O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.05.2019

OLMON TILI TARAQQIYOT TILI

O‘zbekiston bilan Yevropaning eng rivojlangan davlati bolmish Olmoniya ortasidagi ozaro manfaatli hamkorlik, dostona aloqalar tobora kengayib, mustahkamlanib bormoqda. 2019 yilning yanvar oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi munosabati bilan otkazilgan uchrashuvlarda ikki mamlakat tadbirkorlari ortasida imzolangan 10 milliard yevroga teng investitsiyaviy shartnomalar ana shu hurmat va ishonchning yorqin namoyishidir.

DOYCHLAND, JYOMENI...

Ma’lumki, sanoqli kunlardan song Germaniya davlat boshligi Frank-Valter Shtaynmayyerning Ozbekistonga kelishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan biz Olmoniya va olmon tili haqidagi ayrim muhim malumotlar ustida fikr yuritmoqchimiz.

Olmoniya – Yevropaning qoq markazida joylashgan va ayni kunda ana shu kontinentning eng qudratli mamlakatlaridan biridir. 82 million aholisi bor, bu mamlakat Avstriya, Belgiya, Vengriya, Gollandiya, Daniya, Fransiya, Shveytsariya, Chexiya, Polsha kabi 9 davlat bilan chegaradosh. Yer maydoni 357340 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Bu yurtning nomi dastavval duitisk, keyinchalik theudisk yoki tiu(t)sch) sozi «urugga tegishli», xalqchil manosida VIII asrda olmon tiliga, XI asrda ushbu tilda gapiruvchi xalqqa nisbatan, XIX asrda mamlakatga (Deutschland) va nihoyat XX asr ortalarida yaxlit davlatga (Vundesrepublk Deutschland) nisbatan ishlatilgan.

Hozirgi kunda Germaniya Doychland (Deutschland), uning tili esa doych (Deutsch), doyche shpraxe (Deutsche Sprache), yani xalq tili manosida va xalqning nomi Doyche (Deutsche) deb yuritiladi. Bu atama dunyoning boshqa turli xalqlari tillarida turlicha aytilib keladi. Chunonchi, qoshni davlatlar Shvetsiyada Tyskland (Tiskland), Danimarqa va Norvegiyada pyska, Piskaland (Piskaland), Italiyada til lei parla tedesco, davlat nomi esa Germania; Irlandiyada Gearmainis, davlat esa Gearmen, Suahilida Ujerumani, inglizzabon xalqlar german qabilasining nomi bilan Jyomeni (Germany ), jyomen (German) va uning tilini jyomen (german language) desa, farangzabon xalqlar bu mamlakatni aleman qabilasining nomi bilan (Allemand) Almo va tilini almo deb yuritadi. Xuddi shu atama ispanlarda Alemania, Portugaliyada Alemanha, Turkiyada va turkiyzabon millat bolgan Ozarbayjonda ham aynan shunday Almanya (Almaniya), almanlar, alman dili, qolaversa, Tataristonda ham Almaniya, alman tili kabi iboralar kundalik leksika sifatida istemolga kiritilganiga sal kam yuz yil bolgan. Forsiy zabonda bu nom Olmoniya, mardumi olmon, zaboni olmoni, Almanu, arab tilida almanja atamalari normativ iboralardir. Ammo fin tilida doychlarning saks qabilasi nomi olinib, til va davlat nomi saksa, aholisini saksalainen deb atashadi. Estonlar olmonlarni sakslane deb yuritadi. Slavyan xalqlarida bu davlat nomi Germaniya, uning milliy tili nemetskiy yazk, aholisi nemets deb aytiladi.

Bunday aytilishning tarixiy sababi shuki, XIII asrdan boshlab slavyan yerlariga yurish qilib kelgan doychlar mahalliy xalq tilini bilmasdan, asosan ular bilan imo-ishora tili bilan muloqot qilgani sababli yerli slavyanzabon aholi ularning yurtini nemaniya, xalqini soqovlar (nems), tilini esa soqov tili (nemoy, nemetskiy yazk) deb atashgan. Qoshni slavyan xalqlarida shunga oxshatib, Polshada Niemzy, Slovakiyada Nemcija, Vengriyada Nemeorszag deyish urf bolgan. 1924 yildan sobiq SSSR tarkibiga kiritilgan Ozbekistonda Germaniya, uning xalqi hamda tilining orischa nomini birozgina silliqlab nemislar, nemis tili deb ozbekchalashtirib qoygan. Oshandan buyon yuz yil otsa ham bizda doychni nemis deb atashadi.

Bizning fikrimizcha, har bir xalq va uning tili nomlanishini oz tilimizga ogirishda tarjimaning oddiy transliteratsiya usulidan foydalanish maqsadga muvofiq boladi. Biz 32 millionli ozbekni butun dunyo Uzbekistan, Usbekistan, Uzbek, Usbeke deydiku. 82 millionli xalqning nomini biz ham doychlar, yurtini Doychland, tilini doych tili deb yuritsak, togri boladi. Biroq hozircha, keling, hech bolmasa, turkiyzabon va forsiyzabon urfga binoan Olmoniya, olmonlar, olmon tili deyishga organaylik. Axir bu xalq bugungi kunda bizning eng oqibatli, ishonchli hamkorlarimizdanku.

Bugungi kunda olmon tili dunyoning 120 milliondan ortiq aholisi, jumladan, 7 davlatida — Avstriya, Olmoniya, Shveytsariya, Lixtenshtayn, Lyuksemburg, janubiy-sharqiy Fransiya, shimoliy Italiyada davlat tili hisoblanadi. Olmon tili dunyoning 119 mamlakati maktablaridagi qariyb 20 million oquvchiga chet til sifatida orgatiladi. Dunyo oliy talimi tizimida esa bu til 117 davlat institut va universitetlarida asosiy chet til sifatida organilmoqda. Olmon tili Yevropaning garbi va sharqi ortasida koprik vazifasini bajarishi ham shu kunning voqeligidir. Olmon tili olmon falsafasi, adabiyoti, musiqasi, fani va madaniyati, iqtisodiyotini organishga kirishishning oltin kalitidir.

OLMON TILI FALSAFA TILI

Bugungi kunda yer yuzida turli millat va elatlarga mansub 7 milliardga yaqin aholi yashaydi. Bu xalqlarning oz milliy tili bor, albatta. Ular bir-biri bilan muloqot qilishi uchun chet tillarni organishi lozim. Dunyoda turli maqom va imkoniyatga ega bolgan 7000 dan ortiq til bor. Biroq barcha xalqlar uchun xalqlararo til ham mavjudki, bunday lingva franka maqomiga bugungi kunda ingliz tili ega (Bu maqom inglizzabon xalqlar turli davrlarda olib borgan kolonial siyosatning hosilasi ekanligi kopchilikka malum bolsa kerak).

Hozirgi olmon tili VIII asrdan buyon mahalliy sheva va dialektlarning birlashuvi asosida rivojlanib, bugungi kunda barcha jabhalarda normativ adabiy tilga aylangan jahon tillardan biridir. U oz boshidan tort taraqqiyot bosqichini bosib otgan nemiszabon xalqlarni birlashtiruvchi millatlararo va davlatlararo til hisoblanadi. Bu tilda bugungi kunda dunyoning 120 milliondan ortiq aholisi fikr almashadi. Dunyo tamaddunini rivojlantirgan buyuk falsafiy asarlarning kopi aynan ana shu tilda bunyod bolgan. Dialektika fanining otasi hisoblanmish Tabiat dialektikasi asari muallifi Fridrix Hegel (Gegel emas), materializmning asoschilari bolgan Immanuil Kant, Ludvig Foyyerbax, Fixte va Yunglar, buyuk tarixchi olim Y.Herderlar olmon tilida qalam tebratib, dunyo falsafiy tafakkurini rivojlantirgan.

OLMON TILI QUDRATLI BADIIY TIL

Bu tilning badiiy imkoniyat va salohiyatini eng yuqori pardalarda namoyon qilgan olmon adibi Yohann Volfgang fon Gyotedir. U olmon millatining eng ulugi va serqirra daho shaxsi sifatida olmon tilining barcha badiiy-ilmiy imkoniyatlarini 60 yil davomida bitgan ozining shoh asari bolmish Faust fojianomasida, Magribu mashriq devoni, avlodlarni yiglatgan Yosh Verterning iztiroblari kabi asarlari va boy sheriyati, minerologiya, sanat nazariyasi va amaliyotiga bagishlangan asarlarida yorqin namoyon eta olgan.

Buyuk olmon dramaturgi va shoiri Fridrix Shiller Ovrupo kapitalistik jamiyatining unsur va qusurlarini ozining Makr va muhabbat, Qaroqchilar, Mariya Styuart kabi dramalarida olmon tilining barcha uslubiy imkoniyatlarini ishga solganki, bu asarlar bugungi kunda ham dunyo teatrlari sahnalaridan tushmay kelmoqda.

Gothold Efraim Lessing esa ozining Donishmand Natan, Emiliya Galotti, Minna fon Barnhelm kabi dramalari va sanat nazariyasiga bagishlangan mashhur Laokoon kabi asarlarida umuminsoniy qadriyatlarni, dinlararo mushtaraklik va bagrikenglikni yuksak pardalarda tarannum etgan. Bu asarlar bugungi kunda ham oz ahamiyatini yoqotmay, koplab chet tillarga, jumladan ozbek tiliga qayta-qayta tarjima qilinib, milliy badiiy tafakkurimizni rivojlantirib kelmoqda.

OLMON TILI SANAT TILI

Koplab sohalar qatorida tasviriy va musiqa sanati sohasida ham olmon tafakkurining natijalari bisyor. Albrext Dyurer (1471-1528), Kaspar David (1774-1840), Otto Runge (1777-1810) kabi moyqalam sohiblari, Yohann Zebastian Bax (1685-1750), Ludvig van Beythofen (1770-1827), Rixard Vagner (1813-1883) kabi daho bastakorlar ijodi hozirgacha dunyoni hayratga solib kelmoqda.

OLMON TILI IQTISODIYOT TILI

Malumki, bugungi kunda Olmoniya iqtisodiyoti dunyoning kopgina mamlakatlariga namuna bolayotdir. Ana shu sohaning dastlabki talimoti hisoblanmish Kapital asari Karl Marks va Fridrix Engels qalamiga mansubligini hamma biladi. Mamlakatimizda shakllanayotgan bozor iqtisodiyotining yorqin namunasini, umuman iqtisodiyotda yaratilgan mojizaning olmon namunasini ham iqtisodiyotchi professor Ludvig Erxard yaratgan va bu mojizani butun dunyoga namoyon qilib, ikkinchi jahon mahorabasida yakson qilingan oz yurtini qisqa fursatda rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqqan.

OLMON TILI FAN VA TEXNIK KASHFIYOTLAR TILI

Avtomobil sanoatining shoh asari bolmish Mersedes Bens, Folksvagen, BMV kabi ogir va yengil avtomashinalarni olmon injenerlari tafakkuri yaratgan. Meditsina sohasiga daxldor diagnostika opka tashxisini aniqlovchi apparatning asosini nurlar belgilashini olmon olimi Ryontgen, avtomashina va boshqa texnik appartlaring yuragi bolmish Otto motorni Nikolapus Otto, salyarkada ishlaydigan motorni Dizel, oynai jahonni dastlab 1928 yilda olmon injneri Paul Nipkov, dastlabki mexanik kompyuterni 1938 yilda asli quruvchi-injener bolgan Konrad Suze, birinchi kitob bosish (tipografiya) texnikasini 1445 yilda dunyoning eng buyuk sakkizta ixtirochisining biri olmon Yohannes Gutenberg yaratgan. Fizika fanining korifeyi nisbiylik nazariyasini kashf etgan Albert Aynshtayn (Eynshteyn emas), nurlanish qonuni va kvant nazariyasini Maks Plank, kvant mexanikasini esa ixtirochi Verner Hayzenberg, opka kasalligini keltirib chiqaruvchi tayoqchani ham olmon tabibi Robert Kox kashf etgan. Olmonlar qilgan bu ixtirolar insoniyat taraqqiyotiga mislsiz hissa bolgani barchaga malum. Shularning bari olmon tilining qudrati va salohiyatidan darak beradi.

OLMON TILI INNOVATSIYALAR TILI

Yuqorida qayd qilingan barcha ixtirolar dastlab innovatsiya, yani yangilik sifatida tarixga kirgan, albatta. Ammo hozirgi kungacha jahonni ozgartirgan 20 dan ortiq mashhur innovatsiyalarni ham olmonlar yaratgan, yuqorida qayd qilinganlardan tashqari yana quyidagilar: 1650 yilda fizik Otto fon Gyureke yaratgan vakuum texnikasi, 1834 yilda Fridrix Keller yaratgan yogoch chiqindilaridan, sellyulozadan olinadigan qogoz turi, 1859 yilda fizik Fillip Rays ixtiro qilgan telefon, jinsi (Jeans) matosini yaratgan toqimachi-sanoatchi Lyob Shtraus, 1881 yilda tramvayni kashf qilgan Verner fon Siymens, 1897 yilda grammofon va plastinkani ixtiro qilgan Emil Berliner, 1903 yilda Raynhold Burger yaratgan termos idish, 1897 yilda aspirin dorisini yaratib, millionlar dardiga davo topgan kimyogar Feliks Hofmann, 1925 yilda Oskar Barnak yaratgan mikrofilm oluvchi fotoapparat, 1934 yilda Hermann Kemper kashf qilgan osma yol barisi-barisini olmoniyalik insonlar yaratgan va bu ularning innovatsion qudratidan darak beradi.

OLMON TILI HAMKORLIK TILI

Yuqorida qayd qilingan kashfiyotlar asosida faoliyat olib borayotgan olmon tadbirkorlari bugungi kunda dunyoning barcha rivojlangan davlatlari bilan yaqin hamkorlik aloqalari ornatgan. Jumladan, Ozbekiston rivojiga bevosita hissa qoshayotgan davlatlardan biri ham Germaniya Federativ Respublikasidir. 1994 yilda imzolangan Germaniya Ozbekiston hamkorlik shartnomasi asosida ikki mamlakat uchun manfaatli qator loyihalar yolga qoyilgan. Jumladan, MAN yuk mashinalarini ishlab chiqarish, Germaniyaning Kemnits zavodi toqimachilik texnologiyasining paxtani qayta ishlashda qollanilishi, KLAAS konserni va Lemken kompaniyasi bilan qishloq xojaligi texnikalari, KNAUF kompaniyasi bilan qurilish materiallari, Deutsche Kabel kompaniyasi bilan kabel-otkazgichlar ishlab chiqarish loyihalarini sanab otish mumkin. Talim tizimidagi chet el fondlari Konrad Adenauyer, Fridrix Ebert fondi, DAAD Olmoniya akademik almashuvlar xizmati, Gyote instituti, Humboldt fondi va boshqalar. Bu royxatni yana davom ettirish mumkin.

Mustaqillik yillarida Ozbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga 784,4 million AQSh dollari hajmidagi togridan-togri olmonzabon firmalar investitsiyalari va kreditlari jalb qilingan. 2018 yilning 9 oyi davomida ikki mamlakat ortasidagi ozaro tovar ayriboshlash hajmi 526 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda germaniyalik sarmoyadorlar ishtirokida 123 ta, shu jumladan, sof xorijiy kapitalga ega bolgan 26 ta korxona faoliyat korsatmoqda. Respublikamizda Germaniyaning 33 firma va kompaniyalari vakolatxonalari akkreditatsiya qilingan.

Oliy va orta maxsus talim sohasida ham Olmoniya bilan ancha keng hamkorlik yolga qoyilgan. Oliy talim sohasida Ozbekiston davlat jahon tillari universiteti va Haydelberg hamda Boxum universitetlari ortasida, Ozbekiston milliy universiteti va Myunster universiteti ortasida shartnomaviy asosda hamkorlik ornatilgan. Xalq talimi sohasida bugungi kunda mamlakatimizdagi 1842 maktabda 377 mingdan ortiq oquvchi nemis tilini organmoqda, shu jumladan, 5 mingga yaqin oquvchi Toshkent, Samarqand va Margilon shaharlarida Germaniyaning til sohasidagi ixtisoslashgan diplomini (DSD) olish huquqini beruvchi uchta maxsus maktablarda tahsil olmoqda. 4443 nafar oqituvchi nemis tilidan saboq bermoqda.

2019 yilning yanvar oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi munosabati bilan Berlinda otkazilgan forumda imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida Germaniyadan kelishi rejalashtirilgan 8 milliard yevro hajmli investitsiyaning egalari olmonzabon tadbirkorlardir.

OLMON TILINING OZBEKISTONDAGI BUGUNGI AHVOLI

Bugun dunyoda globallashuv davri boshlandi. 2012 yil 10 dekabrda mamlakatimizda chet tillarni oqitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaror elon qilindi. Unga binoan 2013 yildan boshlab Xalq talimida chet tillarni oqitish avvalgiday 5-sinfdan emas, balki 1-sinfdanoq yolga qoyilishi kozda tutilgan. Bu eamon talabi, yaxshi yangilik. Biroq qarorda organilayotgan chet tillar sifatida asosan degan urgu bilan birgina ingliz tiliga etibor qaratilganligi ancha-muncha munozarali holatga aylana bordi. Bu qarorning ijrosiga kirishgan Xalq talimi vazirligi tizimiga qarashli barcha talim muassasalari rahbarlariga maktablarda asosan va faqat ingliz tili oqitilishini joriy qilish buyurilgan. Maktab direktorlari esa oz maktablarida ishlayotgan barcha nemis, fransuz va boshqa chet tillari oqituvchilariga tez fursatda A. Avloniy nomidagi Respublika malaka oshirish instituti qoshida tashkil qilingan 4 oylik qayta tayyorlash kurslarida oqib, ingliz tili oqituvchisi sertifikatini olib kelishni, aks holda ishdan boshatilishlarini malum qilishgan. Bunday talabga hamma ham bir xil tayyor bolmagan va natijada qariyb besh mingga yaqin nemis, fransuz va boshqa chet tillar oqituvchilari oquv yili davomida ishdan boshatila boshlandi. Basharti mamlakatda asosan ingliz tili oqitilishi kerak bolganda ham bu talabga ekstrem, shoshma-shosharlik bilan emas, bunday biryoqlama chet til siyosatini asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim edi. Qolaversa, ishdan boshatilgan oqituvchilarni tayyorlashga shu mamlakatning behisob mablaglari va oqituvchilarning umri sarflanganini inobatga olish kerak edi-ku! Bunday keskin chora-tadbirdan nafaqat mamlakat ziyolilari, balki jahon xalqlari va ularning mamlakatmizda akkreditatsiya qilingan siyosiy, iqtisodiy va diplomatik doiralari taajjubga tusha boshlashdi. Bizning tegishli maorifchilarga murojaatlarimizga ular buni ota-onalar xoxlashayapti, degan mantiqsiz va yolgon javob berishdi va ozlarini oqlashdi.

Germaniya va uning davlat tiliga munosib etibor berish, bu til yordamida nemiszabon mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada yuqori pogonaga kotarish hozirgi kunning talabi. Prezidentimiz takidlaganidek, kelgusida biz ozbek nemis aloqalarini ozaro hurmat, teng huquqlilik va bir-birining manfaatlarini hisobga olish asosida ikki tomonlama va kop tomonlama hamkorlik doirasida yanada mustahkamlash yolida oz say-harakatlarimizni birgalikda davom ettirishimiz lozim. Milliy til esa milliy manfaatning ozagidir.

Xurram RAHIMOV,

professor, Germaniyadagi Olmon-ozbek ilmiy jamiyati,

Ozbekiston nemis tili oqituvchilari assotsiatsiyasi raisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: