O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.12.2012

OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNChILIK PALATASIDA

18 DEKABR KUNI OLIY MAJLIS QONUNChILIK PALATASIDA 2011-2015 YILLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YONALISHLARINI AMALGA OSHIRISH BOYICHA DASTUR BAJARILISHINING BORISHI TOGRISIDAGI PARLAMENT ESHITUVI BOLIB OTDI.

Ushbu masala yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari G.Ibragimov axborot berdi. Ishbilarmonlar va tadbirkorlar harakati — Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasi tashabbusiga kora bu tadbir Dastur bajarilishining borishini tanqidiy jihatdan tahlil etish, Vatanimiz sanoatini rivojlantirishning qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish, mazkur keng kolamli ishda deputatlar korpusining faolligi va rolini oshirish maqsadida otkazildi.

Shu narsa ta’kidlandiki, Dasturda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan sanoatda umumiy summasi qariyb 50 milliard dollar bolgan 500 dan ziyod yirik investitsiya loyihalarini, shu jumladan, geologiya hamda issiqlik-energetika komplekslarida, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoatida umumiy summasi 41,8 milliard dollar bolgan 220 ta loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan. Mamlakatimiz sanoati va iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirishga, jahon konyunkturasidagi ozgarishlarga, shuningdek, tuzilma tashkil etuvchi tarmoqlar rivojlanishiga bogliqligini kamaytirish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Energetikani, neft-gaz-kimyo hamda kimyo sanoatining jadal rivojlanishini taminlash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirish yuqori qoshimcha qiymatga ega va dunyo bozorida talab kuchli bolgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, sanoatga ilgor innovatsion texnologiyalarni ildam joriy etish, sanoat ichki kooperatsiyasi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish ham kop jihatdan ana shunga komaklashadi.

Chunonchi, joriy yilning oktyabr oyida qiymati 4,33 milliard AQSh dollariga teng bolgan 33 ta investitsion loyiha, shu jumladan, «Ozbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasida 11 ta loyiha, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati OAJda 6 ta loyiha, Navoiy KMK davlat korxonasida 5 ta loyiha, Ozbekneftgaz Milliy xolding kompaniyasida 4 ta loyiha, Ozmetkombinat OAJda 4 ta loyiha, Ozkimyosanoat DAKda 3 ta loyiha nihoyasiga yetkazildi. Bu loyihalarning amalga oshirilishi gaz quvurlarining gaz tashish quvvatini yiliga 30 milliard kub metrga, siqilgan gaz ishlab chiqarishni 50 ming tonnaga, neft shlamini qayta ishlashni yiliga 5 ming tonnaga kopaytirish imkonini berdi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish, ruda qazib olish va qayta ishlash kopaydi, obektlarning infratuzilmasi kengaytirildi va modernizatsiya qilindi. Kosmetika mahsuloti, galantereya tovarlari va bolalar oyinchoqlarining yangi ishlab chiqarishlari ozlashtirildi.

Parlament eshituvlariga tayyorgarlik korish boyicha tasdiqlangan rejaga muvofiq Qonunchilik palatasi tomonidan tegishli ishchi guruh tashkil etilib, uning tarkibiga hukumat, vazirliklar va idoralar vakillari kiritildi, masalani organish yakunlariga doir tahliliy materiallar tayyorlandi.

Parlament eshituvlariga tayyorgarlik doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan 50 dan ziyod uchrashuv va davra suhbatlari otkazilib, ularda 1,5 mingdan ortiq soha mutaxassislari, ekspertlar va iqtisodchi olimlar, davlat organlari va xojalik yurituvchi subektlarning, ishbilarmon doiralar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirok etdilar.

Qonunchilik palatasi deputatlari geologiya hamda issiqlik-energetika komplekslarining, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoatining bir qator sanoat obektlarida boldilar. Chunonchi, Dastur bajarilishining holati joylarda: Qoraqalpogiston Respublikasida Surgil koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksi qurilishi obektlarida; Qashqadaryo viloyatida Muborak gazni qayta ishlash zavodi unitar shoba korxonasida siqilgan gaz ishlab chiqarishni kengaytirish uchun propan-butan qorishmasi uskunasi qurilishida, Dehqonobod kaliyli ogitlar zavodi quvvatlarini kengaytirishda; Navoiy viloyatida Navoiy KMK davlat korxonasi obektlarida, Navoiy issiqlik-elektr stansiyasidagi bug-gaz uskunasi qurilishida, texnik kremniy hamda kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishida; Toshkent viloyatida Ozmetkombinat OAJ, Olmaliq KMK OAJ va boshqa bir qator korxonalarning obektlarida organildi.

2011-2015 yillarda Ozbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini amalga oshirish boyicha Dasturning muhokamasi jarayonida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ozbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi vakillari sozga chiqdilar.

Ishbilarmonlar va tadbirkorlar harakati Ozbekiston Liberal- demokratik partiyasi fraksiyasi azolari Dasturga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan parlament tomonidan nazorat qilinishi sanoatning rivojlantirilishini hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash asosida barcha sanoat komplekslari va korxonalarining raqobatdoshligini qonunchilik yoli bilan taminlash samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishini takidladilar.

Shuningdek, deputatlar Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining oz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi muhimligini, bunda sanoat ichki kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalariga, sanoatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida etibor qaratish zarurligini takidladilar.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi vakillari Dasturda: sanoat korxonalarini mamlakatning barcha mintaqalarida joylashtirish va shu asosda import ornini bosadigan mahsulot ishlab chiqarilishini, yangi ish joylari yaratilishi hamda aholining ish bilan bandligi osishini, odamlarning daromadlari va turmush darajasi yanada oshib borishini taminlash sanoatni rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganiga etiborni qaratdilar. Bu, oz navbatida, yangi ish orinlari tashkil etish va aholining turmush darajasini oshirish masalalari bilan bevosita bogliqdir. 2013 yilda mamlakatimizda 972 mingdan ortiq ish orinlari tashkil etish moljallanayotganligini hisobga olganda markazda va joylarda mazkur Dasturning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish ijro etuvchi hokimiyat organlarining eng muhim vazifalaridan biri bolishi lozim.

Milliy tiklanish Demokratik partiyasi fraksiyasi azolari sanoatni izchil va innovatsion rivojlantirish, mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish uchun katta ahamiyata ega bolgan Dasturni muvaffaqiyatli bajarishda eng avvalo, bilimli, zamonaviy fikrlovchi, intellektual jihatdan rivojlangan va yuksak kasb tayyorgarligiga ega bolgan yoshlar muhim garov ekanligini takidladilar. Oliy oquv yurtlari, kollejlar va litseylar, xususan, mashinasozlik, aloqa va telekommunikatsiya sohasidagi oquv yurtlari bitiruvchilarining yanada chuqurroq texnik ixtisoslashuvini taminlash muhimdir.

Ozbekiston Adolat Sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi azolarining fikriga kora, elektr energiyasi ishlab chiqarishda va muqobil elektr manbalarini rivojlantirishda yangilanib turiladigan texnologiyalardan foydalanish mamlakatimiz sanoatini jadal rivojlantirishga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini pasaytirishga, mahsulotning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, deputatlar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning energiya sarfini pasaytirish hamda bu sohada Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida etibor qaratdilar.

Ozbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi vakillari hukumatning yuqori texnologiyaga ega bolgan ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish, innovatsion, ekologik jihatdan toza va zararsiz texnologiyalarni joriy etish sohasida amalga oshirayotgan chora-tadbirlari juda muhimligini takidladilar. Bunda sanoatni modernizatsiya qilish boyicha loyihalar, avvalo, mintaqalarning ekologik vaziyatini, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi sogligini saqlash sohasidagi milliy qonun hujjatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda. Deputatlarning fikriga kora, Surxondaryo, Qashqadaryo va Fargona viloyatlarining gaz taqsimlagich tarmoqlarida tabiiy gazning chiqib ketishini kamaytirish hamda Shimoliy Shortan, Garmiston va boshqa konlarda qorishma gazlarni utilizatsiya qilish boyicha loyihalarning amalga oshirilishi umuman atrof-muhit tozaligini taminlash imkonini beradi. Deputatlar parlament eshituvi yakunlari boyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tegishli qarorini qabul qildilar.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: