O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.04.2019

DOST KOP BOLSA, YOL KENG BOLADI

Mehrojiddin DARXONOV, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari:

— Xitoy xalq maqollarida dost kop bolsa, yol keng bolishi aytiladi. Bu haqiqat Ozbekiston va Xitoy davlatlarining ozaro munosabatlarida isbotini topyapti, desak mubolaga bolmaydi. Xitoy Ozbekistonning hayot sinovidan otgan ishonchli hamkoridir.

Xitoy Ozbekiston iqtisodiyotiga eng kop investitsiya kiritayotgan davlatlardan biridir. Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi koplab kompaniya va korxonalar faoliyat korsatmoqda. Ularda ishlab chiqilayotgan toqimachilik mahsulotlari, plastmassa buyumlar, qishloq xojaligi va boshqa tovarlarga Xitoy bozorida talab katta. Shu ma’noda aytish joizki, Xitoy Ozbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish boyicha dasturlarni amalga oshirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoatning eksport salohiyatini yuksaltirishda faol ishtirok etmoqda.

Buyuk ipak yoli nafaqat hududlar ortasida savdo-sotiq aloqalarini, balki davlatlar va qitalar ortasida axborot almashuvini taminlashga xizmat qilgan, yangi mahsulotlar va qishloq xojaligi ekinlari tarqalishida, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini bajargan va shu tariqa sivilizatsiyalararo muloqot uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

Malumki, Xitoy 2013 yilda dunyo mamlakatlari ortasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida «Bir makon, bir yol» deb nomlangan iqtisodiy taraqqiyotning yangi strategiyasini elon qilgan edi. Shu tariqa kop asrlik Buyuk ipak yolini qayta tiklash goyalari amalga oshirilmoqda. Bir makon, bir yol loyihasi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo va investitsiya sohalarida qulay sharoitlar yaratish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xojaligi, turizm, talim, madaniyat sohalarida hamkorlik salohiyatini oshirishda muhim orin tutadi.

Bir makon, bir yol loyihasi doirasida tashkil etiladigan transport yolagi Avstraliya va Indoneziyani, Osiyo mamlakatlarini Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasi orqali AQSh bilan boglaydi. Bu ulkan yolning asosiy yonalishi Orta Osiyodan otadi. Bu yolakning uzunligi 6 ming 500 kilometrni tashkil qilib, uning 4 ming kilometri Xitoyning Tinch okeani sohillaridan Sinjon – Uygur Muxtor olkasigacha bolgan yoldir. U yerdan Qozogiston, Ozbekiston, Turkmaniston orqali Eron, Iroq, Suriya va Turkiyaga boradi. U yogi esa Yevropaga bir qadam.

Dengiz yoli ham xuddi qadimgi savdo yoli singari Guanchjoudan boshlanadi va Vetnam, Tailand, Malayziya, Singapur, Indoneziya orqali Qizil dengizga chiqib, Afrikagacha yetib boradi. Bir soz bilan aytganda, bu yol Xitoy va boshqa mamlakatlarga taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni yaratib beradi. U Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqasida joylashgan 60 dan ortiq mamlakatni ozaro boglovchi iqtisodiy yolaklarni yanada takomillashtirish hamda yangi transport va savdo yollarini yaratishga qaratilgan.

2017 yilning may oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida bolib otgan Bir makon, bir yol birinchi xalqaro forumida mazkur tashabbus har bir davlatning oz imkoniyatlaridan tola foydalanish, iqtisodiy jihatdan bir-birini toldirish, savdo hamda investitsiyalarni ragbatlantirish, ozaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish uchun keng yol ochishini qayd etgan edi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan joriy yilning 25-27 aprel kunlari Pekinda bolib otgan Bir makon, bir yol ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etdi.

Forum ishini OAV orqali katta qiziqish bilan kuzatib bordik. Unda 40 dan ziyod xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi davlatlar ortasidagi hamkorlik aloqalari uchun qulay imkoniyat ekani shubhasiz. Anjumanda iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, uzoq muddatli taraqqiyotning yangi manbalarini izlab topish borasidagi sheriklikni faollashtirish, yashil iqtisodiyot va innovatsiyalarni ilgari surish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari korib chiqildi.

Bir makon, bir yol ikkinchi xalqaro forumi doirasida Yansi xalqaro konferensiyalar markazida otkazilgan delegatsiya rahbarlarining davra suhbatida Prezidentimiz nutq sozladi. Davlatimiz rahbari xalqaro va mintaqaviy ozaro bogliqlik masalalari Markaziy Osiyo, jumladan, dengiz portlariga bevosita olib chiquvchi yolga ega bolmagan mamlakatimiz uchun dolzarb bolib kelgan va hozir ham shunday ekanini bildirdi.

Shuningdek, Markaziy Osiyoning transport va logistika imkoniyatlarini oshirish, yashil iqtisodiyot orqali oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, turizmni rivojlantirish, ekologik muammolarni birgalikda bartaraf etish va boshqa dolzarb masalalar boyicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Xususan, Markaziy Osiyo mintaqasining tranzit salohiyatini royobga chiqarish hamda Xitoy Markaziy Osiyo Garbiy Osiyo iqtisodiy yolagini shakllantirish dolzarb muhim ahamiyat kasb etishi takidlandi.

Mutaxassislar tomonidan iqtisodiy belbog deb tariflanayotgan loyiha tufayli mintaqa mamlakatlarining iqtisodi rivojlanib, savdo-sotiq kopayadi.

Xulosa ornida aytish kerakki, Bir makon, bir yol loyihasi samarali amalga oshsa, Ozbekiston dunyoning rivojlangan davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo va investitsiya sohalarida qulay sharoitlar yaratish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xojaligi, turizm, talim, madaniyat sohalarida hamkorlik salohiyatini oshirish imkoniga ega boladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: