O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
21.05.2019

HUKUMAT PARLAMENTGA HISOBOT BERDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish barobarida Bosh vazir va Hukumat a’zolari Davlat dasturining bajarilishi yuzasidan Oliy Majlis palatalari oldida har chorakda hisobot berib borishi belgilab berilgan edi.

Shundan kelib chiqib, mazkur yangi institutni amaliyotga tatbiq etish ishlari boshlandi: 2019 yil 18 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ilk bor Vazirlar Mahkamasining 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2019 yil birinchi choragida bajarilishining borishi togrisidagi hisoboti eshitildi.

Hisobotni Bosh vazir orinbosari A.Abduhakimov taqdim etdi.

Hisobotda keltirib otilganidek, Mamuriy islohotlar konsepsiyasini izchil amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining faoliyati tashkiliy jihatdan qayta korib chiqilib, yangi mazmun bilan boyitilgani Davlat dasturining birinchi chorak uchun belgilangan ustuvor vazifalarini oz vaqtida, sifatli ijro etilishini taminlashda muhim omil boldi.

Shundan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan Davlat dasturining bajarilishida bir qator jihatlarga alohida etibor qaratildi. Xususan, davlatimiz rahbarining 2019 yil 17 yanvardagi Farmoni bilan belgilangan ustuvor yonalishlarni sifatli, samarali amalga oshirish, jozibador investitsiya muhitini yaratish, respublika hududlarining ijtimoiy rivojlanish darajasini yuksaltirish, muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni korishga ustuvor ahamiyat berildi.

Vazirlar Mahkamasining hisoboti deputatlar tomonidan har tomonlama, chuqur tahlil qilindi. Parlament vakillari, avvalambor, Davlat dasturida belgilangan, otgan davrda ishlab chiqilishi lozim bolgan normativ-huquqiy hujjatlar, ularning Oliy Majlis quyi palatasiga oz vaqtida kiritilishi hamda mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning huquqiy asoslarini yaratish bilan bogliq masalalar yechimiga alohida ahamiyat qaratdilar.

Hukumat hisoboti yuzasidan har bir siyosiy partiya fraksiyasi hamda Ozbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi vakillari oz nuqtai nazarini bayon qildi.

Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Tursunpolat Norboyev soz olar ekan, fraksiya azolari Vazirlar Mahkamasining hisobotini maqullagan holda, kelgusida Hukumat tomonidan etibor qaratilishi lozim bolgan bir qator taklif va tavsiyalarni bildirdi. Takidlash lozimki, davlat ahamiyatiga molik masalalarni bugungi kunda xalq bilan bevosita muhokama qilish, har bir masalada xalqning fikrini organish davlat siyosati darajasiga kotarilgan. Ushbu jarayonning siyosiy ahamiyati shundaki, xalqimiz oz vakillari, yani deputatlar orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kuzatib, nazorat qilib boradi.

Barcha yutuqlar ozimizniki ekanligini bilib, masalaga tanqidiy nuqtai nazardan yondashsak, korilayotgan masalaning tub mohiyatiga etibor qaratsak, ayrim vazifalarning bajarilmasligi yoki kechiktirib bajarilishi, Qaror orniga chora-tadbir loyihasi tayyorlanib, ijrosi qogozda qolayotgani, joylarda dasturda belgilangan vazifalarga sovuqqonlik bilan qaralayotganini koramiz.

Davlat dasturida belgilangan har bir vazifa, uning ijrosi odamlarni rozi qilishdan iboratdir.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, aholining arzon uy-joylarga bolgan talabi yuqoriligini inobatga olib, qoshimcha ravishda uy-joylar qurish chora-tadbirlarini belgilash, ogir turmush sharoitida yashayotgan ayollar, ayniqsa, yosh xotin-qizlar bandligini taminlash manzilli dasturining ijrosini amalda tolaqonli va sifatli ijro qilish masalalariga alohida etibor qaratish lozim...

Qizgin va amaliy ruhda kechgan ozaro savol-javoblardan song Vazirlar Mahkamasining hisoboti maqullandi. Qonunchilik palatasining tegishli qarorida muhim takliflar ham korsatib otildi.

Qonunchilik palatasi

Axborot xizmati malumotlari asosida tayyorlandi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: