» va 2 dona Sony rusumli televizorini ogirlab ketganligini malum qilgan.

Korilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi 22 yoshli K.E. ismli ayol va Guliston mahallasida yashovchi 40 yoshli G.J.lar sodir etganliklari aniqlanib, ular ushlangan.

Jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Talonchilar uzoqqa bora olmadi

Fargona viloyatining Qoqon shahrida 2019 yil 17 may kuni Uchkoprik tumanida yashovchi 21 yoshli F.M. IIBga murojaat qilib, shu yil 16 may kuni Qoqon savdo kompleksiga Samsung mobil telefonini sotish uchun kelganida 2 nafar nomalum shaxs mobil telefonini 320 000 somga sotib olishlarini, pulni avtomashinadan olib berishni aytib, Chortoq kochasiga yetib kelganlarida nomalum shaxslardan biri yuziga qoli bilan urib, mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringanliklarini malum qilgan.

Korilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qoqon shahar Obirovon kochasida yashovchi 19 yoshli S.Q. va M.M.lar sodir etganligi aniqlanib, ular ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ikki kishi halok boldi

2019 yil 17 may kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi S.J. Kobalt rusumli avtomashinani Toshkent viloyati Yangiyol tumanining Chamanzor mahallasi hududidan otuvchi avtomagistral yolida haydab ketayotib, shu yonalishda oldinda texnik nosozligi sababli toxtab turgan MAZ-509A rusumli yuk avtomashinasining yarim tirkama bortiga urilib, toqnashuv sodir etgan.

Natijada Kobalt avtomashinasi yolovchilari, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashagan Z.M. ismli ayol va Termiz tumanida yashagan S.X.lar jarohatlanib, voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, Kobalt avtomashinasi haydovchisi S.J. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan va mashinada bolgan yana 2 nafar yolovchiga kasalxonada tibbiy yordam korsatilgan. Holat boyicha jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nilufar TORAXONOVA,

Ozbekiston Respublikasi IIV

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi katta inspektori, leytenant.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: