O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
14.05.2019

BOKSCHILARIMIZ ROSSIYA VA QOZOGISTONDA GOLIB BOLDI

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha «Gubernator kubogi» sovrini uchun otgan musobaqada terma jamoamiz vakillari uchta oltin medalni qolga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi orinni egalladi.

Abdumalik Xalakov (56 kg) finalda rossiyalik Aleksey Moskvinni 4:1 hisobida yenggan bolsa, 69 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Iqboljon Xoldorov braziliyalik Fernando Luisga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

81 kilogrammgacha vaznda ishtirok etgan yosh bokschimiz Kozimbek Mardonov mezbonlar vakili Andrey Kosenkovni 3:2 hisobida yengib, oltin medal sohibiga aylandi.

* * *

Xabarovsk shahrida otgan xalqaro turnirda Abrorjon Qodirov va Bilolbek Mirzarahimov barcha raqiblarini maglubiyatga uchratib, oltin medal bilan taqdirlandi.

Ota ogir vazn toifasida ishtirok etgan Laziz Mullajonov finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda kumush medalni qolga kiritdi. Ushbu vaznda yana bir hamyurtimiz Ulugbek Mubinov esa shohsupaning uchinchi pogonasidan joy egalladi.

* * *

Qozogistonning Olmaota shahrida osmir va yosh qizlar ortasida boks boyicha 2000 yilgi Olimpiya oyinlari chempioni Yermaxan Ibraimov sovrini uchun xalqaro turnir otkazildi.

Musobaqada Rossiya, Tojikiston Ozbekiston, Qozogiston bokschilari ozaro raqobatlashdi.

Unda mamlakatimiz sharafini Ulugbek Baratov murabbiyligida Sabina Boboqulova, Nigina Oktamova, Nasiba Xayrullayeva, Shoira Shirinova, Sabrina Negmatullayeva va Lenara Abdumurodova himoya qildi.

Raqiblarini maglubiyatga uchratgan Sabina Boboqulova (48 kg), Nigina Oktamova (52 kg) va Nasiba Xayrullayeva (57 kg) shohsupaning eng yuqori pogonasidan joy oldi.

Saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Shoira Shirinova hamda Lenara Abdumurodova esa terma jamoamiz hisobiga bronza medalni keltirdi.

Shuningdek, turnir tashkilotchilari hamyurtimiz Sabina Boboqulovani eng yaxshi ishtirokchi, deb topdi va kubok hamda pul mukofoti bilan taqdirladi.

J.TOSHXOJAYEV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: