O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.05.2019

OZBEKISTON IQTIDORLI YOSHLAR MAMLAKATI

O‘zbek tilining izohli lugatida iqtidor sozining ma’nosi kuch-qudrat va qodirlikdir. Bugun taraqqiyot yolidagi Ozbekistonga bilim kuchi, bilim qudrati, bilim qodirligi suv bilan havodek zarur.

Talim tizimi sifati jamiyatning yetuklik darajasidan dalolat bersa, iqtidorlilar talim-tarbiyasiga etibor, uni kafolatlaydigan davlat rahbari va mamlakat milliy elitasining yetuklik darajasini korsatadi. Prezidentimizning Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish togrisidagi qarori mazkur yonalishdagi islohotlar uzluksiz davom ettirilayotganini korsatadi.

Yoshlar tarbiyasi va talimini togri, milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan qayta korib chiqish jiddiy strategik masala hisoblanadi. Talim-tarbiya tizimi sifati va tarkibi har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilaydigan eng asosiy omillardan biridir.

XX asrning ikkinchi yarmida yoshlarning talim-tarbiyasini maqsadli isloh qilish natijasida ijtimoiy-iqtisodiy barqaror jamiyat qurgan davlatlarga bir etibor beraylik: Yaponiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya, Norvegiya... Ular islohni bogchadan boshlab, 2-3 on yillikda oziga xos, samarali talim-tarbiya tizimini yaratish hisobiga iqtisodiy barqaror, rivojlangan mamlakatlarga aylandi.

Ozbekistonda olib borilayotgan bu sohadagi islohotlar xronologiyasini tahlil qilaylik. Ishni deyarli tugagan maktabgacha talim tizimini tiklashdan boshladik. Ozbekistonda ilgari bolmagan, har jihatdan qulay, yaxshi jihozlangan bogchalar qura boshladik. Eng avvalo, uzluksiz talimning ota zaif halqasi va shu bilan birga, eng muhim sohasi bolgan maktabgacha talim muassasalari mazmunan va tashkiliy jihatdan yangi shakllarda namoyon bolmoqda. Yangi shakldagi maktabgacha talim nafaqat mamlakatimizda bogcha yoshidagi bolalarning qamrab olish kolamini keskin oshirishga, shuningdek, bolalarni 3-6 yoshidanoq qiziqishi, erkin muloqot qila olish qobiliyatiga qarab alohida guruhlarga bolib talim-tarbiya berish mexanizmlarini joriy etish imkoniyatlarini bermoqda.

Maktabgacha talim muassasalari uchun tarbiyachilarni tayyorlash tizimi ham deyarli yoq darajaga kelgan edi. Oliy talim dargohlarida maktabgacha talim muassasalari uchun mutaxassislar, tarbiyachilar, murabbiylar tayyorlashning son va sifat jihatidan yangi davri boshlandi. Turmushimizga maktabgacha talim muassasalari va orta umumtalim maktablari xususiy shakllarining kirib kelishi talim sohasida soglom raqobat muhitini yaratmoqda. Jamiyatda talim muassasasini tanlash, shu bilan birga, innovatsion talim beruvchi murabbiylar, oqituvchilarga bolgan yangicha talab, shunga munosib haq tolash tizimi ham amaliyotga kirib kelmoqda.

Xalqimiz kopdan buyon kutgan 11 yillik maktab talimiga qaytilishi bolalarimizning talim olish sifatini ham, tarbiyasini ham yanada yuksaltirish imkoniyatini berdi. Umumiy orta talimda tizimli ozgarishlar jarayoni tezkorlik bilan davom etmoqda. Fanlardan yangi dasturlar, darsliklar, oqituvchi maoshi va qadrining oshishi shular jumlasidandir.

Kasb-hunar talimi — kollejlar borasida ham yangi tizim yaratilmoqda. Bu tizim ish beruvchilarning real talabidan kelib chiqqan holda, aniq va optimal boladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan milliy elita yoshlarni tarbiyalash boyicha davlat siyosatining yuritilishi va talimga konseptual yondashish yaqin yillarda iqtisodiyotimizning barcha jabhalarini innovatsion fikrlaydigan mutaxassis kadrlar bilan taminlash imkoniyatini yaratadi. Bu maqsadga erishish uchun talim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omillar belgilandi va ularni mamlakat miqyosida bajarish boyicha qator manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu omillarning ichida akademik litseylarning qaytadan isloh qilinishi, maktabgacha talim tizimining rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida tubdan ozgartirilishi, talim sohasida raqobat muhitini yaratishga olib keluvchi xususiy talim muassasalarining ochilishi, innovatsion bilim va fanni egallash uchun xorijiy universitetlarda yoshlarning tahsil olishi, Prezident maktablarining tashkil qilinishi talim islohotlarini izchil davom ettirish va yanada yuksaltirishga xizmat qilishi tabiiy.

Prezidentimiz Konstitutsiya bayramidagi maruzasida oliy talim islohotlariga alohida toxtaldi.Qanday ogir bolmasin, tan olishimiz kerak, yurtimiz ravnaqi uchun eng zarur yonalishlar boyicha izlanuvchan, istedodli yosh kadrlarni chetda, rivojlangan davlatlarda oqitishga majburmiz. Shuning uchun ham Oliy va orta maxsus talim vazirligi, oliy oquv yurtlari, mamlakatimizdagi ilmiy markazlar «El-yurt umidi» jamgarmasi bilan yaqin hamkorlikda samarali ish olib borishi kerak.

Prezidentimizning Ozbekistonga jadal islohotlar suratiga mos ilgor kadrlar kerak nomli maruzasida zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlarni tarbiyalash masalasiga jiddiy etibor qaratilib, Bu masala bizning kelajagimiz, bizning ertangi kunimiz deb alohida takidlangan.

Albatta, Ozbekistonimizning dunyo mamlakatlari ichida ozining munosib orniga ega bolishi sozsiz innovatsion bilimlarni egallagan, inson kapitali sohibi bolgan bugungi yoshlarning qolida. Shu sababli yoshlar tarbiyasidagi eng muhim navbatdagi qadamlardan biri bu Prezident maktablarini tashkil etish togrisidagi tarixiy va strategik qarordir. Mazkur hujjatda 2019-2021 yillarda Toshkent shahri va Qoraqalpogiston Respublikasi hamda viloyatlarda Prezident maktablarini qurish belgilangan. Bu maktablarda tahsil oladigan oquvchilarni tanlash Kembridj universiteti professor-oqituvchilari tomonidan amalga oshiriladi. Bu borada Xalq talimi vazirligi maxsus memorandum imzoladi. Prezident maktablariga umumtalim maktablarining 4-sinf bitiruvchilari mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijasida tanlab olinadi. Shuningdek, xalqaro STEAM talim (Science tabiiy fanlar, Technology texnologiyalar, Engineering texnik ijodkorlik, Art sanat, Mathematics matematika) dasturi asosida oqitish yolga qoyiladi. 9-11-sinflarda oquvchilar ozlarining qiziqishlariga qarab ayrim fanlarni tanlash orqali individual bilim olish imkoniyatiga ega bolishadi.

Prezident maktablarining bosh vazifalaridan biri tabiiy va aniq fanlarni chuqur oqitish, oquvchilarning innovatsion bilimlarni ozlashtirishlarini, ularning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatlarini ochib berish va rivojlantirishdan iboratdir. Prezidentimiz haqli ravishda takidlaganidek, farzandlarimizning qobiliyatlarini royobga chiqarishga bolalikdan etibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizda yana koplab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugbeklar yetishib chiqadi.

Prezidentimizning Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish togrisidagi qarori bu sohada tashlangan yana bir ota muhim qadam boldi. Bu hujjat yoshlarimizni ilm-fan bobida yanada gayrat-shijoat korsatishlariga katta turtki boladi.

Talim sifati jamiyatning ravnaqini taminlaydigan asosiy va birlamchi omil ekanligi hukumatning doimiy etibor markazida turadi. Iqtisodiyotning real sektorlari talablaridan kelib chiqib milliy elita kadrlarni tayyorlash va ularni dunyo bozorida raqobatbardoshligini taminlash mintaqa (viloyat)lar strategik maqsadiga aylanib bormokda. Bu ota muhim siyosatning muvaffaqiyati mamlakatning har bir fuqarosi talim islohotlarida faol ishtirok etishini taqozo qiladi. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida takidlab otilganidek, ... islohot bu yangilanish, ozgarish degani. Islohotlarning ijobiy natija berishi uchun, avvalo, rahbarlarimiz va odamlarimiz ozgarishi kerak. Inson ozgarsa, jamiyat ozgaradi.

Haqiqatan ham talim sifati har bir oqituvchining malakasi va oz kasbiga fidoyiligidan tashqari, jamiyatning talimga bolgan munosabatiga ham bevosita bogliqdir. Bugun biz yangi avlod oqituvchisini xorijda yoki ozimizda tarbiyalash bilan birgalikda oliy talim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 25-45 yoshdagi pedagoglarning malakasini oshirishning tubdan yangi, mukammal va iqtisodiy-ijtimoiy ozgarishlarga moslashuvchan tizimini ishlab chiqishimiz lozim. Axir bugun yangi tipdagi bogchada tarbiyalanayotgan bolalar oliy talim muassasasiga oqishga kelgunicha kamida 12-15 yil otadi. Vaholanki, shu vaqt ichida hozirgi professor-oqituvchilarning 75-85 foizini yangilashni davr shiddati taqozo etadi. Kutishga va loqaydlikka berilishga hech ham haqqimiz yoq.

Prezidentimiz Murojaatnomasida keltirilgan Najmiddin Kubroning Muvaffaqiyatni say-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda kordim, degan hikmatli sozlarining manosini hammamiz chuqur anglashimiz kerak. Jamiyatning har bir kishisida mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik hissini uygotish, milliy fidoyilik tuygusini shakllantirish va rivojlantirish vaqti keldi, bu jarayonni kundalik turmush tarziga aylantirish kun tartibimizdagi bosh masaladir. Oshanda jonajon Ozbekistonimiz iqtidorli yoshlar mamlakatiga aylanadi.

Rustam XOLMURODOV,

Samarqand davlat universiteti rektori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: