O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.05.2019

TOSHKENT SHAHRIDA AMALGA OSHIRILADIGAN YANGI INVESTITSIYA LOYIHALARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 may kuni Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018 yil 21 dekabr kuni bolib otgan navbatdan tashqari sessiyasida poytaxtimizni yirik ishbilarmonlik markaziga aylantirish, investitsiyalarni faol jalb qilib, zamonaviy korxonalar tashkil etish boyicha vazifalar belgilangan edi. Shunga muvofiq, joriy yil 4 yanvarda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrini infratuzilmaviy rivojlantirishga togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi qarori qabul qilindi.

Bugungi kunda poytaxtimizda kichik sanoat zonalari va texnoparklar infratuzilmasidan samarali foydalanib, yuqori texnologiyali quvvatlarni tashkil etish, qoshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish boyicha izchil ishlar olib borilmoqda. Bu masala davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida turibdi.

13 may kuni Prezident huzurida bolib otgan yigilishda ham togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda Toshkent shahrida zamonaviy sanoat korxonalari tashkil etish ishlari tahlil qilingan edi.

Avval berilgan topshiriqlarga muvofiq, Toshkent shahrida amalga oshirish uchun umumiy qiymati 617 million AQSh dollaridan ziyod 19 ta yangi investitsiya loyihasi ishlab chiqildi.

Ahamiyatlisi shundaki, ushbu loyihalarning barchasi sanoat sohasiga oid bolib, ular ijrosi natijasida 10 mingdan ortiq ish orni yaratiladi. Har yili qariyb 1 milliard dollarlik bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish, 290 million dollardan ziyod eksport qilish imkoniyati paydo boladi.

Loyihalar qoshimcha qiymati va mahalliylashtirish darajasi yuqori bolgan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Keng turdagi maishiy texnika, lift va eskalatorlar, nasoslar, suv isitgichlar, qogoz, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy kimyo vositalari, zargarlik va shisha buyumlari shular jumlasidandir.

Investorlar va tashabbuskorlar oz loyihalari yuzasidan taqdimotlar otkazdi. Ushbu korxonalar Toshkent mexanika zavodining hozirda foydalanilmayotgan bino va maydonlarida tashkil etiladi. Ular 2019-2020 yillar davomida ishga tushiriladi.

Prezidentimiz ushbu loyihalar shaharning mavjud infratuzilmasidan samarali foydalangan holda bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish, aholini ish bilan taminlash jihatidan muhimligini takidlab, ularni tezroq ishga tushirish boyicha korsatmalar berdi. Mutasaddilarga xaridorgir sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish boyicha umumiy qiymati kamida 1 milliard dollar bolgan qoshimcha loyihalar shakllantirish vazifasi qoyildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: