O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
21.05.2019

OZOD SHARAFIDDINOV FENOMENI

Nazarimda, ko‘pchilikka tanish bir gapni sal boshqacha qilib, mana bu tarzda aytish mumkin: «Sen menga qanday kitoblar oqishingni ayt, men senga kimligingni aytib beraman». Har gal ustoz Ozod Sharafiddinov haqida soz ketganda, mana shu mezon yodga tushadi. Bunga qoshimcha qilib, Ozod domla misolida nafaqat oqilgan kitoblar, balki tarjima uchun tanlangan asarlar ham u kishining qanday shaxs bolganidan darak berardi, deb bemalol tasdiqlash mumkin.

Avvalo, domlaning ozi oqigan va boshqalarga ham oqishni uqtirgan ayrim kitoblar xususida.

Ozod Sharafiddinov zamondoshlari xotirasida (Toshkent, Ozbekiston, 2007 yil) toplamiga kirgan maqolamda eslatganimdek, 1982 yilda – Cholpon asarlarini targib qilish tugul, nomini eslash xavfli bolgan yillari menga universitetning birinchi kurs talabasiga adibning Kecha va kunduz romanini albatta oqishim kerakligini, bu kitob faqat Subutoy aka Dolimovda borligi, u kishining ishonchini qozonish uchun Ozodning shogirdiman deyishim mumkinligini aytgan kishi Sharafiddinov domla bolgandi. Bu roman mutolaasidan keyin esa yana ikkita kitobni shaxsiy kutubxonasidan olib kelib, qolimga tutqazgandilar: Oljas Sulaymonovning AZiYa hamda Yan Parandovskiyning Alximiya slovo (Soz kimyosi) kitoblari. Osha kurs oxirida esa domlaga Gabriel Markesning Sto let odinochestva romani atrofida bahslar qiziyotgani, asar tezroq ozbekchaga tarjima qilinsa, oqishim kerakligini aytganimda, E-e, nima qilasiz shorvasining shorvasini oqib, bu romanni hech bolmasa ruschada oqib maza qilish kerak, deya tanbeh bergan ham domla boldilar. U kishi keyinchalik oqib organganimiz koplab kitoblar, manbalarning ham ilk ilhomchisi olaroq, har galgi mutolaadan song uqilgan mazmun-mohiyatning muhokamasi soatlab, ba’zan esa kunlab davom etardi.

Bizga ibrat boladigan yana bir jihat. Ozod domla biron yaxshi narsa oqisalar, ozidagi shuncha bilim, tajribaga qaramay (ayrim izzattalab olimlardagi kalondimoglikka mutlaqo yot tarzda), oqib ozi uchun kashf etgan yangilik va ilmni sidqidildan etirof etar, osha muallifni masalaga odamning xayoliga kelmaydigan rakursdan yondasha olgani uchun olqishlar, unga tan berar edi. Domlaning inson aqlu tafakkuri oldidagi bu hayrati umrining oxiriga qadar sonmadi, songgi nafasiga dovur yangi bilimlarga chanqoq yashadi.

Ozod aka Abdulla Qahhor romanlarining ijodiy tarixi mavzuida yozgan nomzodlik dissertatsiyamga ilmiy rahbarlik qilgan. Ishda bir necha qahhorshunoslar qatori domlaning ham ayrim qarashlari bilan bahsga kirishilgan edi. Biroq ustoz biror marotaba bu holni ogir olmagan, o-ov, tirmizak, nima deyapsan, bizga tegib otilgan joylarni olib qoy qabilidagi gapni aytmagan edilar. U kishi bunaqa darajalardan juda-juda baland edilar-da.

Domla ozi ozlashtirib ulgurgan manaviy-marifiy boyliklarni boshqalarga, yuqoriroq pardada aytadigan bolsak, xalqiga ham ilinar ediki, bu fazilat u kishi amalga oshirgan yuzlab yirik tarjimalarda ham ozini korsatadi. P.Merime, V.Belinskiy, N.Dobrolyubov, V.Katayev singari sozining salmogi dunyo miqyosiga chiqqan adiblardan boshlab L.Tolstoyning Shekspir va drama togrisida nomli yirik maqolasigacha har birining tarjima uchun tanlanishiga jiddiy sabab bor.

Orni kelganda bir istiholani aytib ketishimiz kerakki, Ozod Sharafiddinovning ijodiy merosi, jumladan, tarjima sohasida amalga oshirgan ulkan mehnati xususida bir maqola doirasida, uzuq-yuluq fikr bildirish maqul ish emas. Shu tufayli ham hozir mana shu mehnatning bir-ikki qirrasini eplab yorita olsak ham katta gap.

Deylik, Jahon adiblari adabiyot haqida nomli kitobdan orin olgan Onore de Balzakning XIX asr fransuz yozuvchilariga maktubi barcha jamiyatlar va barcha zamonlarda, afsuski, ozgarmay qoladigan achchiq haqiqatlardan soz ochadiki, domla bu haqiqatlardan millatdoshlarining ham ogoh bolishini istagandilar. Yuksak tafakkur egalarining, jamiyat va xalqni, demakki, davlatni ham muntazam rivoj sari yetaklovchi chinakam ziyolilar mehnatining pisand qilinmasligi, aqliy va intellektual jihatdan ularning tizzasiga yetmaydigan kishilarning esa jamiyat gullari sifatida ezoz va ehtirom topishi Balzakday mutafakkirni ham qon qaqshatgani maqola matnidan, pafosidan yaqqol sezilib turadi. Tarjimon ayni pafosni ozbekchada shunday ifoda etadiki, maktubning asli goyo shu tilda yozilganday:

Agar bu dunyoda muqaddas mulk bolsa, agar chindan ham inson tasarrufiga tegishli biron narsa mavjud bolsa, bu inson yeru samo ortaligida barpo etadigan, chindan ham faqat uning aqliy faoliyati samarasi olaroq maydonga keladigan, lekin hamma odamlarning qalbida gullab-yashnaydigan narsadir. Iloh qonunlari ham, inson qonunlari ham, soglom aql oylab topgan ayanchli qonunlar, qoying-chi, jamiki qonunlar biz tomonda bolgan, bizni xonavayron qilmoq uchun bu qonunlarning hammasini toptab chiqmoq darkor edi. Biz mamlakatga xazinalar ato etamiz, biz bolmasak, mamlakat ulardan mahrum bolardi, bu xazinalar zaminga ham bogliq emas, jamoatchilik bitimlariga ham bogliq emas. Shu xazinani barpo etish borasidagi eng mashaqqatli mehnatga mukofot orniga, mamlakat uning samarasini musodara etmoqda. Kornel hamma omborlarni boyliklarga toldirib tashladi, hech qanday ob-havo injiqliklaridan qorqmaydigan hosillar kotardi, u aktyorlarga, noshirlarga, qogoz ishlab chiqaruvchilarga, muqovachilarga, sharhlovchilarga asrlar mobaynida kamaymaydigan boyliklar ato qildi, endilikda esa mamlakat uyalmay-netmay shu Kornelning avlodlarini qashshoqlikka, torvaxaltasini kotarib, Kornel haykalining poyida tilanchilik qilmoqqa mahkum etmoqda. Iztirob chekishdan toxtaganlarga nisbatan kongli rahm-shafqatga tola shaharlar qayta-qayta tahqirlang oz daholaringizni! Ularni har kuni tahqirlang, xorlang, shunday qilsangiz, sizlar iztirob chekayotganlarni qutqarish togrisida kamroq oylaydigan bolasizlar...

Domla butun umri davomida ozi iztirob chekib yashashi barobarida, boshqa iztirob chekayotganlar taqdiri, mashaqqatlarini imkon qadar yengillashtirish, hech qursa, kongillariga malham bolish dardi bilan otdi. U kishining jomard shoir ukasi Shavkat Rahmon himoyasiga (Bir tilda sozlashaylik nomli maqolasi), turkiy xalqlar shani-shavkati himoyasiga (Garri Kasparovga ochiq xati), milliardlab insonlar etiqod qilayotgan muqaddas din himoyasiga (Salmon Rushdiyga ochiq xati) va boshqa koplab chiqishlari Sharafiddinov fenomeni nimaligidan, bu odam boshqa hamkasblaridan nimasi bilan keskin ajralib turishidan darak berardi. Shunga kora, Etiqodimni nega ozgartirdim? (Tafakkur jurnalining 1997 yil 1-soni) degan nihoyatda ogir va ogriqli savol qoyib, xuddi Lev Tolstoy yanglig oz umrini, siginib kelgan mozorlarini oshkora taftish qilish qudrati ham ayni fenomen tabiati bilan izohlanadi.

Ozod domladagi bu fazilatlarning bir qismi uning tugma istedodi bilan izohlansa, boshqa qismi umri davomida muttasil amal qilgani tinimsiz oqish-organish, shaxsini tarbiyalash yolida olib borilgan mashaqqatli ilmiy-ijodiy mehnati samarasi edi, desak togri boladi. Millat tarixi, uning mental-ruhiy va aqliy imkoniyatlari xususida chuqur bilimga ega bolgan domla hech qachon milliy biqiqlikka ham, milliy nigilizmga ham yol bermas edi. Jahon mutafakkirlari merosidagi umumiy ruhiyatni, Sharqu Garb tafakkuridagi mushtarak jihatlarni, barcha zamonlar va makonlarda insoniyat aqlini qiynagan abadiy muammolar mohiyatini teran idrok etgan olim omonat hayotning otkinchi tashvishlariga chalgimas, borar manzillarini ruhiyat yuksakliklaridan belgilay olgandi.

Mana shu mezonlardan kelib chiqaroq, u Nikolay Vasilevich Gogol merosidan aynan Al-Mamun essesini ajratib oladi va uni ona tiliga maromiga yetkazib ogiradi. Ushbu esse maruzada davlat hokimiyatini boshqarishga davogar kishilardan nelar talab etilishi, ayni talablardan chetga ogishlik qanday falokatlarga sabab bolishi hajman mojaz, mazmunan nihoyatda teran tarzda asoslab beriladiki, Ozod domla 1834 yilda, Sankt-Peterburg universiteti auditoriyasida A.S.Pushkinning yonida otirib, buyuk Gogolni oz qulogi bilan eshitadi goyo. Insoniyat, jumladan, Sharq va islom tarixidan yaxshi xabardor Gogol esa, masalan, quyidagi tarixiy saboqni beradi: Marifat xalqning ozidan olinadi, tashqaridan keladigan marifat faqat shu darajadagina ozlashtirilmogi kerakki, bu uning rivojiga komaklasha oladigan miqdorda bolsin, biroq xalq faqat ozining milliy muhiti, zaminidagina rivoj topmogi kerak...

Ozbek ziyolisi Ozod Sharafiddinovning etiqodini ozgartirishiga sabab bolgan tarixiy, badiiy, falsafiy, hayotiy omillarni sanab adogiga yetib bolmaydi, albatta. Ularni yaqindan his qilmoq uchun domla barcha xavf-xatarni bilgani holda hayoti va ijodini astoydil organib targib qilgan Cholpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Mustafo Choqayev, Otajon Hoshim singari onlab jabrdiydalar asarlaridan sizib turgan dardni qalbga joylamoq kerak. Yoxud tarjima qilgani onlab kitoblarni, hech qursa, I.Bunichning Partiyaning oltinlari, E.Savelaning Toxtating samolyotni, tushib qolaman, V.Kraskovaning Rutbali mashuqalar asarlarini ochiq koz bilan oqimoq lozim. Ana shunda Ozod domlaning etiqod masalasida qanchalar talabchan bolgani, bu borada ozini ham, boshqani ham ayamasligi yaqindan kongildan his qilinadi.

Yetmish yil davomida proletariat dohiysi deya alqangan, N.Pogodinning Miltiqli kishi pesasiga kora, oziga taklif qilingan oddiy askar nonushtasining choyini ichishga rozilik berib, Qandini bolalarga bering! deya etimparvarlik korsatgan Vladimir Leninning aslida kim bolgani, uning sotqinligi tufayli hokimiyatga kelib qolgan olchoq bolsheviklarning chinakam basharasi qanday bolgani xususida bir emas, on emas, yuzlab, minglab manbalarni oqib-organgan olim allaqancha zamondoshlari, kasbdoshlaridan farq qilaroq, Chingiz Aytmatov aytganidek, ozi haqidagi bor haqiqatni ozi, hayotligida bildirib ketdi.

Chunki bu inson uchun odam bolasi, u kim bolishidan qati nazar, dunyoga otkazib qoygan joyi yoqligini bilmogi va tan olmogi, jamiki xatti-harakatini shu haqiqatdan kelib chiqib amalga oshirmogi lozim edi. Yaniki, dunyodagi barcha moddiy va manaviy boyliklar osmondan tushmagani, ularning, avvalo, Yaratuvchi egasi va u tomonidan alohida istedod yuqtirib yaratilgan odamlar aqlu zakosi bilan bunyod etilgani tufayli bu boyliklarni isrof qilishga, toptab xor aylashga hech bandaning haqqi-huquqi yoqligidan boshqalarni ogoh etmoqlik Ozod Sharafiddinovning butun ilmiy-ijodiy faoliyatining oq tomirini tashkil etar edi.

Ustozning benihoya mazmunli, magzi toq va qiziqarli hayoti hamda ijodiga ana shu nuqtai nazardan nazar solinsa, menimcha, juda kop narsaga oydinlik kiradi, Ozod Sharafiddinov fenomeni koz oldimizda butun salobati bilan namoyon boladi.

Rahmon QOCHQOR,

filologiya fanlari nomzodi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: