O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
14.05.2019

TUHMAT VA XUSUMAT

tufayli necha yillardan buyon muqaddas bir dargoh rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari ta’lim-tarbiya ishlaridan chalgib, turli idoralarga tinimsiz yozilayotgan asossiz shikoyatlar boyicha tushuntirish xatlari yozish bilan band bolishmoqda

Tahririyatimizga har kuni turli-tuman masalalar boyicha xatlar keladi. Bundan tashqari, fuqarolar turli shikoyat va ariza bilan murojaat qiladi. Bu albatta, aholining huquqiy savodxonligi oshayotganidan, haq-huquqini taniyotganidan dalolat. Fuqaro oz huquqini himoya etib, adolatsizlikka qarshi turib ariza yozsa, bundan mamnun bolmoq kerak.

Ammo ozi nohaq bolsa-da, haqiqatni tan olmay turli sud-huquq idoralari, mamuriy idoralarga, ijtimoiy tarmoqlarga ozini jabrlangan korsatib, yillab shikoyat yozib, tinchgina ishlab yurgan insonlarga tuhmat va bohtonlar yogdirayotgan kimsaning kirdikorlariga qanday baho berish mumkin?

Tahririyatimizga Toshkent moliya instituti mamuriyatining institut sobiq huquqshunosi Mirgani Akbarov bir necha yildan buyon mazkur talim muassasasida ishlayotgan professor-oqituvchilar va rahbar xodimlar ustidan turli idoralarga tuhmat va fitnadan iborat shikoyatlar yozib kelayotgani, uning bunday xatti-harakatlariga huquqiy baho berilmayotgani hamda qonunda belgilangan tartibda chora korilmayotgani haqida murojaatnomasi kelib tushdi.

Qoshimcha tarzda, Mirgani Akbarovning nojoya xatti-harakatlari yuzasidan bir qator hujjatlar, Toshkent moliya instituti Kengashining 2019 yil 19 aprelda bolib otgan navbatdan tashqari yigilish bayonnomasi 48 nafar Kengash azosi imzo qoygan holda ilova qilingan.

Murojaatnomada, jumladan, shunday deyiladi:

«M.Akbarov 2013-2019 yillar davomida institut rahbarlari, professor-oqituvchi va ishchi-xodimlari nomiga tuhmat uyushtirish, ularni shantaj qilish yoli bilan oz shaxsiy manfaatlarini qondirish maqsadida ochiqdan-ochiq tahdid qilib kelmoqda. Uning bunday yolgon malumotlar bilan tolib-toshgan murojaatlarini organish uchun qanchadan-qancha davlat tashkilotlari xodimlarining vaqti ketayapti. Ularga davlat byudjetidan ish haqi tolab berilmoqda. M.Akbarovning ota xudbinlik va masuliyatsizlik bilan tinimsiz ravishda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Senati, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Xalqaro huquq himoyachilari jamiyati, Ozodlik» va Bi-bi-si radiolari, El.Tuz nashri, Ozbekiston Inson huquqlari Ezgulik jamiyati va boshqa tashkilotlarga yollayotgan asossiz murojaatlari ilm va ziyo tarqatuvchi, tarbiya ochogi bolgan Toshkent moliya instituti professor-oqituvchi va rahbarlarini ishdan qoldirmoqda, shani va obrosiga putur yetkazmoqda.

Xosh, Mirgani Akbarov kim va unga nisbatan kimlar tomonidan adolatsizlik qilingan? Bu gavgolar qachon va nimadan boshlangan?

Mirgani Akbarov Toshkent moliya instituti rektorining 2004 yil 4 dekabrdagi buyrugi bilan huquqshunos lavozimiga ishga qabul qilingan. 2012 yildan 2015 yilgacha institut rahbariyatiga va kasaba uyushmasiga uning ustidan bir necha marotaba yozma ravishda shikoyatlar tushgan. M.Akbarov ozining xato va kamchiliklarini tan olgan hamda ularni qayta takrorlamasligini yozma ravishda bildirgan. Shundan keyin unga intizomiy jazo qollanilmasdan, faqat ogohlantirish berilgan.

Lekin doimiy ravishda xodimlarga qopol muomalada bolayotgani, bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan, jamoadagi soglom muhitni buzishga sababchi bolib kelgani uchun M.Akbarovga institut rektori N.Haydarov tomonidan 2017 yil 4 sentabrda hayfsan berilgan. Shundan keyin ham ozgarish bolmagach, 2017 yil 25 sentabrda M.Akbarov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amaldagi qonunlar asosida bekor qilingan. Bor gap shu.

2016-2017 yillar davomida Toshkent moliya institutida B.Begalov rektorlik qilgan. Bu davrda M.Akbarovning nojoya xatti-harakatlari ustidan jamoa azolaridan ogzaki va yozma shikoyatlar kundan-kun kopayib borayotgani sababli, u alohida xizmat xonasidan 2-3 xodim ishlaydigan reja-moliya bolimiga kochirilgan. Lekin M.Akbarov institutning ichki hujjatlari va buyruq loyihalariga imzo qoymasdan, xodimlarni ovorai-sarson qilishni davom ettirgan.

2017 yil may oyidan boshlab institutga N.Haydarov rektor qilib tayinlangan. M.Akbarov bundan foydalanib, oziga alohida xizmat xonasi ajratilishini sorab, Adliya vazirligiga ariza bilan murojaat qiladi. Ushbu murojaat boyicha tegishli tashkilot mutaxassislari tomonidan xizmat tekshiruvi otkazilib, M.Akbarovga alohida xizmat xonasi, barcha zarur mebel va anjomlar ajratilib beriladi.

Oz talabi qondirilganidan ruhlangan M.Akbarov institut faoliyatiga doir turli hujjatlarni imzo qoydirish uchun olib kirgan xodimlarni haqoratlash va institutning ichki tartib-qoidalarini buzishga sabab boluvchi xatti-harakatlarini davom ettiraveradi. Shundan song M.Akbarovga nisbatan tasirliroq intizomiy jazo sifatida hayfsan beriladi.

Garchand M.Akbarov oz xatti-harakati tufayli institutning osha paytdagi rektorlari B.Begalov va N.Haydarov bilan kelishaolmay qolgan bolsa-da, sobiq huquqshunos har ikkala sobiq rektor va amaldagi rektor Ulugbek Azizov ustidan turli joylarga tinimsiz shikoyat yoza boshlaydi. Institut rektori tomonidan unga nisbatan intizomiy jazo qollash haqida berilgan buyruqni bekor qilish va ishga tiklash haqida davo arizasi bilan Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumanlararo sudiga murojaat qiladi.

Sudning 2017 yil 15 dekabr kunidagi hal qiluv qarori bilan fuqaro M.Akbarovning davo talablarini qanoatlantirish rad etiladi.

Sud qaroridan norozi bolgan M.Akbarov fuqarolik ishlari boyicha Toshkent shahar sudiga murojaat qiladi.

Toshkent shahar sudining 2018 yil 30 yanvardagi qarori bilan M.Akbarovning apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etiladi.

Shundan song, M.Akbarov tomonidan Ozbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida shikoyat kiritiladi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari boyicha sudlov hayatining 2018 yil 4 iyuldagi hal qiluv qarori bilan M.Akbarovning nazorat tartibidagi shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldiriladi.

M.Akbarovning ishga tiklash haqidagi davolari sudlarda korib chiqilib, mehnat shartnomasi bekor qilinganligi qonuniy deb topilgan bolsa-da, u koplab ommaviy axborot vositalariga ozining aybsiz ekanligini, ishdan nohaq boshatilganligini dastak qilib, jamoatchilik, davlat xuquq-tartibot idoralariga turli igvolarni yozishda davom etadi va natijada ana shu holat institut jamoasining sabr kosasini toldiradi. M.Akbarov institut rahbariyatiga yozma ravishda (shu jumladan, telefon SMS xabarlari orqali) uni ishga qayta tiklashni talab etadi. Aks holda, institutda roy berayotgan turli qingirliklar va qonunbuzarliklar haqidagi malumotlarni tarqatish bilan tahdid qiladi.

Shu paytgacha institut jamoasi M.Akbarovning murojaatlaridagi vajlar oz tasdigini topmasa-da, unga nisbatan hech qanday tashkilotlarga murojaat etmay kelayotgan edi. Bundan oziga tegishli xulosa chiqarmagan M.Akbarov andishaning otini qorqoq, deb bilgan shekilli, institut rahbariyati va jamoasi shanini tokadigan gap-sozlarni tarqatishda davom etaverdi. Oxiri pichoq borib suyakka taqaldi. Uning bunday xurmacha qiliqlariga barham berish, M.Akbarovga qonuniy chora korish maqsadida Toshkent moliya instituti Kengashi tomonidan 2019 yil 19 aprelda navbatdan tashqari yigilish otkazildi va 48 nafar Kengash azosi imzosi bilan sud-huquq idoralariga murojaat qilindi.

Mazkur yigilishda sobiq xodim Mirgani Akbarovning garazli xatti-harakatlari yuzasidan kopchilik oz fikr-mulohazalarini bildirgan. Shulardan ayrimlarini keltiramiz.

Xodimlar bolimi boshligi L.Haydarova:

– Mirgani Akbarov institutda ishlab yurgan kezlarida, oz lavozimini suiistemol qilib, turli bolim va kafedralarning ichki ishlariga aralashib yurgan. Oilali bolishiga qaramasdan, institutda ishlayotgan xotin-qizlarga tegajoqlik qilib kelgan. Ijro intizomini taminlamagani, ichki buyruq, xat, xojalik shartnomalari va boshqa hujjatlarni imzolash ishlarini ataylab chozib kelgani uchun unga bir necha marotaba ogohlantirish berilgan. Lekin M.Akbarov bundan oziga togri xulosa chiqarib olmadi.

Devonxona va arxiv bolimi mudirasi F.Yaqubjonova:

Institutning sobiq huquqshunosi M.Akbarov tomonidan turli davlat idoralariga yozilgan murojaatlar kundan-kunga ortib bormoqda. Xizmat vazifam taqozosi bilan men bu hujjatlarni bevosita oqib korib, rezolyutsiya qoyilishi uchun rahbarga taqdim etaman. Murojaatlarning matni deyarli bir xil, turli tashkilotlarda royxatga olingan raqami va sanasiga etibor berilsa, har xil. Bundan shunday xulosaga keldimki, M.Akbarov atayin bir xil mazmun va matndagi murojaatlarini ikki-uch kun oraligida qayta-qayta jonatar ekan. Oylaymanki, bu odamlarni ovora qilishdan boshqa narsa emas.

U.Ortiqov, Byudjet hisobi va gaznachilik ishi fakulteti dekani:

M.Akbarov nafaqat institutda ishlovchi oddiy professor-oqituvchi va ishchi-xodimlar, balki rahbariyatning murojaatlariga ham toliq va aniq bir huquqiy asoslangan xulosalar bera olmagan. Biz bunday huquqshunos bilan ishlashga mutlaqo qarshimiz. Ishdan boshaganidan keyin ham uning bohton va igvolaridan aziyat chekib kelayapmiz. Qachongacha bu holat davom etishi mumkin?..

R.Saidov, Bank ishi fakulteti dekani:

M.Akbarov institutda ishlab yurgan paytida ham hammani ovora qilishni yaxshi korar edi. Fakultet dekanlari va dekan muovinlari buyruq loyihalariga, imzo qoydirish uchun rosa qiynalardi. Shuning uchun men uning qayta ishga olinishiga qarshiman va M.Akbarovning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish hamda unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora korilishini sorayman.

J.Karimqulov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boyicha prorektor:

Haqiqatan ham M.Akbarov turli davlat idoralariga murojaat qilib, nohaq tuhmat va bohtonlardan iborat bolgan yolgon axborotlar tarqatish orqali kopchilikni ovora qilib kelmoqda. Bir necha marotaba bolib otgan sud majlislari, turli tashkilotlardan kelayotgan ishchi guruhlarning ish faoliyati davomida M.Akbarovning muomalaga layoqatliligini ornatilgan tartibda tekshirib korish kerak, degan xulosaga keldim. Kengash azolarining murojaatnomasida shunga alohida urgu berilsa, maqsadga muvofiq bolar edi.

K.Karimova, Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti dekani:

Haqiqatan ham institutning sobiq huquqshunosi M.Akbarov ozining bu xatti-harakatlari bilan institut shaniga dog tushirmoqda. Uning tomonidan hozirgacha turli joylarga tinimsiz yozilayotgan shikoyat va arizalar tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan organib chiqilgan va barchasi asossiz deb topilgan. M.Akbarov oz tasdigini topmagan bunday murojaatlari bilan davlat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini ovora qilishni qachongacha davom ettiradi?

I.Qoziyev, Oquv ishlari boyicha prorektor:

Hammamizga malumki, M.Akbarov ozining aybsiz ekanligi, ishdan nohaq boshatilganligini korsatib, turli tashkilotlarga davlat huquq-tartibot idoralari hamda ommaviy axborot vositalariga turli igvolar korinishidagi yozishmalari bilan institut jamoasi shanini yerga urib, obrosizlantirib kelmoqda. Hamma narsada chek-chegara va meyor bolishi lozim, deb oylayman. M.Akbarovning bunday noorin xatti-harakatlariga nisbatan qonuniy chora korilishini sorab huquqni muhofaza qilish organlariga Kengash azolari nomidan murojaat qilishni taklif etaman.

M.Akbarovning shikoyatlarini tekshirish uchun qanchadan-qancha ishchi guruhlari tuzildi, qancha-qancha mutaxassislar oz ishlarini tashlab, oylab, hatto yillab shu holatlarga aniqlik kiritish uchun sarson bolishdi. Shulardan bazilarini keltiramiz.

M.Akbarov tomonidan 2017 yil iyul oyida yollangan ariza boyicha 2017 yil 2 avgust kuni Toshkent shahar prokuraturasi bolim prokurori A.Azimov, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi Yuridik xizmat faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taminlash bolimi yetakchi maslahatchisi O.Umarxodjayev va Yunusobod tumani Buyuk Turon mahallasi huquqbuzarlik profilaktikasi bolimi yetakchi maslahatchisi X.Turdanovlar ishtirokida yigilish otkazildi. Ushbu yigilishda M.Akbarov arizada qayd etilgan kamchiliklar boyicha hech qanday etirozi yoqligini aytgan va yozma ravishda tasdiqlagan.

Uning 2017 yil 15 sentabrda Yunusobod tuman prokuraturasiga yollagan arizasi boyicha Oliy va orta maxsus talim vazirligining 2017 yil 18 sentabrdagi 676-sonli buyrugi bilan maxsus ishchi guruhi tuzilib, 2017 yilning 21-22 sentabr kunlari institutda tekshiruv otkazilgan. Mazkur ishchi guruhi tomonidan M.Akbarov ishtirokida arizadagi holatlar toliq organib chiqilgan va tasdiqlanmagan. U ishchi guruhi dalolatnomasiga Ishchi guruhi xulosasi bilan tanishdim. Etirozlarim yoq, deb imzo chekkan.

2017 yil 25 sentabrda Oliy va orta maxsus talim vazirligiga yollangan ariza boyicha 9 oktabrda yana maxsus ishchi guruhi tuzilib, institutda tekshiruv otkazilgan va M.Akbarovning arizasidagi holatlar asossiz ekanligi aniqlangan.

2018 yil 30 noyabrda Bosh prokuraturaga yollangan ariza Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan organib chiqilgan va M.Akbarovning davolari isbotlanmagani aniqlangan va hokazo...

M.Akbarov tomonidan turli idoralarga yollangan deyarli barcha ariza va shikoyatlarda institutda 2014-2016 yillarda bajarilgan grant loyihasi va unda amalga oshirilgan ishlar boyicha bir necha marotaba ishchi guruhlari tuzilib, organilgan. Ularning barchasida shikoyatchining ozi ham shaxsan ishtirok etgan va ishchi guruhi xulosasida ishchi guruhi xulosasi bilan tanishdim, etirozim yoq deb imzo ham qoygan.

Shuningdek, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan M.Akbarovning murojaatini organish jarayonida institut rektori U.Azizovga nisbatan keltirilgan malumotlar yolgon va bohtonlardan iboratligi aniqlangan va oz tasdigini topmagan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasiga 2018 yil 8 oktabrda yollangan murojaatda keltirilgan holatlar ham tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan organib chiqilgan va asossiz deb topilgan.

Tabiiy savol tugiladi: M.Akbarov tuhmat uchun javob berish kerakligini bilmaydimi? Boshqa narsani bilmasa ham, buni bilishi kerak, har holda yurist, degan diplomi bor-ku. Institut jamoasi, rahbariyati ustidan bohtonlardan iborat arizalar yozib, yuzlab odamlarni ishdan chalgitayotgan, asabini yemirayotgan M.Akbarov xatti-harakatlariga yuridik baho berish vaqti kelmadimikan?

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: