O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
21.05.2019

SAMARQAND HOKIMI BAHODIR YALANGTOSHBIYNING TARIXIY XIZMATLARI

Yoki Registon maydonidagi Sherdor, Tillakori madrasalarini qurdirgan bunyodkor haqida nimalarni bilamiz?

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentabrda BMT Bosh Assambleyasidagi ma’ruzasidan keyin tashkilotga O‘zbekiston «tashrif qogoziga» aylangan Samarqanddagi Registon maydoni maketini sovga qilgan edi. Bu esdalik sovga hozir Xavfsizlik kengashi va BMT Bosh Assambleyasi orasidagi supaga ornatilgan bolib, butun dunyoga Ozbekiston nomini namoyish etib turibdi.

Malumki, Samarqand sohibqiron Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va sanat markazi bolgan. Mirzo Ulugbek oz hukmronligi davrida ilm-fan rivojiga alohida etibor qaratib, salobatli madrasa, uning yonida karvonsaroy qurdiradi. Registon maydonidagi ilk muhtasham madrasa shu tariqa Madrasai oliya nomi bilan mashhur bolgan hamda bu ilm dargohida dunyoning turli burchaklaridan kelgan ilmi toliblar tahsil olgan. Bu inshootlar qarshisida qurilgan ulkan gumbazli sofiylar honaqosi esa hududda tasavvuf talimotining rivojlanishiga, ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashuviga xizmat qilgan.

Davrlar otishi bilan Registon hududida qurilgan inshootlar nuray boshlagach, Samarqand hokimi Yalangtoshbiy Bahodirxon (1576-1656 y.) 1619-1638 yillarda oz mablagi hisobiga Ulugbek madrasasi qarshisida oz nomi bilan atalgan, hozirda Sherdor nomi bilan keltirilayotgan madrasani qurdiradi. Oradan on yil otgach, uning yonida joylashgan karvonsaroy orniga esa 1649-59 yillarda Tillakori madrasasini tiklaydi. Sherdor madrasasi tort burchakli shaklda qurilgan, hovlisi ikki qavatdan iborat bolib, 52 hujrani oz ichiga olgan. Tillakori madrasasida katta masjid joylashgan, uning torida musulmon odatiga kora, qiblaga qarata marmar mehrob, ong tarafida esa sadaf zinali baland minbar qurilgan. Bu yerda madrasa talabalari va mahalliy aholi ibodat qilishgan.

Ozbeklarning olchin urugidan bolgan Yalangtosh Bahodirxon, shuningdek, Abdulkarim ismini ham qollagan, rasmiy hujjatlarda esa Nizomuddin Yalangtoshbiy Otaliq nomi bilan yorliq bergan. Otasining nomi Boyxoja bolib, naqshbandiya tariqatining taniqli sofiysi Xoja Hoshim Dahbediyning muridi bolgan. Yalangtosh Bahodirxonning uch farzandi – Iqlimabonu va Oybibi ismli qizlari va otasidan 6-7 yil ilgari vafot etgan Boybek ismli ogli bolgan. Yalangtosh Bahodir ozi qurdirgan Sherdor madrasasiga 1619 yili oz nomini yozib qoldirgan: Muhandis gumbaz arkini tasvirlaganda kok hayratdan hilolni barmoq kabi tishlab oldi, uning asoschisi Yalangtosh Bahodir bolganligi uchun ham, qurilish yili Yalangtosh Bahodir deb nomlandi. Bundan anglashiladiki, madrasaning dastlab nomi Yalangtosh Bahodir madrasasi bolgan.

Rasmda: Samarqand hokimi Bahodir Yalangtoʻsh Sherdor madrasasi qurilishida.
Rassom Ahmad Umarov.

Sherdor madrasasi peshtoqiga chizilgan oq ohuni quvlayotgan qizgish rangli sher, kozli doira shaklidagi quyosh tasvirlarida botiniy manolar mujassam bolib, burjlarga kora baxtli kelajakka, abjad hisobida Yalangtosh Bahodirxonga ishora qilinadi va shu bilan birga madrasaning qurilishi boshlangan yilni korsatadi.

Otgan asrning buyuk marifatparvarlaridan Mahmudxoja Behbudiy Oyna jurnalida Sherdor madrasasi togrisida shunday yozadi: Peshtoqning xorijiy jabhasinda mehrobning ikki tarafinda bir-biriga muqobil ikki sher (arslon) shaklini musattah chiniy va koshilar ila arslon rangida mulavvan tasvir qilingani uchun Madrasai Sherdor atalibdur. Arslon naqshasining asari bu kunda ham malumdur. Madrasa va minoraning boshqa jihatlarinda tasvir yoq va aksariyat ila oyati hadis va tarixi abyotni marmarlarga muzoyiqlangan va koshi mulavvan chiniylar ila yozilgandur. Madrasa minora va qubbalarining butun sathini arab, eron, hind uslub naqqoshisi uzra mulavvun chiniy va rangorang koshi ila nihoyat nafis suratda naqshlangandurki, tort asr bolgan bolsa ham koshilar oftob va oy nurini aks etdurar va kozni qamashdurar.

Registon ansamblining yaratilishiga bosh bolgan Yalangtosh Bahodirxonning hayoti va faoliyatiga doir mavjud materiallar juda kam. Tarix darsliklarida uning asosan Samarqanddagi hokimlik faoliyati, Sherdor va Tillakori madrasalarining qurilishida bosh-qosh bolganligi haqida qisqacha malumot berish bilan cheklanib qolingan. Yana boshqa manbalarda XVII asrda Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga ulkan xavf solgan jungorlar hujumini bartaraf etishda hal qiluvchi rol oynaganligi etirof etiladi.

Yalangtoshga ashtarxoniylar davrida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida oziga xos yuqori orin egallagan zodagonlardan biri bolgan otasining osha davrdagi naqshbandiylik tariqati yetakchilaridan bolgan Mahdumi Azam avlodlariga shogird bolishi kelgusidagi faoliyati uchun bir qator imkoniyatlarni yaratib bergan. Yalangtosh yoshligidan Buxoro hukmdori Dinmuhammad etiborida boladi va osha yerdagi madrasada diniy, dunyoviy va harbiy sohalarda tahsil oladi. 1593 yilda olchin urugi biyi etib tayinlanganda u on yetti yoshda edi. Asta-sekin siyosiy davralarga kirib borayotgan Yalangtosh 1611-1612 yillarda Vali Muhammadxon va ashtarxoniylar hukmdori Imomqulixon ortasidagi ziddiyatlarga aralashib qoladi va Imomqulixonning qollashi tufayli 1612 yilda dastlab Samarqand amiri va keyinroq otaliq maqomiga erishadi.

Oz qoshini, boyligiga ega bolgan Yalangtosh Buxoro xonligining harbiy harakatlarida faol qatnasha boshlagan va tezda shuhrat qozongan. 1623 yil va 1631 yilda fors qoshini Balx viloyati ustiga yurish qilganda Balx hokimi Nadr Muhammadxonga yordam bergan. Nadr Muhammadxon Imomqulixon orniga taxtga otirgach, Yalangtoshga Kobul atrofidagi bir qator qabilalarni inom qilgan. Keyinchalik ular ortasida nizo chiqib, bu janjallar tufayli Abdulaziz xon sifatida tarix sahnasiga kotariladi va Nadr Muhammadxon tarafida turgan Shohjahon qoshini bilan toqnashadi. Bu jangda Yalangtosh Balxni qaytarib olishda faol qatnashgan. Uning bundan keyingi faoliyati jangu jadallar ichida kechadi. Imomqulixon askarlariga bosh bolib, Toshkent va Turkistonni egallaydi, Esimxon, Tursun kabi sultonlarga qarshi kurash olib boradi, Toshkentni turli xil bosqinchilardan himoya qiladi.

Bu davrda Markaziy Osiyo xalqlari boshiga ulkan xavf tahdid solib turardi. Mazkur hududdagi davlatlarning geografik, iqtisodiy jihatdan qulay sharoitda joylashganligi, boyligi kopdan Sharqiy Turkistonning shimoliy qismida yashovchi jungorlarni qiziqtirib kelardi. Ular Yettisuv va Sirdaryoni bosib olish orqali rus olkalari va Markaziy Osiyo bilan boglovchi savdo yollariga egalik qilish bilan kelgusida boshqa yurtlarga harbiy yurishlar boshlashni kozda tutardilar. Shu bois XVII asrning ikkinchi choragida hozirgi Qozogiston hududiga Xitoyning garbiy yerlaridan kelgan jungorlarning bosqini kuchayadi.

Qozoq biylari ozbek hukmdorlari bilan birlashib tashqi dushmanga qarshi kurashish yolini tutishadi. Qozoq xonlarining tarafini olgan Yalangtosh Bahodirxon 1640 yili 10 minglik qoshini bilan jungorlarga hujum qilib, ularni ortiga chekinishga majbur qiladi, biroq oz yerlariga qaytib borgan qozoqlarning tinch hayoti uzoqqa chozilmaydi. Samarqandlik jasur jangchilarning yurtiga qaytib ketganini bilgan jungorlar xoni Botur xuntayji katta qoshin bilan qozoqlar ustiga yopirilib keladi, Yettisuv yerlarigacha bolgan hudud jungorlar hukmronligi ostiga otadi.

Bu safar ham Yalangtosh Bahodirxon mukammal darajada qurollangan samarqandlik 30 minglik qoshin bilan qozoq qardoshlarga yordamga otlanadi. Chimkent yonida bolgan katta toqnashuvda Samarqand qoshini golib kelib, jungorlarni hozirgi Almati hududlariga qadar uloqtirishadi. Ularning omon qolgan qismi qozoqlar tomonidan yoq qilinadi. 1643 yili xuntayji Erdona Botur boshchiligidagi jungorlar qoshini qaytadan Dashti qipchoq yerlariga bostirib keladi. Orboloq daryosi yonida jungor qoshini bilan qozoq xoni Jahongir (Jangir) qoshinlari ortasida ayovsiz jang bolib otadi. Savashning avj pallasida Yalangtosh Bahodirxon 20 minglik qoshin bilan qozoq qardoshlarga yordamga yetib boradi, dushman qoshinining ortidan qaqshatqich zarba berib, urush taqdirini oz foydasiga hal qiladi.

Bu shonli galabaga atab Qozogistonda turli tadbirlar, xalqaro konferensiyalar otkazilib, unda qozoq xalqining mardonovor galabasi madh qilinadi. Afsuski, bu jangda muhim orin tutgan jasur ozbek sarkardasi Yalangtosh Bahodirxon va u boshqargan qoshin xizmatiga har vaqt yetarli va haqqoniy baho berilmaydi. Tarixchilarimizning aksariyati esa Yalangtosh Bahodirxonning jangovar sarkarda sifatida ozbek, qozoq, qoraqalpoq kabi xalqlarni jungorlar bosqinchiligidan asrab qolishda korsatgan fidoyiliklarini yaxshi bilishmaydi va bunga etibor ham qaratishmaydi!

Keyinchalik Yalangtosh forsdagi hukmron turkiy sulolaga qarshi yurish qilib, Mashhad va yana bir qancha shaharlarni egallaydi, Amir Temur yolini tutib, koplab usta-hunarmandlarni Samarqandga olib keladi, umrining oxirigacha Samarqand zaminining gullab-yashnashi, ilm-fan rivoji, xalq hayotining farovonligi yolida xizmat qiladi, madrasalar qurdiradi. Sharq gavhari bolgan Registon ansamblini hozirgi korinishga olib keladi.

Yalangtoshbiy Bahodirxon Markaziy Osiyo hududida yashayotgan xalqlarni, jungorlar hujumidan asrash bilan mamlakatlarni vayronalikdan, qirginbarot xunrezliklardan asrab qolgan. Bu uning Markaziy Osiyo xalqlari oldidagi jahonshumul xizmatidir.

Uning badiiy siymosi qozoq xalq ogzaki ijodida Jalantos Baxadur Seytqululi deb nomlanib, jangchi hokim qahramonliklari haqida turli afsona va rivoyatlar yaratilgan. Ayni vaqtda Qozogistonda Yalangtosh Bahodirxonga atab uch haykal ornatilgan. Qozogistonning bir qator shaharlari, jumladan, Almati, Semipalatinsk, Pavlodar, Qizil Orda shaharlarining markaziy kochalari Yalangtosh Bahodirxon nomi bilan atalib kelinmoqda.

Mening taklifim shundan iboratki, Samarqandda yer yuzining sayqali bolmish nodir tarixiy yodgorlik — Registon majmuini tiklagan va bugungacha dunyo ahlini hayratga solib kelayotgan madrasalar asoschisi Yalangtoshbiy Bahodirxonga shu maydonda haykal tiklash, uning yonida memorial uy-muzeyini yaratish, Samarqand shohkochalaridan biri va istirohat bogini Yalangtoshbiy Bahodirxon nomi bilan atash vaqti keldi.

Erkin MUSURMONOV,

Samarqand davlat universiteti dotsenti.

Tillakori machiti (madrasasi) ozbeklarning Olchin urugidan bolgan Yalangtosh Bahodir tomonidan 1618 yili qurilgan. Sherdor machiti (madrasasi) 1616 yili qurilgan. Registonda turgan uchala machit (madrasa) ham eng ulugvor sanaladi.

Machit va madrasa Tillakori 1647 yili ozbeklarning olchin urugidan bolgan Yalangtosh Bahodir tomonidan qurilgan. Tilla-kori ga togri burchak ostida ong tomonda Sher-dor madrasasi joylashgan bolib, u 1618 yili osha amir Yalangtosh tomonidan tiklangan.

(Rus tarixchilarining asarlaridan.)


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: