O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.04.2019

BOLANING HAM HUQUQI BOR

Bu masalada muhim o‘zgarishlar boladi

Komila KAROMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi a’zosi:

— Bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga kora, on sakkiz yoshga tolmaganlar, yani voyaga yetmaganlar bola hisoblanadi. Bola huquqlarini muhofaza etish, ularning manfaatlarini himoyalash bizning jamiyatimizda ota dolzarb masalaligicha qolmoqda.

Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar haqidagi qarorni oqigan inson buni yaxshiroq tushunadi.

Ushbu hujjat bilan royxatda turish joyi va fuqaroligidan qati-nazar, bolalarga barcha ijtimoiy xizmatlar korsatilishi belgilandi. Bolalarning davlat organlariga bevosita murojaatlari toliq korib chiqilishi kafolatlanishi, bola toliq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni kormasdan qoldirishga yol qoyilmasligi qayd etildi.

Shuningdek, 14 yoshga tolgan bola ozining taminoti uchun ota yoki onadan yoxud ota-onasi bilan birga yashamayotgan bolsa, bir vaqtning ozida ota-onaning har ikkalasidan aliment undirish togrisida davo qozgatishga haqli deb belgilandi. Konstitutsiyamizga muvofiq ota-onalar oz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.

Bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilgan davogar davlat boji va boshqa tolovlarni tolashdan ozod qilinadi. Bu davogarning sudga murojaat etish xuquqini imtiyozli kafolatlaydi.

Joriy yil sentabridan boshlab Bola huquqlari boyicha vakil lavozimi joriy etilib, erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi on sakkiz yosh etib belgilanayapti. Bu birinchidan yoshlarning oila qurishga bolgan masuliyatini oshirib, soglom oilani shakllantirishga hissa qoshadi. Ikkinchidan, nikoh yoshining bir xil etib belgilanishi ayol va erkak teng huquqliligiga asoslanadi.

Mamlakatimizda mehr-muruvvat, saxovat kabi qadriyatlar hamisha ezozlangan. 2019/2020 oquv yilidan boshlab oliy talim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bolgan chin yetimlar uchun qoshimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalarini ajratish tartibi joriy etilishi belgilanayapti.

Bola huquqlari masalasida qonun ijodkorligi faoliyati ham takomillashadi. Hujjatda yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash togrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish, shuningdek, Jinoyat kodeksi va Huquqbuzarliklar profilaktikasi togrisidagi qonunga kerakli ozgartish va qoshimchalar kiritilishi kutilmoqda.

Bu rejalar, bu ezgu ishlar zamirida toza niyat, ulug goya mujassam. U ham bolsa, bolalarning konglini oksitmaslik, ularga imkoniyat va sharoit yaratib berishdir.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: