O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.04.2019

DAVLAT MARD KELSA, DEHQON HAM KAM KELMAYDI

Andijonlik fermerlar qishloq xo‘jaligini majlisbozlik, ma’muriy buyruqbozlik bilan rivojlantirib bolmasligini aytishmoqda

Qishloq xojaligi — millionlab yurtdoshlarimizni band qilib turgan eng ulkan tarmoq. Bu sohada har qanday qaror, har bir tadbirni dehqon bilan bamaslahat qilmasdan yaxshi natijaga erishish mumkin emas. Lekin, afsuski, yerning qalbi, sohaning dardini biladigan zahmatkash insonlar bilan kam gaplashyapmiz, yigilishlarga chaqirib, kop aql orgatyapmizu, ularni ham eshitish kerakligini esdan chiqarib qoyapmiz.

Muxbirimiz Andijon viloyatiga xizmat safari chogida fermerlar, qishloq xojaligida «eti qotgan» dehqonlar bilan suhbatlashdi.

Bahodirjon RAHIMOV, Andijon tuman Nafosatli dala ravnaqi fermer xojaligi rahbari, Andijon tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi:

Olti yildan beri fermer xojaligi rahbariman. Bugunga kelib, anglaganim shuki, fermer mehnatdan qorqmasligi kerak. Ha, aynan qorqmaslik. Chunki mehnatdan qochish boshqa, mehnatdan qorqish boshqa. Yer egasi mehnatdan qorqmasa, yaratadi, yashnatadi, boyiydi, boyitadi. Chunki yer hammani, olamdagi barcha jonzotni boqadi. Osmonda uchib yurgan qushlarni, qurt-qumursqani, hattoki okeandagi baliqlarni ham yer toydiradi. Shuning uchun yerni ezozlashimiz, u bilan tillashish kerak, desam balandparvoz gapdek eshitilishi mumkin. Lekin yerni sevmasak, qadrlamasak, qanday olamshumul rejalar haqida oylamaylik, birimiz ikki bolishi qiyin.

Aytish kerakki, oramizda sohaga adashib kirib qolganlar ham yoq emas. Masalan, bir kemani tasavvur qiling. Unda turli odamlar bor. Kimdir u qirgoqqa, kimdir bu tarafga nimadir olib otadi. Kemaga chiqishdan hammaning bir maqsadi bor. Lekin bular nima qilar ekan, degan qiziqish bilan kuzatib turganlar ham uchrab turadi. Ular maqsadsiz kishilar. Dehqonchilikda buni kechirib bolmaydi. Ana shunday shaxslardan yerni olib, haqiqiy rejasi, tashabbusi, asosiysi, maqsadli harakati bor insonlarga berish kerak. Chunki yerdan foydalanishning oz tartib-qoidalari bor, qonun bor. Ularga amal qilmaganlarni kechirib bolmaydi. Fikrimcha, bunday shaxslar uchun davlat, xalq manfaati ahamiyatsiz. U ogrilikni biladi. Ana shundaylarning maqsadi bolmaydi. Bilasizmi, ayrim toifa insonlar bor: ular biror ishni qilsam, uddalab ketaman, deb oylaydi. Vaholanki, osha vazifani qanday bajarishni bilmaydi.

Qonun, qaror va farmonlar ishimizga masuliyatni oshiradi, imkoniyatlarimizni kengaytiradi. Lekin aslida qishloq hojaligi ishlari hammasi tavakkalchilik. Chunki uning qolipi, dalaning esa devori ham, tomi ham yoq. Puxta oylab, ishning kozini bilgan kishi, muhimi, yer ilmidan xabari bor inson daromad qiladi, undan boshqalar ham manfaat koradi. Masalan, bozorda bir kilo olma 1,5 ming som, behi esa 20 ming bolyapti. Nega? Sababi, behi kam. Talab darajasida yetishtirilmayapti. Demak, bozor ehtiyojidan kelib chiqib mahsulot yetishtirish dehqonning, fermerning vazifasi.

Oylashimizcha, davlatning talabi ham, istagi ham shu: xalqimiz dasturxonini arzon, sifatli mahsulotlar bilan toldirish. Fermerning boshqalarga ham nafi tegishini taminlash. Shuning uchun kop tarmoqli fermer hojaliklari kopayishi, ularga ishlash uchun erkin sharoit yaratilishi lozim. Ana shunda fermer ham, uning ishchilari ham davlatning chontagiga koz tikmaydi. Har xil qingir ishlarga yol qoyilmaydi. Yani, davlat nomidan ish tutadigan rahbarlar mard kelsa, dehqon ham kam kelmaydi.

Ikromjon QALANDAROV, Jalaquduq tumanidagi Dadaboy fermer xojaligi rahbari:

Kop yillik tajribamdan kelib chiqib, avvalo shuni aytmoqchimanki, qishloq xojaligini rivojlantirish uchun birinchi navbatda majlisbozlikni toxtatish kerak. Bu davlat rahbarining ham talabi. Afsuski, fermerlarning 20-30 foiz vaqti yigilishlarda otadi. Bir soatmi, besh soatmi, farqi yoq. Osha kuni tuman markaziga borib kelish kerak. Bu fermer qimmatli bir kunini yoqotdi, degani. Dalada endi ish boshlamoqchi bolsangiz, on ikkiga, birga yoki yana qaysidir vaqtga majlisga chaqirishadi. Axir fermer bir necha yillardan beri bajarib kelayotgan ishini ozi qilaveradi. Hammani bir joyga toplab, kimgadir tanbeh berib yoki kimnidir maqtash bilan vaziyat ozgarib qolmaydi. Ish dalada boladi, xonada emas.

Bazida rahbariyatdan menga tilla olib berarmiding? degan gaplarni ham eshitamiz. Maqsad nima? Yerdan nimadir olish, yaratish emasmi? Axir yerdan olingan mol hosil chinakam boylik-ku? Nega endi shartnoma rejasini 100-120 foiz bajargan fermer dalasidagi goza poyalarini yigishtirib ololmaydi? Odamlar biz beradigan 15-20 ming som uchun ishlamaydi. Ularga kuzda yigib olinadigan otin kerak. Gozapoyalari berilmasa, yollanma ishchilar ishlashga kelmaydi. Otgan yili xuddi shu holat kuzatildi. Agar ruxsatsiz poyalar yigishtirilsa, darhol javobgarlik uchun chaqirilamiz.

Bundan tashqari, bugdoy ekishdan oldin dalani gozadan tozalab, yerga yaxshilab ishlov berish kerak. Gozapoyalar ichiga sepilgan urug yovvoyi otlarga aralashib ketadi. Agrotexnika togri olib borilmagach, bahorda 50-60 orniga 40 sentnerdan bugdoyga ham rozi bolishga togri keladi. Prezidentimiz tomonidan imzolanayotgan qaror va farmonlar quyida yaxshi ishlamaydi. Agar ular amaliyotga toliq tatbiq etilsa, rivojlanish, yuksalish surati qanchalar ortib ketishini bilasizmi?

Misol uchun, hujjatlarga kora, fermerning 10 foiz yerini erkin holatda qoyish belgilangan. U yerga qoshimcha daromad uchun istalgan ekinni ekish mumkin. Birinchi navbatda, almashtirib ekish orqali hosildorlik, tabiiyki, dehqon manfaatdorligi ortadi. Bu yerga bolgan mehrni yanada kuchaytiradi.

Ozim fermer bolganim uchun aytmayapman. Lekin insonning ishi rahmatga arziydigan bolsa, uni ragbatlantirish, masalan, ortiqcha topshirilgan hosil uchun balandroq narx tolash kerak, nazarimda. Bir kishiga korsatilayotgan etibor va uning ishiga nisbatan yaxshi munosabat boshqalarni ham ana shunga chorlaydi. Hosilni ortigi bilan yetishtirishga, davlatni aldamaslikka bor kuchi bilan harakat qiladi.

Yana bir gap. Kop tarmoqli fermer xojaliklarini kopaytirish, ishini rivojlantirish dolzarb sanaladi. Ushbu masalada bir necha bor tegishli tashkilotlarga murojaat qildim. Chorvachilik uchun qoshimcha yer soradim. Zotdor, kop sut beruvchi qoramollar sotib oldim. Ammo ularni boqishga joy yoqligi bois, ayrimlarini sotishimga togri keldi. Arizam, murojaatim negadir etiborga olinmayapti. Sababi esa menga qorongi.

Kop tarmoqli fermer xojaliklarining kopayishi juda ham yaxshi. Chunki ish orni yaratiladi. Bozorlarimiz arzonlashadi. Xalqimizning dasturxoni tokin-sochin boladi. Biroq buning uchun sharoit yaratilmasa, yer-joy ajratilmasa, qaror va farmonlar qogozda qolib ketaversa, osish bolmaydi. Kop tarmoqli xojalik tashkil etildi, deb malumot tayyorlagan bilan amalda ozgarish bolmasa, kimni aldaymiz? Kimga nima naf bundan?..

Hamidillo ORTIQOV, Jalaquduq tumanidagi Habibillo fermer xojaligi rahbari:

Fermerning ozi dalaning boshida turmas ekan, 10 kishi boladimi yoki undan kopmi kongildagidek ish tashkil qilinmaydi. Bemahal majlisbozlik oqibatida fermerning umri dalada emas, yolda, xonalarda otadi. Agar rasmiyatchiliklar kamaysa, ishimizda ancha unum boladi. Eng qizigi, osha yigilishlarda fermerning fikri hech kimga qiziq emas.

Masalan, tunov kuni yigilish boldi. Bir fermerning gozalari 90 foiz chiqqan. Lekin undan suv quyish talab qilindi. Aslida bunga hojat yoq edi, ozgina yomgir bilan urugning qolgan qismi unib chiqadi. 10 foizni deb 90 foiz paxtani dangasa qilib qoyish mumkin. Unib chiqqan gozaga hozir suv quyilsa, ildizi yer ostiga emas, ustiga osadi. Keyin uni tez-tez sugorib turish talab etiladi. Aks holda, salbiy holatlar yuzaga keladi. Fermer shularni tushuntirdi, biroq mutasaddilar eshitishni istamadi. Oqibatda tushunmovchilik kelib chiqdi. Tepaga tushunib-tushunmay yetkazilayotgan axborot bilan xulosa berish ham togri emas, nazarimda. Kimningdir ishiga baho bermoqchi bolgan shaxs fermer dalasiga borib, ahvolni oz kozlari bilan korishi, xatosi bolsa, osha yerning ozida togri maslahat berishi yoki uni togrilash uchun zarur choralar korilishi lozim. Quruq gap bilan natijaga erishib bolmaydi.

Bir masalani aytish vazifam, deb bilaman. Qishloq xojaligida hammaga birdek majburiyat, talab yuklab bolmaydi. Sababi olinadigan hosilning hajmi, sifati bevosita yerning tarkibi, joylashuvi, iqlimiga bogliq boladi. Misol uchun, bizning qishloq sharoitida 4 xil yer bor. Qaysi navni eksa, qanday natija bolishini dehqon ozi yaxshi biladi. Shuning uchun tanlash imkoniyatini uning oziga qoyish kerak. Fermer soragan urug berilishi lozim. Yil davomida oftobning tigida mehnat qilgan odam daromad qilishni istaydi. Negadir uruglar tumanlashtirilgan. Bir tuman belgilangan navni ekishi aytiladi. Masalan, bizning yerimizda hamma nav ham hosil beravermaydi. Otgan yilning oktabr-noyabr oylarida urug uchun bergan buyurtmamiz etiborsiz qolgani uchun boshqa tumandan sotib olishga majbur boldik. Bu ortiqcha chiqim, ovoragarchilik degani.

Otgan yili yangi navdan ekkandik, natija yomon bolmadi. Bu yil ham ana shu urugdan qadadik. Bor mahoratimiz, mehnatimizni ishga soldik. Ob-havo yaxshi kelsa, rejani ortigi bilan bajarish maqsadidamiz.

Olloberdi YULDASHEV, Jalaquduq tumanidagi Istiqlol karvoni fermer xojaligi rahbari:

Paxta 80-90 foiz ochilgach, terimga tushilyapti. Bu juda ham yaxshi. Chunki paxta yaxshi yetilgach, terilsa, sifati oshadi, birinchi navga qabul qilinadi. Biroq ayrim hollarda shoshqoloqlik bilan paxta 50-60 foiz ochilgan maydonlarga ham terimchilar yuborilyapti. Bu fermerlarga zarar. Nimaga deysizmi, ikkinchi, uchinchi terim paxtalari past navlarda, arzon narxda qabul qilinadi. Bu dehqonning daromadiga va kayfiyatiga salbiy tasir korsatadi. Keyin esa oz-ozidan u davlatni aldashni boshlaydi. Ozboshimchalik bilan paxta yoki bugdoy orniga boshqa ekin ekadi. Chiqimni qoplash, kasod bolib qolmaslik uchun chora izlaydi.

80-90 foiz ochilgan dalada ikkinchi terimdan keyin paxta tugaydi. Shunga qaramay, uchinchi, tortinchi terimga majburiy chiqariladi. Vaholanki, arzimagan 100-200 kilo sifatsiz paxtani deb yer ham, odamlar ham sarson. Unga tolanadigan puldan bir necha barobar ortiq chiqim bilan ozgina paxta teriladi. Mana shularning orniga paxta tugagan dalalarni tezroq poyalardan boshatish, shudgorlash ishlarini olib borish kerak. Bu kelgusi yil mol hosil olish kafolati boladi.

Agar fermer shartnoma shartini bajarib qoysa, keyingi bosqich ishlariga otish uchun suniy tosiqlarga nima hojat bor? Dalalarni qancha tez boshatsak, ishlov berib bugdoy uchun hozirlasak, yer shuncha dam oladi, hosildorlik ortadi. Agrotexnik tadbirlar togri bajarilmasligi oqibatida kopchilik jabr koradi.

Fikrimcha, yana takrorlayman, fermer shartnoma asosida ishlashi kerak. Shartnoma shartlari bajarilmasa, muddati kelganda qonuniy choralar korilsin. Unga qadar fermerni, dehqonni biroz oz holiga qoyish lozim. Chunki olinadigan hosildan u ham manfaatdor, unga koz tikib turgan ishchilar ham. Hech kim yerga yomon niyatda urug qadamaydi. Afsuski, bizda shartnoma istalgan paytda ozgarib turadi. Bu qaysi mantiqqa, qaysi tartibga asosan qilinishi nomalum.

Shuningdek, hosilni qabul qilish maskanlaridagi laborator tekshiruvlar ham kimgadir boysunmaydigan bolishi lozim. Shunday bir tizim topish kerakki, u xolis baho bersin. Fermerga ham, tashkilotga ham yonbosmasin. Negadir laboratoriyalarda doim hosildan kamchilik topiladi, namligi yuqori, ifloslangan, navi past va yana boshqa sabablar bilan yaroqsiz, deb baholanib, bugdoy hamda paxtaning kilosi kamayib ketadi. Oylashimcha, ushbu masalada ham yangilik joriy qilinishi lozim. Laboratoriya ishi hech qaysi tarafga ogishmaydigan usulda tashkil etilsa, odamlar, ayniqsa, qadoq qolli dehqonlar rozi boladi...

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA

yozib oldi.

TAHRIRIYATDAN:

Fermer-dehqonlarning yuqoridagi fikrlarini eshitib, turli mulohazalar tugiladi. Eng avval xayolga keladigan xulosa shuki, mamuriy buyruqbozlik bilan qishloq xojaligida katta ozgarishlarni amalga oshirib bolmaydi. Hamma hokim yoki hududlardagi boshqa rahbarlar ham paxta yoxud bugdoy dalasidan chiqmagan, dehqonchilikning sir-sinoatini yaxshi bilmaydi. Qurilish sohasi yoki bolmasa huquq-tartibot tizimidan bugun hokimlikka otgan amaldor ertaga bir tumanga borib, qirq yillik dehqonlarga dalani kormay, ekinning holatini bilmay hozir borib paxtani sugorasan, men bilmayman, shu bugunoq gallangga dori sepasan, deb buyruqbozlik qilib otirsa, qishloq xojaligida ahvol onglanishi qiyin. Aksincha, vaqt-bemahal otkaziladigan majlislar kopni korgan dehqonu fermerlarning hafsalasini pir qilishi, davlatga nisbatan ishonchini susaytirishi, shashtini sondirib qoyishi mumkin. Aslida bu ancha nozik va chuqur masala.

Togri, har xil qingir ishlarni kozlab, yerdan gayri maqsadlarda foydalanish payida yuradigan fermerlar bilan qattiqroq gaplashish, ularni doim tergab turish togridir. Lekin bu yerda boshqa savol ham kelib chiqadi. Yerga mehri, halol mehnatga etiqodi yoq kimsalarga qaror bilan yer berib, fermer qilganlar kim? Oylasak, muammolarning sabablari ochilib boraveradi.

Ishini biladigan, ozini hurmat qiladigan fermerlar faqat shartnomada belgilangan shartlar asosida ishlashni istashini, asabbuzar gap-sozlar, uzoq choziladigan majlislar faqat ziyon ekanini aytishmoqda. Ular haq. Chunki hujjat ustuvor bolmagan, qonun-qoida qadrlanmagan joyda buyruqbozlik avj olaveradi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: