O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.05.2019

OQNI OQ, QORANI QORA DEYISH SHUNCHALIK QIYINMI?

Hurmatli Bosh muharrir! «O‘zbekiston ovozi» gazetasining 2018 yil 18 dekabr sonida Bir fitna oqibati sarlavhali tanqidiy maqola chop etilgan edi.

Yodingizda bolsa, unda 2017 yilning 4 iyulida Urgut tumanidagi Shahrizoda Sanam fermer xojaligi rahbari, Anvar Ziyoyev va ijarachi Asad Yoldoshevga tegishli transformatorning sorgichi buzilib, noma’lum shaxslar tomonidan hisoblagichlar almashtirib qoyilgani, osha kunning ozidayoq qayoqdandir paydo bolgan Dehqonobod elektr taminoti korxonasi xodimi Adham Iskandarov, tuman majburiy ijro byurosi xodimlari Ilhom Qurbonov va Shohimardon Qurbonov Anvar Ziyoyevga tegishli hisoblagichning sorgichi buzilgani haqida dalolatnoma tuzishgani va Urgut tuman prokuraturasiga topshirgani va oglimga nisbatan asossiz ayblar qoyilgani misollar asosida bayon etilgan edi.

Shuningdek, maqolada Urgut tumanidagi tog yon bagrida joylashgan Shahrizoda Sanam fermer xojaligi rahbari, farzandim Anvar Ziyoyevga 2017 yilning 5 dekabrida Urgut tuman prokuraturasi jinoyat ishlari boyicha tergovchi vazifasida ish organuvchi Azamat Narziyev tomonidan suv chiqaradigan nasos qurilmalari uchun Dehqonobod elektr taminoti korxonasi ornatgan elektr hisoblagichni almashtirgani, ...elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelishi natijasida Dehqonobod elektr taminoti korxonasi manfaatlariga 25 million 674 ming som miqdorida zarar yetkazgani, korsatilgan jinoyatni qasddan sodir qilgani sababli Ozbekiston Respublikasi JKning tegishli moddasi bilan ayblov qoyilgani va Jinoyat ishlari boyicha Urgut tuman sudi tomonidan 2018 yil 26 martda otkazilgan sud majlisida bu zarar fermer tomonidan qoplanishi haqida hukm chiqarilgani hamda unga bir yil muddatga axloq tuzatish jazosi tayinlangani haqida soz boradi.

Fuqarolik ishlari boyicha Tayloq tumanlararo sudining 2018 yil 5 avgustda otkazilgan ochiq majlisida esa Urgut tuman Dehqonobod elektr taminoti korxonasi tomonidan 2018 yil 7 avgustda tuzilgan solishtirma dalolatnoma asosida Shahrizoda Sanam fermer xojaligining elektr energiyasidan qarzi mavjud emas, degan qaror chiqarilgan. Ammo hozirgacha jinoyat ishlari boyicha sud hukmi bekor qilinmagan va tuhmatga qolgan farzandim Anvar Ziyoyev qariyb ikki yildan buyon aybsizligini isbotlash uchun ishdan qolib, sud-huquq mahkamalariga qatnab sarson-sargardon bolmoqda.

Men Fuqarolik ishlari boyicha Tayloq tumanlararo sudining 2018 yil 5 avgustda otkazilgan ochiq majlisida Shahrizoda Sanam fermer xojaligining elektr energiyasidan qarzi mavjud emas, deb chiqargan qarori asosida 2018 yil 26 martda Anvar Ziyoyevga nisbatan Jinoyat ishlari boyicha Urgut tuman sudi tomonidan tayinlangan bir yil muddatga axloq tuzatish jazosini olib tashlash boyicha yuqori sudlarga ariza bilan murojaat qilgan edim.

Oliy sud sudyasi T.Meliboyev tomonidan qabul qilingan ajrimga kora, sudlangan A.Ziyoyev ishi boyicha sud qarorlarini nazorat tartibida korib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi korsatilgan va bir yil muddatga axloq tuzatish jazosi ozgarishsiz qoldirilgan. Uning bu javobini umuman tushunmadim. U yo ishni chaqirib, masalaning ichiga kirib, organib kormagan yoki fuqarolik sudining qarorini tan olmayapti.

Ushbu tanqidiy maqola chop etilganidan keyin Siz tomoningizdan Oliy sud rahbariyatiga yuborilgan xatga 2019 yil 4 yanvarda olingan javobning oxirgi bandida: Hozirda sudlangan A.Ziyoyev tomonidan sud qarorlarini nazorat tartibida korib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat berilmagan, deb yozilgan.

Shundan song men advokatim Sh.Qurbonov bilan birga Oliy sud sudyasi T.Meliboyev tomonidan qabul qilingan ajrimni notogri deb topishni sorab ariza yozdim va 2019 yil 14 yanvarda Oliy sudning jinoyat ishlari boyicha orinbosari qabulida boldim. Natijada mening shikoyatim qanoatlantirilib, T.Meliboyevning ajrimi bekor qilindi, bu ish Samarqand viloyat sudida uch nafar sudyadan iborat sud kollegiyasida koriladigan boldi. Lekin afsuski, oradan uch oydan ziyodroq vaqt otgan bolishiga qaramay, bugungacha bu ish na Oliy sudda, na viloyat sudida korilmayapti!

Bu aldovlarga chiday olmay, yana 3-4 marotaba rangimni sargaytirib, Yuqori sud mutasaddilari qabuliga borib otirishimga togri keldi. Oxiri 2019 yilning 11 aprelida bu ish boyicha Oliy sudning hayat raisi orinbosari I.Muslimov imzosi bilan berilgan javob xati 2019 yil 6 fevralda Respublika Bosh prokuroriga, Urgut tuman prokuroriga va advokat Sh.Qurbonovga jonatilganini aniqladim. Lekin eng hayron qolarli joyi, bu javob xati nima uchun uch oy davomida bizning qolimizga yetib kelmadi?

Savol tugiladi: mayli, bir sud aybdor qildi, boshqasi oqladi. Nahotki shu oqlovga asosan tuhmatga qolgan bir insonni aybsiz, deb iqror bolish shunchalik mushkul bolsa?! Biz Yuqori sudga T.Meliboyevning ajrimidan norozilik shikoyati yozib, umid bilan kutdik, lekin bu ish yana aylanib, Urgut tuman prokuraturasiga yuborildi? Bu mantiqqa qanchalik togri keladi?

Hurmatli Bosh muharrir! Mening hech kimga hech qanday xusumatim yoq. Maqsadim – adolat qaror topib, tuhmat oqibatida rangi somon bolgan oglimning farzandlari, yoru-birodarlari, qolaversa, el-yurt oldida yuzi yorug bolsa, deyman. Halol mehnat bilan topgan daromadidan Mehribonlik, Saxovat uylariga, bolalar bogchalariga doimiy ravishda xayriya qilib kelayotgan oglimning arzimagan pul uchun elektr hisoblagichning sorgichini uzib, uni almashtirib qoyishiga har qanday aqli raso inson ishonmasligi tayin! Afsuski, kimlarningdir manfaati, tanish-bilishchiligi, oyinlari sud idoralarini ham chalgitayotgani kishini taajjubga soladi.

Axir, bunday holatlar qonun, adolat va insonparvarlik tamoyillariga asoslanib ish korayotgan sud-huquq idoralari xodimlari shaniga, mamlakatimiz sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlarga soya soladi-ku, sud obrosiga putur yetkazadi-ku.

Tahririyat ham oz pozitsiyaisni himoya qilmasa, aytgan gapi havoga uchib ketsa, gazetaning tasir kuchi, nufuziga salbiy tasir qiladi, deb oylayman.

Yoshim bir joyga borganda bunday sarsongarchilikni korish yetti uxlab tushimga ham kirmagandi. Bunday yozishmalarni ozimga ep koraman, deb ham oylamaganman. Ammo nachora, majbur boldim...

Sizga hurmat bilan,

Abduzohir ZIYOYEV,

mehnat faxriysi.

TAHRIRIYATDAN:

Abduzohir Ziyoyev Urgut tumanining Bahrin qishlogida yashaydi. Ottiz yilga yaqin sobiq Navoiy jamoa xojaligini boshqargan, Oliy Majlis, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputatligiga bir necha bor saylangan, tuman va viloyatda taniqli, obroli inson. Farzandi Anvar Ziyoyev 2007 yildan buyon Navoiy agrofirmasi qoshida tashkil etilgan Shahrizoda Sanam fermer xojaligiga rahbarlik qiladi. Mahalladagi obodonchilik va xayriya ishlariga muntazam homiylik yordami korsatib keladi. Bu ochiq xatga alohida munosabat bildirishni lozim topmadik. Har bir mutasaddi idora bu borada oziga xulosa chiqarib oladi, deb oylaymiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: