O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.12.2012

ELEKTRON TIJORAT VA ELEKTRON TOLOV

tizimlari rivojlantirilishi, qonunlar ijrosi ta’minlanishi kerak

OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASIDA AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI MASALALARI QO‘MITASINING NAVBATDAGI KENGAYTIRILGAN YIGILISHI BOLIB OTDI.

Unda «Elektron tijorat togrisida»gi Ozbekiston Respublikasi qonuni ijrosi vaOzbekistonda elektron tijorat tizimini rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalar togrisida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, shuningdek, Elektron tolovlar togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni ijrosi va Ozbekistonda elektron tolovlar tizimini rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalar togrisida Markaziy Bankning axborotlari tinglandi.

Yigilishda, avvalo, elektron tijorat va elektron tolovlar tizimini rivojlantirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ajralmas qismiga aylangani, soha ravnaqi uchun mustahkam huquqiy asos yaratib bergan Axborotlashtirish togrisidagi, Elektron raqamli imzo togrisidagi, Elektron tolovlar togrisidagi, Elektron tijorat togrisidagi va boshqa qonunlarning ijrosini taminlash tegishli vazirlik hamda idoralar mutasaddilari, umuman, davlat va jamiyat zimmasidagi muhim vazifa ekani aytib otildi.

Takidlash kerakki, zamonaviy iqtisodiy rivojlanish jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchi, xizmat korsatuvchi, xaridor va istemolchilar ortasidagi huquqiy-moliyaviy munosabatlarni yuqori darajaga kotarish, uning tezkorligi hamda xavfsizlik korsatkichini oshirish, bunda elektron tijorat va elektron tolov tizimi rivojlanishiga erishish muhim masaladir.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining axborotiga kora, mamlakatimizda tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi, avtotransport vositalari va tranzit tovarlarni avtomatik tarzda nazorat qiluvchi yagona tizim joriy qilinib, elektron tarzda deklaratsiya qilish portali yaratilgan.

Ozbekiston eksportchilarining Internetdagi portali — Yexrorter.uz ishga tushirilgan bolib, bugungi kunda unga 1600 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 6 mingga yaqin mahsulotlari haqidagi malumotlar joylashtirilgan. Ulgurji savdoning 40 foizi birja savdolari orqali elektron shaklda amalga oshirilayapti.

Elektron tolovlar togrisidagi qonun ijrosi va Ozbekistonda elektron tolovlar tizimini rivojlantirishning dolzarb vazifalariga qaratilgan Markaziy Bank axborotida korsatilishicha, respublikamizda Uzkart banklararo tolov tizimi joriy qilingan. 30 ta tijorat banklarining tolov tizimlari birlashtirilgan holda, mikrochip modulli bank kartalari boyicha tolovlar amalga oshirilmoqda.

Banklar tomonidan masofadan turib turli xil zamonaviy bank xizmatlari korsatilayapti. Joriy yilning yanvar oyida plastik kartochkalar soni 8 million 270 mingdan ortiqni tashkil etgan bolsa, shu yil 1 noyabr holatiga kora, bank plastik kartochkalarining soni 8 million 680 mingdan oshgan. Mazkur davrda savdo terminallari 99688 dan 112661 taga osib, bank kioskalari soni 1082 taga yetdi. Banklarning masofadan turib hisob raqamlarni boshqarish bilan bogliq ishlarida ijobiy natijalar kuzatilib, 2012 yilning 1 noyabr holatiga asosan Ozbekistonda Internet-banking foydalanuvchilari 36144, SMS-banking xizmatidan foydalanuvchilar esa 44568 tani tashkil etgan.

Qomita yigilishida Elektron tijorat togrisidagi, Elektron tolovlar togrisidagi qonunlar ijrosini taminlash yuzasidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, shuningdek, Markaziy Bank axborotlari atroflicha muhokama qilindi. Ozbekistonda elektron tijorat va elektron tolovlar tizimini rivojlantirish, bu boradagi dolzarb vazifalar boyicha Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik, Markaziy va tijorat banklari mutasaddilari va mutaxassislar fikr almashishdi.

Takidlandiki, xojalik yurituvchi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining elektron tijorat va elektron tolov imkoniyatlaridan samarali foydalanishi tijorat ishida hamkorlar topish, shartnomalar tuzish, tashqi bozorga tezkor chiqishda keng imkoniyat yaratib bermoqda. Bundan keyin ham mutasaddi vazirlik va tashkilotlar elektron tijorat va elektron tolovni rivojlantirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ulardan foydalanish imkonini yaratish masalalariga etiborni yanada kuchaytirishi, bu jarayonda qonunchilikda kozda tutilgan meyorlar taminlanishi zarur. Bu milliy iqtisodiyotimizning barqarorligi va raqobatbardoshligi oshishi, shuningdek, dunyo iqtisodiyotiga faol integratsiyalashishida muhim ahamiyatga ega bolib turibdi.

Shundan kelib chiqib, yigilishda sohani rivojlantirish bilan bogliq mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanilmayotgani qayd etildi. Xususan, elektron tijorat modellari yetarlicha rivojlanmagani, elektron tijoratda davlat organlari ishtiroki sustligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, bank hamda bojxona tomonidan elektron shaklda tuzilgan shartnomalarni qayd etish, monitoring va nazorat qilish yolga qoyilmagani, mahalliy tovarlarning elektron pasporti boyicha davlat standartlari ishlab chiqilmagani, elektron raqamli imzo boyicha ishonchli (uchinchi) tomonning yagona markazi yaratilmagani, sohada mutaxassis tayyorlash, onlayn terminal infratuzilmasini yanada rivojlantirish, elektron tijoratni sugurtalashni yolga qoyish bilan bogliq masalalar qizgin tahlil qilindi.

Yigilishda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qomitasi azolari qonunlar ijrosidagi xato-kamchiliklarni bartaraf etish, sohani taraqqiy toptirish boyicha qator tavsiyalar bildirdi. Jumladan, elektron tijorat va elektron tolov tizimining iqtisodiy va texnologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni belgilash, sohada faoliyat yurituvchi subektlarga soliq imtiyozlari va boshqa qonuniy yengilliklar berish, elektron tijoratning Internet platformasini davlat miqyosida izchil rivojlantirish va uni xalqaro platformalar bilan integratsiyalash, tovarlarning elektron pasporti davlat standartlarini qabul qilish, axborot tizimlari va moliyaviy tolovlar maxfiyligini taminlash, tizimni takomillashtirish, amaldagi qonunchilikni milliy va xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish tavsiyalari berildi.

Qomita azolari Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar vakillari siyosiy partiyalarning Saylovoldi platformalari va harakat dasturlaridan kelib chiqib, muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan oz nuqtai-nazarlarini malum qildi.

Xususan, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi vakillari axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlatning ijtimoiy ahamiyatga ega axborot resurslariga qonunchilikka muvofiq ommaviy ulanishni taminlash, bu borada tegishli infratuzilmani rivojlantirish, axborotlashtirish vositalari, axborot mahsulotlari va xizmatlari monitoringi hamda tahlilini otkazish, uning natijalarini muntazam tahlil qilib borish orqali muayyan choralarni belgilash, shuningdek, axborotlashtirish sohasida standartlashtirish, sertifikatsiyalash va litsenziyalash tizimlarini rivojlantirish lozimligini takidladi.

OzXDP dasturida ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohalarini rivojlantirish, bunda aholiga har tomonlama qulay sharoit yaratishni kozda tutish masalalariga alohida etibor qaratilgan, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Hafiza Karimova. Malumki, elektron tijorat va elektron tolov tizimining zamon talablari darajasida rivojlanishi, nafaqat shaharlar, shu bilan birga, olis hududlarda ham ulardan foydalanish imkoniyati yaratilishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligi ortishiga xizmat qiladi. Shu bois fraksiyamiz elektron tijorat va elektron tolov tizimini mamlakat miqyosida izchil rivojlantirish choralarini belgilash, bu borada mutasaddi vazirlik va idora-tashkilotlar masuliyatini oshirish muhim, deb hisoblaydi.

Qomitaning kengaytirilgan yigilishida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Markaziy Bankning axborotlari maqullanib, muhokama etilgan masala boyicha tegishli qaror qabul qilindi.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: