O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.05.2019

ESHIKNI QATTIQROQ TAQILLATISH VAQTI KELDI

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat, shahar hamda tuman Kengashlaridagi partiya guruhlari a’zolari tomonidan joriy yil I choragida viloyatdagi turli tashkilot va idoralarga 59 marotaba deputatlik so‘rovi yuborilgan bolib, shundan 64 foiziga yechim topildi, xolos.

Mahalliy Kengashlar deputatlari hududlarda aholini ichimlik suvi bilan taminlash, avtomobil yollarini tamirlash, bandlik hamda sifatli tibbiy xizmat korsatish borasida aholini qiynayotgan muammolarni hal etish boyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan, Kasbi tumanining «Oqtepa» mahalla fuqarolar yigini aholisini elektr energiyasidagi uzilishlar qiynab kelayotgan edi. Kasbi tuman Kengashi deputati Latif Mirzaqulov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligiga deputatlik sorovi yuborilganidan song muammo ijobiy hal etildi. Mahallaning Navroz kochasida yangi transformator ornatish ishlari boshlab yuborildi.

Guzor tumanida yashovchi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish istagida bolgan ayrim xotin-qizlar kredit olish masalasida muammolarga duch kelishayotgandi. Guzor tuman Kengashi deputati Adolat Choriyeva tuman hokimligi hamda tuman Soliq inspeksiyasiga deputatlik sorovi yubordi. Natijada masala hal etildi.

Bugungi yangilanishlar, jadal islohotlar davrida xalqimizni qiynab kelayotgan muammolarga ayrim idora va tashkilotlar rahbarlari hamon loqayd munosabatda bolib turgani achinarli holdir. Qarshi shahrining Geolog, Xoja-xiyol, Qarliqbogot mahallalari ahlini kopdan buyon ichimlik suvi muammosi oylantirardi. Aholi mazkur masalada Qarshi shahar Kengashi deputati Davron Jorayevga murojaat etdi. Deputat oz navbatida Qarshi shahar Suvoqova korxonasi filiali boshligiga deputatlik sorovi yuborgandi. Ikki oydan ortiq vaqt otgan bolsa-da, deputatlik soroviga biror javob bolmadi.

Qarshi shahar Bogishamol mahalla fuqarolar yiginidagi Daryoboyi, Chap qirgoq va Bogishamol kochalaridan suv quvurlari otkazilgan, ammo ular hamon asosiy quvurga ulanmagan. Odamlar esa uzoq masofadan suv tashib kelishga majbur bolmoqda. Ayniqsa, Qarshi shahar xalq talimi bolimiga qarashli 33-sonli imkoniyati cheklangan oquvchilar uchun moljallangan maktabdagi suv quvurlari ham tamirtalab holatda edi. Bu haqda deputat Navroz Farmonov tomonidan Qarshi shahar Suvoqova korxonasi filiali boshligiga deputatlik sorovi yuborilgan. Biroq bu gal ham xalq vakilining sorovi beetibor qoldirildi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhi azolari aholini qiynayotgan muhim ijtimoiy masalalarni yechishda deputatlik sorovi institutidan samarali foydalanishga harakat qilayotgani tashabbuskorlik oshayotganini korsatadi.

Endi, bir oylab koraylik. Deputat odamlarning ogirini yengil qilaman, deb harakat qilsa-yu, masullar unga bepisandlik bilan qarasa, bu holatni qanday baholash mumkin?

Bugun odamlarning dunyoqarashi kechagidan tubdan farq qiladi. Ular ozining haq-huquqini yaxshi anglab, barcha jarayonlarga chuqur qaray boshladi. Demak, ertangi saylovlarda ham joylardagi muammolarni bartaraf eta olgan, tashabbus korsatgan nomzodlargagina ovoz beradi. Bu esa har bir deputatdan yanada kuch-gayratni talab etadi. Mutasaddilarning eshigini qattiqroq taqillatish, kerak bolsa, deputatlik sorovlariga bepisandlik bilan qaraganlarga qonunchilikda buning uchun javobgarlik belgilanganini ham eslatish darkor boladi.

Shahlo XUDOYQULOVA,

Ozbekiston XDP Qashqadaryo viloyat kengashi bolim boshligi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: