O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.04.2019

MEHR KELDI MOYNOQQA...

Guliston ANNAQILICHEVA, Oliy Majlis Senati a’zosi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri:

— Biz, qoraqalpogistonliklar Prezidentimizning Xitoydagi «Bir makon, bir yol» ikkinchi xalqaro forumidagi ishtiroki bilan bogliq voqealarni hayajon bilan kuzatib bordik. Dunyo miqyosidagi shunday katta forumda turib ham Prezidentimiz Qoraqalpogiston kelajagi togrisida qaygurgani, Orol inqirozi oqibatlarini bartaraf etish masalasiga yana bir bor jahon hamjamiyati etiborini qaratgani, ayniqsa, onalarning konglini toldirmoqda.

Mana, Xitoyda ham Prezidentimiz ozi uchun ajratilgan qarorgohda BMT Bosh Kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashibdi. Orta Osiyoda ishonch va yaxshi qoshnichilik munosabatlarini mustahkamlash, ozaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga oid va boshqa muhim masalalar bilan bir qatorda Prezidentimiz yana Orol inqirozi muammolariga kengroq toxtaldi.

Qoraqalpogistonlik onalar shu kecha kunduzda ham Moynoqda katta kolamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganiga guvohmiz.

Moynoq tumanida qurilish, tamirlash ishlari jadal olib borilyapti. 2018 yil dekabr oyidan boshlangan Orolning qurigan maydoniga saksovul ekish ishlari ham ilk natijalarini bera boshladi. Yani, urug sepilgan 468 ming gektarning qariyb 100 ming gektarida saksovul uruglari unib chiqa boshlagan.

Yiliga 500 ming gektarni yashil qoplama bilan qoplash vazifasi qoyildi. Qish-bahor mavsumida katta ishlar qilindi.

Prezidentimiz ikki yilning ichida Moynoq tumani boyicha ikkita qaror qabul qildi. Ularga kora, Moynoqni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ishlari olib borilyapti. Bu yerda faoliyat yuritaman, degan tadbirkorlarga 10 yilga barcha soliqlardan ozod qilinadigan imtiyozlar berildi.

Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan Qoraqalpogiston Respublikasining Moynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorda tumanda 2019-2021 yillarda 125 ta loyihani amalga oshirish belgilangan. Ushbu loyihalardan ilk inshootlar 245 orinli madaniyat uyi, 1000 orinli stadion va 800 oringa moljallangan amfiteatr foydalanishga topshirildi.

Moynoq tumanidagi eng dolzarb masalalarning biri aholini ish bilan taminlash. Dengiz tolib-toshib turgan vaqtlarda Moynoq tumani aholisi 100 ming kishidan oshgan. Ular asosan baliqchilik bilan shugullangan. Dengiz qurishi bilan ularning aksariyati boshqa joylarga kochib ¬ketgan va hozirgi kunda tumanda 31 mingdan ortiqroq aholi istiqomat qiladi.

Tumanda ishsizlik masalasini hal qilish maqsadida qator korxonalar barpo qilinmoqda. Jumladan, Chexiyaning Eriell kompaniyasi tomonidan tuzni qayta ishlash korxonasi qurildi, Ozpaxtasanoat AJning oz mablaglari hisobiga qurilayotgan toqimachilik fabrikasi ham yaqinda ish boshlaydi. Bu yerda 600 nafar xotin-qizni ish bilan taminlash rejalashtirilgan. Moynoq baliq konserva zavodi binosi qurilishi ham nihoyasiga yetmoqda. Ushbu korxona avgust oylariga qadar ishga tushishi kutilmoqda. Bu zavodga Moynoq atrofidagi kollardan baliq yetishtirib beriladi.

Tuman markazida hozir 24 ta kop qavatli uy-joy qurilmoqda. Shu yilning avgust oyi oxiriga qadar, Mustaqillikning 28 yilligiga jami 580 kvartiraning kalitlari oz egalariga topshiriladi. Ushbu kvartiralarning dastlabki tolovlari yuqorida takidlangan korxonalar tomonidan tolab berilishi nazarda tutilgan.

Joriy yil boshidan Orolning qurigan maydonlarida quduqlar qazila boshlandi. Hozirda 12 ta quduq qazilgan. Ularda chorvachilik uchun yaroqli suv chiqmoqda. Shu sabab bu yerda moynoqliklar uchun baliqchilikdan tashqari chorvachilikni rivojlantirishga ham imkoniyatlar yaratilmoqda...

Shular haqida oylab, qalbimiz tolqinlanadi. BMT Bosh kotibining komagi bilan BMT shafeligida Orolboyi uchun kop sheriklik asosidagi Trast fondi ish boshlagani, Orolboyi uchun umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiq loyihalar ishlab chiqilib, amalga oshirilayotgani qoraqalpogistonliklarga katta umid beryapti.

Biz, onalar uzoqni kozlab olib borilayotgan savobli ishlarga bosh egamiz.

Shu yil oktabr oyida Nukusda Orolboyida ekologik innovatsiya va texnologiyalarni rivojlantirish boyicha Xalqaro anjuman otkazilar ekan. Bu ham katta quvonchli xabar. BMT Bosh Assambleyasi esa bizning hududni Ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb elon qilish boyicha rezolyutsiya qabul qilish tashabbusi bilan chiqayotganligi taraqqiyot uchun ayni muddao bolibdi.

Qoraqalpogiston xalqi va uning bugungi, ertangi kuni uchun qilinayotgan ishlarni korib, kongilga shunday satrlar keladi:

Orol ketib, umid keldi Moynoqqa,

Yangilangan umr keldi Moynoqqa.

Yangi yollar, yangi jannat ovullar,

Yangi orzu, mehr keldi Moynoqqa...


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: